DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy qism. (2 daqiqa).
O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, o’quv xonasining tozaligini, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini (o’quv qurollari, tashqi ko’rinishi) ko’zdan kechirish, davomatni tekshirish.
II.O’tilgan mavzularni so’rash. (8 daqiqa) o’tilgan darslar yuzasidan o’quvchilar bilimini savol-javob asosida aniqlash, uy vazifasini so’rash. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlarni bajarish, “Kun tartibim” matnini tekshirish.
III.Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa).
1.Nutqiy mavzu: ”Kun tartibim” matni “Zanjir” usuli orqali o’quvchilar yangi mavzu bilan tanishadilar va quyidagi savollarga javob beradilar: 1.Kun tartibingizni nimadan boshlaysiz? 2.Maktabdan kelib nima ishlar qilasiz? 3.Uyda qanday ishlarga yordam berasiz? 4.Siz dars tayyorlashga qancha vaqt ajratasiz?
2.Grammatik mavzu: O’rin-payt kelishigidagi so’z –da qo’shimchasi yordamida yasaladi va kimda? nimada? qayerda? qachon? so’roqlariga javob bo’ladi. Bu kelishikdagi so’zlar ish-harakatning manbayi, payt, o’rni, vositasi kabi ma’nolarini ifodalaydi. M:Tadbirni maktabda (qayerda?) o’tkazdik. Akmal mashinada (nimada) keldi. Do’stimda (kimda?) qiziqarli kitob bor. Oyim soat 12.00 da (qachon) keladilar
Dostları ilə paylaş: |