Tur deb, fenotipik o’xshashlikga ega bo’lgan bir genotipga mansub indvidlar (osoblar) yig’indisini bildiruvchi taksonomik birlikga aytiladi. Ular kichik tur (podvid) va variantlarga bo’linadi.
Mikrobiologiyada shtamm va klon kabi atamalar ham ishlatilib, shtamm deganda har xil tabiiy muhitdan ( suv havzasi, tuproq va hoqazo) yoki bir muhitdan har xil muddatda ajratilgan yoki har xil ekologik muhit yoki geografik xududdan ajratib olingan birorta belgisi bilan farqlanadigan bir turga kiruvchi mikroorganizmlar guruhi tushuniladi.
Klon - bir hujayradan olingan mikroorganizm kulturasidir.
Bir turga kiruvchi individlarning to’plami - (populyatsiyasi) toza kultura deyiladi. Mikrobiologiyada mikroorganizmlar evolyutsiyasi va filogeniyasi haqida ma’lumotlar yetarli bo’lmaganligi sababli, yuqori o’simliklar va hayvonlar singari, tabiiy sistematikaga ega emas. Shuning uchun ham, mikroorganizmlar sistematikasi sun’iy bo’lib, u mikroorganizmlarni tashxis va ularni identifikatsiya qilish uchun xizmat qiluvchi aniqlagich vazifasini bajardi.
Quyida biz, D. X. Bergining 1984 - yil 9 - martta nashr etilgan "Bakteriyalar aniqlagichi" da keltirilgan eng muhim mikroorganizmlarining qisqacha tavsifini Ye.N. Mishustin (1987) ta’rifi bo’yicha keltiramiz.
Aniqlagichda jami mikroorganizmlar yuqorida keltirilgan taksonlar bo’yicha Prosariotaedunyosiga (regnum) birlashtirilib, u o’z navbatida to’rt bo’limga (divisio), bo’limlar esa sinflarga (classis),tartiblarga (ordo), oilalarga (familia), avlodlarga (genus) va turlarga (species) bo’linadi.
Mikroorganizmlar asosan, hujayra devorining bor-yo’qligi, tarkibi va ularning turiga qarab bo’limlarga, undan boshqa taksonomik kategoriyalarga (sinf, tartib, oila, avlod,tur) mikroorganizmlarning morfologiya, fiziologo - biokimyoviy belgilari yig’indisiga qarab bo’lingan.