5-mavzu. Tuproq hosil bo’lishida iqlim va gidrologik omillarning o’rni



Yüklə 38,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü38,61 Kb.
#192411
1   2   3   4
2891 5-mavzu

 
 
1-ilova 
Ma’ruza matni 
Iqlim – ob-havoning statistik ko’p yillik rejimi bo’lib, u yoki bu joyning asosiy 
geografik tavsiflaridan biri – atmosfera holatining va tuproqqa ta’sir etadigan 
atmosfera jarayonlarining asosiy miqdor ko’rsatgichidir. 
Geologik vaqt nuqtai nazaridan iqlim- o’zgaruvchan hadisa hisoblanadi. 
Iqlimning o’zgarishi bilan organik dunyoning rivojlanish tarixi,demak,Er sharidagi 
tuproq qoplamining rivojlanish tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Iqlim Yer 
sharining yuzidagi tuproq tiplariningqonuniy joylashishida juda muhim rolь 
o’ynaydi. U tuproq paydo bo’lish jarayonlarining dinamikasidagi ma’lum 
tsiklining o’rnatilishida, ularning o’ziga xos xususiyati va yo’nalishida katta 
axamiyatga ega. Tuproq paydo bo’lish
Tuproq paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi shart-sharoitlardan biri – iqlim 
hisoblanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omil bo’lgan iqlim, o’simliklarning o’sib 
rivojlanishida katta rolь o’ynaydi. O’simliklar qoplamining zonal tarqalishi va 
tuproqdagi biologik jarayonlar energiyasi iqlimga bog’liq. Iqlim elementlaridan 
hisoblangan temperatura va atmosfera yog’inlari tuproq paydo bo’lishida bevosita 
ishtirok etib, tuproqning issiqlik va suv rejimlarini belgilaydi. Ammo muayyan 
maydonlardagi iqlim bilan bog’liq bo’lgan suv, issiqlik rejimi o’simliklar qoplami 
ta’sirida keskin o’zgaradi. Natijada tuproqning o’ziga xos gidrotermik rejimi 
yuzaga keladiki, unga tuproq iqlimi deyiladi.
Tuproq iqlimi tuproqda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning tezligiga 
hamda nurash va ishqorsizlanish jadalligi singari jarayon va xodisalarga bevosita 
ta’sir etadi. Bu o’zgarishlar o’simlik tiplari, tuproqning mexanik tarkibi, ona 
jinslar xarakteriga ko’ra turlichadir. 
Iqlim sharoitlari qishloq xo’jaligi, jumladan dehqonchilikda juda katta rolь 
o’ynaydi. SHuning uchun ham iqlim, respublikamizning tabiiy resurslaridan 
biridir. Qishloq xo’jaligini olib borish sistemasi, bir yilda bir necha marta hosil 
olish imkoniyatlari, ekinlarning tanlab ekilishi singarilar iqlim sharoitlariga ko’ra 
belgilanadi.


Termik va tuproqning namlanish sharoitlariga qarab, iqlim gruppalari ajratiladi. 
Bunda geografik kengliklar bo’yicha xaroratning bir xilda bo’lmasligi e’tiborga 
olinadi. Termik gruppalardagi asosiy ko’rsatkich vegitatsiya davridagi 100Sdan 
yuqori bo’lgan o’rtacha sutkalik harorat hisoblanadi. Ana shu ko’rsatkichga ko’ra 
iqlimning quyidagi asosiy gruppalari ajratiladi. 

Yüklə 38,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin