10.3-rasm. Daromadlar darajasining
10.4-rasm. Pul taklifining kamayishi
oshishi natijasida pulga talabning natijasida pul bozorida
o`zgarishi.
muvozanatning o`zgarishi.
13
Grafik ko`rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziqlarining siljishi
sifatida namoyon bo`ladi (10.3, 10.4-rasmlar).
Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga qadar o`sishi (10.3-rasm) pulga talabni
M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga qadar ko`tarilishiga
olib keladi.Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko`tarilishiga va
muvozanat nuqtasining o`zgarishiga olib keladi.
Pul bozorida muvozanatni o`rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli
qog`ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal
qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat
singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir.
Dostları ilə paylaş: