5 mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi (2 soat) Reja: Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari


-rasm. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi



Yüklə 468,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix13.05.2023
ölçüsü468,22 Kb.
#113160
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
4 мавзу макро

9.2-rasm. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi
6

6
Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство ―Дело и 


сервис‖, 2013. 25-с.


Davriy 
pasayish 
bosqichida 
soliqlar 
avtomatik 
pasayishi, 
davlat 
transfertlarining oshishi natijasida budjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko`payishi va davlat 
xarajatlarining kamayishi natijasida budjet ortiqchaligi paydo bo`ladi. Davlat 
xarajatlari o`zgarmas bo`lgan sharoitda ham budjet taqchilligi va ortiqchaligi 
mavjud bo`lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va budjet 
funksiyalari grafiklarining «tikligiga» bog`liq. Soliq funksiyasi T ning egilish 
burchagi chegaraviy soliq stavkasi t ning miqdoriga bog`liq. t qancha yuqori bo`lsa 
T chizig`i shuncha tik bo`ladi. Davlat budjetidan beriladigan transfertlar hajmi 
o`zgarishining daromadlar o`zgarishiga bog`liqligini xarakterlovchi γ koeffitsent 
qancha kichik bo`lsa, G chizig`i ham shuncha tik bo`ladi. Demak daromad oshgani 
sari budjetga soliq to`lovlari oshaveradi, budjetdan transfert to`lovlari esa kamayadi.
Davlat xarajatlari daromadga bog`liq bo`lmagan o`zgarmas miqdor bo`lganda 
t qanchalik katta bo`lsa T chizig`i shuncha tik va iqttisodiyotning o`rnatilgan 
barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Ammo iqtisodiy o`sishning 
ta‘minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo`lishini taqozo etadi.
O`rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini , uning 
potensial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to`liq tugatmaydi va ishlab 
chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo`lishi mumkin.
To`liq bandlikni ta‘minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat 
budjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya‘ni to`liq bandlik sharoitida budjet 
xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o`rtasidagi farq yuzaga keladi.
Davriy taqchillik ko`pincha davlat budjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy 
taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari:
1. 
Pul-kredit emissiyasi;
2. 
Davlat zayomlarini chiqarish;
3. 
Davlat budjetiga soliq tushumlarini ko`paytirish.
4. 
Xususiylashtirishdan tushgan mablag`lar hisobiga moliyalashtirish.
Davlat budjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul 
massasini ko`paytirish inflatsiyaga olib keladi.
Inflatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo`ladi. Ya‘ni, soliq 
to`lovchilar tomonidan davlatga to`laydigan soliqlar to`lovini atayin kechiktirish 
hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat budjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Budjet 
taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib 
olsa-yu, lekin ular to`lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o`z 
mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo`yishadi. Bu esa inflatsiyaning oshishiga 
olib keladi.
Agar davlat budjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali 
moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o`z navbatida 
foiz stavkasini ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya 
xarajatlari,sof eksport hajmi va qisman iste‘mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida 


siqib chiqarish samarasi ro`y beradi va u fiskal siyosatning rag`batlantiruvchi 
samarasini zaiflashtirib qo`yadi.
Budjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflatsion usul 
hisoblansada inflatsiya xavfini ma‘lum muddatga kechiktiradi xolos. Chunki 
muddati etgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini 
ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida, baholar darajasining ko`tarishiga sabab bo`ladi. 
Soliq tushumlarini ko`paytirish budjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi 
yo`li bo`lib, u uzoq muddat talab etadigan soliq islohati o`tkazilishini talab etadi. Bu 
islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, soliq yukini 
ishlab chiqaruvchilardan ko`proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar 
zimmasiga o`tkazish orqali soliqlar tushumini ko`paytirishni ko`zda tutadi.
Budjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag`larini 
olib qo`yish va davlat qarzlarini to`lash kiradi.
Davlat qarzlarini to`lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini 
oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli 
budjetdagi 
ortiqcha mablag`larni muzlatib qo`yish budjet kamomadini 
pasaytirishning nisbatan noinflatsion usulidir.
Barqarorlashtirishning 
dastlabki 
bosqichida 
olib 
borilgan 
izchil 
makroiqtisodiy siyosat natijasida davlat budjeti taqchilligi pasaytirildi va 2003, 2004 
yillarda YaIM ga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi (1992 yilda 12 %). Bu umumetirof 
etilgan 3 % li me‘yordan ancha past ko`rsatkichdir. Budjet taqchilligi asosan 
noinflatsion usullar bilan, ya‘ni davlat obligatsiyalari chiqarish hamda 
xususiylashtirishdan tushgan mablag`lar hisobiga moliyalashtirildi.
Respublikamizda o`tkazilayotgan soliq-budjet siyosati makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta‘minlab turish, ustivor tarmoqlarni investitsiyalash, ta‘lim sohasini 
jadal rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadlariga qaratilib 
kelinmoqda.
Mamlakatmizda 
kuzatilayotgan 
makroiqtisodiy 
barqarorlik 
muhim 
begilaridan biri davlat budjetining profitsit bilan bajarilayotganligi hisoblanadi. 
Xususan, keyingi yillarda davlat budjeti taqchillik bilan rejalashtirilayotgan bo‘lsa-
da, soliqlar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni ortig‘i bilan bajarilishi hamda davlat 
budjeti xarajatlarini manzili va maqsadli sarflanishini ta‘minlanishi natijasida budjet 
profitsit bilan ijro etilmoqda.
9.3-rasmdan 
ko`rishimiz 
mumkinki, 
2000-2004 
yillar 
davomida 
mamlakatimiz davlat budjeti taqchilligini -1,0 foizdan -0,4 foiz darajasiga qadar 
pasaytirishga, 20052008 yillar davomida esa davlat budjeti taqchilligiga barham 
berib, davlat budjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga qadar oshirishga erishildi.



Yüklə 468,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin