Yuqori bosqich osti (LLC-Logical Link Control, верхний подуровень)
bu bosqich osti mantiqiy ulashni amalga oshiradi, ya‘ni
virtual aloqa kanalini
o‗rnatadi (uning vazifasini bir qismini tarmoq adapterlarining drayver dasturi
bajaradi).
Quyi bosqich osti (MAC-Media Access Control, нижний подуровень) –
bu bosqich osti aloqa uzatish muhiti (aloqa kanali) bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri
bog‗lanishni amalga oshiradi. U tarmoq qurilmasi bilan to‗g‗ri bog‗langan. OSI
modelidan
tashqari, 1980-yili fevral oyida qabul qilingan (802 soni - yil, oydan
kelib chiqqan) IEEE Project 802 modeli ham mavjud.
Bu modelni OSI modelini
aniqlashtirilgan, rivojlantirilgan modeli deb qarash mumkin.
Bu model aniqlashtirgan standartlar (802 – spesifikasiya) o‗n ikkita toifaga
bo‗linib, ularning har biriga nomer berilgan.
802–1 – tarmoqlarni birlashtirish.
802–2 – mantiqiy aloqani boshqarish.
802–3 – «Shina» topologiyali CSMA/CD bog‗lanish
usuli mahalliy hisoblash va tarmoq (Ethernet).
802–4 – «Shina» topologiyali mahalliy tarmoq, markerli bog‗lanish.
802–5 – «Halqa» topologiyali mahalliy tarmoq, markerli bog‗lanish.
802–6 – shahar tarmog‗i (Metropolitan Area Network, MAN).
802–7 – keng miqyosda aloqa olib borish texnologiyasi.
802–8 – shishatolali texnologiya.
802–9 – tovushni va axborotlarni uzatish imkoniyati bor integral tarmoq.
802–10 – tarmoq xavfsizligi.
802–11 – simsiz tarmoq.
802–12 – «Yulduz» topologiyali markazni boshqarishga ega mahalliy
tarmoq (100 VG-Any LAN).
802.3, 802.4, 802.5, 802.12 standartlar OSI model etalonining ikkinchi (kanal)
bosqichiga qarashli MAC bosqich osti tarkibiga to‗g‗ri keladi. Qolgan 802 –
spesifikatsiyalar tarmoqning umumiy masalalarini hal qiladi.
Dostları ilə paylaş: