4. Saljuqiylar
Saljuqiylar
bu etnik nom emas, ular turkiy
o„g„iz qabilalaridir. Ular Sirdaryo quyi
etaklarida,
Orol havzasida yashagan, ko„proq
ko„chmanchi hayot kechirgan. «O„g„iznoma»
kitobida naql qilinishicha, o„g„iz urug„lari,
qavmlari juda qadimiy tarixga ega bo„lib,
ularga ilk bor O„g„izxon nomli buyuk shaxs
boshchilik qilgan. IX asr oxiri X asr o„rtalariga
kelib Orolbo„yi va Kaspiy shimolida O„g„iz
urug„lari ittifoqi shakllangan.
X asr oxirlarida
Sirdaryo etagida poytaxti Yangikent bo„lgan
o„g„izlar davlati tashkil topadi. XI asr
o„rtalariga kelib bu davlat shimoliy sharqdan
bostirib kelgan qipchoqlar zarbasiga uchraydi.
Natijada o„g„iz urug„larining
bir qismi shimolga
- dashtli hududlarga, bir qismi old Osiyo
mamlakatlariga
chekinadi, yana bir qismi esa
hozirgi Turkmaniston hududiga o„tib, erli aholi
bilan qo„shilishib, turkmanlar
nomi bilan atalib
ketadi. Tarixchi Rashiddidin, shuningdek,
Mahmud Qoshg„ariy, Abul G„oziylarning
ma‟lumotlariga qaraganda, o„g„izlar 22 yoki 24
qabiladan,
chunonchi, chavdir, emreli, ichdir,
yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi, taturga va
boshqalardan tashkil topgan.
Sirdaryo quyi oqimida paydo bo„lgan o„g„iz
davlatining dastlabki yobg„usi (podshosi)
Saljuqbek bo„lgan.
Uning avlodlari
Tug„rulbek, Dovudbek, Chag„ribek va
Shakarbeklar o„z davrlarida saljuqiylar
shuhratini yuksakka ko„tardilar.
Dostları ilə paylaş: