5 mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi (2 soat) Reja: Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari



Yüklə 468,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/25
tarix13.05.2023
ölçüsü468,22 Kb.
#113160
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
4 мавзу макро

M = (1/ rr ) x D  
Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ; D - dastlabki 
depozit.
Keltirilgan formuladan ko`rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsentiga bog`liq 
bo`lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb ataladi. U 
ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi 
mumkin bo`lgan yangi kredit pullarining eng ko`p miqdorini bildiradi.
5. Pul taklifining kengaytirilgan modeli, pul multiplikatori
  
Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli 
hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga oqib o`tishni hisobga olgan 
holda yoziladi. Bu model bir qator yangi o`zgaruvchilarni o`z ichiga oladi.Bular:

pul bazasi (rezerv pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank tizimidan 
tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saqlaydigan depozitlar 
summasi;

deponentlash koeffitsienti - Cr = C/ D
Pul bazasini MB va bank rezervlarini R deb belgilasak,  MB=C+R.  
Pul taklifining kengaytirilgan modelini ыuyidagicha yozish mumkin:

Cr +1  
Ms =------------- · MB yoki Ms = m · MB
Cr + rr  
 
11
O‗zbekiston Respublikasining ―O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‗g‗risida‖ gi Qonuni,/ 
www.lex.uz


(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so`mlik pul 
bazasi hisobiga necha so`mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko`rsatadi. Pul 
multiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko`rinishida yozish 
mumkin: 
Ms C+D C/ D + D/ D Cr + 1  
m = ------------ = ----------- = ------------------- = --------------
MB C+R S/ D + R / D Cr +rr  
Cr miqdori – aholining o`z mablag`larini naqd pullar va depozitlar o`rtasida 
qanday proporsiyada saqlashni tanlashga bog`liq.
rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan 
majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo`ljallanayotgan 
ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog`liq.
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog`liq ekan.Pul 
multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday 
o`zgarishini ko`rsatadi.
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta‘sir etish yo`li bilan 
tartibga soladi.
Mamlakatda pul miqdori ko`payadi, agar:
-pul bazasi o`ssa;

majburiy zahiralash normasi pasaytirilsa;

tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamaysa;
-naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.

Yüklə 468,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin