asoslangan agregatlarga bo`linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini
aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o`zaro farq qilish
mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz: ―M0-
bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining
Markaziy bankdagi rezervlari;
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo`l cheklari va boshqalar;
M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va
boshqalar ;
M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va
boshqalar‖
9
.
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko`p foydalaniladi. Pul
agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog`liq. Masalan, daromadlarning
oshishi natijasida M1ga talab tezroq o`ssa, foiz stavkasining o`sishi natijasida M2
va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o`sadi.
Dostları ilə paylaş: