5 mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi (2 soat) Reja: Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari


O`zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosatining xususiyatlari va



Yüklə 468,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix13.05.2023
ölçüsü468,22 Kb.
#113160
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
4 мавзу макро

 
4.O`zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosatining xususiyatlari va 
uni takomillashtirish yo`nalishlar. 
Mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
fiskal 
siyosatni 
yanada 
takomillashtirish, soliqlar va budjet xarajatlaridan iqtisodiyotni barqaror o`stirishni 
rag`batlantirishning amaliy vositalari sifatida foydalanish borasida chora-tadbirlar 
belgilanayotganda bugun jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan va mamlakatimiz 
iqtisodiyotiga ham o`z ta‘sirini o`tkazayotgan tashqi konyukturani hisobga olish 
zarur bo`ladi.
Davlatning fiskal siyosati iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasiga 
ta‘sirini muvofiqlashtirshi zarur. Chunki, budjet faqat mablag`larni 
markazlashtirish, ularni to`plash, jamg`arishgina emas, balki to`plangan moliyaviy 
resurslarni oqilona sarflashni ham o`zida ifodalaydi. Buning samaradorligi esa 
davlat budjetiing xarajalari tizimida o`zining ifodasini topadi.
Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli 
tarmoqlarga invistetsiya qilish uchun mo‘ljallangan,aholining turmush darajasini 
ko‘tarish uchun rejalashtirilgan, ijtimoiy vazifalarni bajarishga ajratilgan, davlatni 
boshqarish, mudofaani taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan 
iborat bo‘ladi.Ushbu umumdavlat xarajatlari budjet orqali moliyalashtiriladi. Budjet 
tizimining barcha xarajatlari turli budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi, bu esa u yoki bu 
xarajatni 
muayyan 
budjetga 
kiritilishini 
anglatadi.Bu 
birinchidan 
moliyalashtirilayotgan muassasaning respublika va mahalliy organlarga qarashli 
bo‘lishi ,ikkinchidan moliyalashtiriladigan tadbirning ahamiyatidan kelib chiqadi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar,idoralar va 
korxonalar bo‘yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtining o‘zida ma‘lum maqsadlarga 
mo‘ljallanganligi bo‘yicha ko‘zda tutiladi.Bunda budjet mablag‘larining asosiy 
qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga,yani sanoat,energetika,qishloq xo‘jaligi 
va transportga yo‘naltiriladi. Budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish nuqtai 
nazaridan capital qo‘yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda 
muhum ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga 
mo‘ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarni 
8
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma‘lumotlari


kengaytirish uchun pul mablag‘larini taqdim etishga kapital qo‘yilmalarni 
moliyalashtirish 
deyiladi.Budjet 
resurslari 
cheklanganligi 
uchun 
ular 
investitsiyalarning cheklangan doirasiga,ya‘ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki 
hokimyatning 
ijroiya organlari qarori bo‘yicha amalga oshirilayotgan 
investitsiyalarga beriladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiyotda davlatning ulushini qisqartirish 
siyosatini olib borish birinchi navbatda, xususiy mulkka asoslangan institutlarni 
mustahkamlash va mulk egasi huquqini himoya qilishga yo`naltirildi. YaIMda 
davlat budjeti ulushini kamaytira borib, 2016 yilda uning ulushini 20,6% idan 
oshirmasdan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yuqori raqobatbardoshlik 
darajasini ta‘minlashga yo`naltirilgan siyosat davom ettirildi. Soliq yukining 
kamaytirilishi xususiy investitsiyalarini rag`batlantirdi va iqtisodiy o`sishning 
yuqori sur‘atlari uchun barqaror manba yaratdi.

Yüklə 468,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin