Bu bosqich qolgan 6 ta bosqichni boshqaradi.
Prezentatsiya bosqichi (Presentation, презентативный уровен) yoki
axborotni
tanishtirish bosqichi, bu bos qichda axborotni aniqlanadi va axborot
formatini ko‗rinish sintaksisini tarmoqqa qulay ravishda o‗zgartiradi, ya‘ni
tarjimon vazifasini bajaradi. Shu erda axborot shifrlanadi va dishifratsiyalanadi,
lozim bo‗lgan taqdirda ularni zichlashtiriladi.
Aloqa o‘tqazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session, сеансовый
уровень) aloqa o‗tkazish vaqtini boshqaradi (ya‘ni aloqani o‗rnatadi, tasdiqlaydi
va tamomlaydi). Bu bosqichda abonentlarni mantiqiy nomlarini tanish,
ularga
bog‗lanish huquqini nazorat qilish vazifalari ham bajariladi.
Transport bosqichi (Transport
) paketni xatosiz va yo‗qotmasdan, kerakli
ketma-ketlikda yetkazib berishni amalga oshiradi. Shu
yerda yana uzatilayotgan
axborotlarni paketga joylash uchun bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan
axborotni qayta tiklanadi.
Tarmoq bosqichi (Network, сетовой уровень)
bu bosqich paketlarni
manzillash, mantiqiy nomlarni jismoniy tarmoq manziliga o‗zgartirish, teskariga
ham va shuningdek, paketni kerakli abonentga jo‗natish yo‗nalishini
tanlashga
(agarda tarmoqda bir necha yo‗nalish mavjud bo‗lsa) javobgar.
Kanal bosqichi yoki uzatish yo‗lini boshqarish bosqichi (data link), bu
bosqich standart ko‗rinishdagi paket tuzishga boshlash hamda tamom bo‗lishni
boshqarish maydonini paket tarkibiga joylashishiga javobgardir. Shu erda yana
tarmoq bog‗lanish, uzatishdagi xatoliklarni aniqlash
va yana qabul qilish
qurilmasiga xato- uzatilgan paketlarni qaytatdan uzatishni boshqarish amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: