1. Kompyuter tаrmоg‘i topologiyasi haqida umumiy tushuncha
Kompyuter tаrmоg‗i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda
tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa
liniyalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi eng
avval lokal tarmoqlarga tegishli bo‗lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko‗rish
mumkin. Global tarmoqlarda aloqalar tuzilishi foydalanuvchilardan odatda
berkitilgan va unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi shaxsiy o‗zini
yo‗li bilan bajarilishi mumkin.
Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel turiga, mumkin bo‗lgan va eng
qulay almashuvni boshqaradigan usullariga, ishlash ishonchligiga, tarmoqlarni
kengaytirish imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi. Garchi tarmoqdan
foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez – tez bo‗lmasa ham, asosiy
topoloiyalarning xususiyatlari, ularning ustunliklari va kamchiliklarini bilishi
kerak.
Tarmoqning uchta asosiy topologiyalari mavjud:
• shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi
va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga
uzatiladi (1-rasm);
1-rasm.
• yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan
kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‗zining alohida aloqa liniyalaridan
foydalanadi (2-rasm);
2-rasm.
• halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda
kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan
kompyuterdan oladi, va bu zanjir ―halqa‖ bo‗lib birlashgan (3-rasm).
3-rasm.
Amaliyotda ko‗pincha bаzаli topologiyalarning kombinatsiyasi ham
ishlatiladi, lekin ko‗p tarmoqlar huddi shu uchtasiga mo‗ljallangan.
Yuqorida sanab o‗tilgan tarmoqli topologiyalarni ko‗rib chiqamiz.
―Shina‖ topologiyasi (yoki, yana bir nomi ―ummiy Shina‖) o‗zining tuzilishi
bo‗yicha kompyuterlarning tarmoqli asbob – uskunalarining bir xilligi, shuningdek
hamma abonentlarning teng huquqligi bilan farq qiladi. Bunday ulanishda
kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‗yicha uzatishi mumkin chunki aloqa
liniyasi bir dona bo‗ladi. Aks holda ustma-ust (konflikt) tushishi natijasida
uzatiladigan axborot buziladi.
Shunday qilib, shinada yarim dupleksli (Half duplex) almashuv rejimi amalga
oshadi (ikki tomonlama, lekin bir vaqtida emas, ketma-ketlikda) ―Shina‖
topologiyasida barcha axborotni uzatadigan markaziy abonent yo‗q bu esa uning
ishonchliligini oshiradi (axir har qaysi markazning ishlashi buzilganda shu markaz
bilan boshqariladigan hamma tizim faoliyatini to‗xtatadi.) Shinaga yangi
abonentlarni qo‗shilishi tarmoq ishlab turgan vaqtda ham mumkin.
Ko‗p holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologiyalarga
nisbatan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. To‗g‗ri shuni hisobga
olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chettagilardan tashqari) ikkita kabel
keladi, bu esa har doim qulay bo‗lavermaydi.
Bu holatda bo‗lajak janjallarni hal etish har bir abonentning tarmoqli asbob –
uskunalarga yuklanishi sababli ―shina‖ topologiyasida tarmoqli adapter apparaturasi
murakkabroq bo‗ladi, boshqa topologiyalarga qaraganda. Biroq, ―Shina‖ topologiyali
tarmoqlarni keng tarqalgani tufayli (Ethernet, Arcnet) tarmoqli asbob – uskunalarni
narxi uncha yuqori emas.
Ayrim kompyuterlarning ishdan chiqib qolishi shinaga zarar qilmaydi, chunki
tarmoqdagi hamma qolgan kompyuterlar almashuvni normal davom etishi
mumkin.
Ko‗rinishi mumkinki, kabelni uzulganligi xam shinaga qo‗rqinchlik emas,
chunki bunda sil bo‗ladi. Biroq, uzun aloqali liniyalarda elektr signallarning
tarqalish xususiyatlariga ko‗ra, shinalarni oxirgi uchlarida maxsus kelishtiradigan
qurilmalar – terminatorlarni ulashni ko‗zda tutish kerak.
Ular ulanmasa liniyani oxiridan signal akslanadi va shunday buziladiki,
tarmoq bo‗yicha aloqa bo‗lmasdan qoladi. Shuning uchun kabel uzulganda yoki
shikastlanganda (masalan, sichqonlar tomonidan) aloqa liniyasini mosligi buziladi,
va o‗zaro ulanib qolgan o‗sha kompyuterlar xam o‗rtasidagi almashuv to‗xtaydi.
Batafsil moslashtirish to‗g‗risida kitobning maxsus bo‗limida bayon etiladi. Shina
kabelini har qanday nuqtasida qisqa tutashtiruv tarmoqni hammasini ishdan
chiqaradi.
Shinadagi asbob – uskunalarni har qanday ishdan chiqishini lokalizatsiya
qilish juda qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulangan va qaysi biri ishdan
chiqqanligini bilish, uncha oson emas.
―Shina‖ topologiyali tarmoqning aloqa liniyalari bo‗yicha o‗tаdigаn
axboraviy signallar kuchisizlanadi va hech tiklanmaydi, bu esa aloqa liniyalarning
yig‗indi uzunligiga qattiq cheklanishlar qo‗yadi, bundan tashqari har bir abonent
tarmoqdan uzatuvchi abonentning masofasiga bog‗langan har xil darajali signallar
olishi mumkin.
Tarmoqli asbob – uskunalarning qabul qiluvchi uzellariga qo‗shimcha talablar
qo‗lda. ―Shina‖ topologiyali tarmoq uzunligini uzaytirish uchun ko‗pincha
birnechta segmentlar ishlatiladi (ularning har biri shina deyiladi).
Maxsus signal tiklagichlari repiterlar yoki qaytargichlari (4-rasm) yordamida
bir birovi bilan ulanadi.
Biroq bunday tarmoq uzunligini uzaytirish cheksiz bo‗la olmaydi, chunki
aloqa liniyalari bo‗yicha signallarning tarqalishini oxirgi tezligi bilan bog‗liq
cheklanishlari ham bor.―Yulduz‖ yaqqol ajralib turadigan markazli topologiya,
bunga barcha qolgan abonentlar ulangan. Barcha axborotlar almashuvi faqat
markaziy kompyuter orqali bajariladi, Shunday qilib unga juda katta yuklanish
yotadi, shuning uchun tarmoqdan tashqari boshqa hech narsa bilan u shug‗ullana
olmaydi. Tushunarliki, markaziy аbоnеntning tarmoqli asbob – uskunalari
atrofdagi abonentlarning asbob – uskunalarga qaraganda juda murakkab bo‗lishi
kerak. Abonentlarning bir xil hуqуqga egaligi to‗g‗risida bunda gapirib bo‗lmaydi.
4-rasm
Odatda, huddi shu markaziy kompyuter eng kuchli bo‗ladi va faqat unga
almashuvni boshqarish hamma funksiyalari topshiriladi. ―Yulduz‖ topologiyali
tarmoqdа hech qanday mojarolar bo‗lishi mumkin emas, chunki boshqarish to‗liq
markazlashgan.
Agar kompyuterlarni ishdan chiqishiga yulduni mustaxkamligi to‗g‗risida gap
ketsa, bunda atrofdagi kompyuterni ishdan chiqishi tarmoqning qolgan qismlarini
ishlashiga hech qanday ta‘sir ko‗rsatmaydi, lekin markaziy kompyuterni har
qanday ishdan chiqishi tarmoqni butunlay ishdan chiqaradi. Shuning uchun
markaziy kompyuterni va uning tarmoqli apparturalarini ishonchliligini oshirish
uchun maxsus choralar ko‗rilishi kerak.
Har qanday kabelni uzilishi yoki undagi qisqa tutashuv ―yulduz‖
topologiyasida faqat bitta kompyuter bilan almashuv buziladi, boshqa kompterlar
esa normal holatda ishini davom ettirishi mumkin. Shinaga qaraganda yulduzda har
bir aloqa liniyasida faqat ikkiga abonent turadi: markaziy va atrofdagilardan bittasi.
Ko‗pincha ularning ulanishi uchun aloqa liniyasini ikkitasi ishlatiladi, ularning har
biri axborotni faqat bir yo‗nalishda uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa liniyasida
bitta qabul qiluvchi (pryomnik) va bitta uzatuvchi (peredatchik) mavjud. Shina
bilan solishtirganda buning hammasi tarmoqli asbob – uskunalarni sezilarli
soddalashtiradi va qo‗shimcha tashqi terminatorlarni qo‗llashdan ozod qiladi.
―Shina‖ ga qaraganda aloqa liniyalarda signallarni so‗nish muammosi ―yulduzda‖
oddiy hаl etiladi, chunki har bir priyemnik doim bir darajali signal qabul qiladi.
―Yulduz‖ topologiyasini jiddiy kamchiligi abonentlar soni qattiq cheklangan.
Odatda markaziy abonent 8-16 dan oshmagan atrofdagi abonentlarga xizmat
ko‗rsatadi.
Agar bu chegarada yangi abonentlarni ulash juda oddiy bo‗lsa, lekin bundan
oshib ketganda umuman emas. To‗g‗ri, gohida yulduzda qo‗shib borish imkoniyati
ko‗zda tуtilgаn, ya‘ni atrofdagi abonentlardan bittasini o‗rniga yana bitta markaziy
abonentni ulash (natijada bir nechta bir birovi bilan ulangan yulduzlar topologiyasi
paydo bo‗ladi).
Yulduz aktiv, faol nom bilan yuritiladi, yoki haqiqiy yulduz. Passiv yulduz
degan topologiya ham bor, u faqat tashqi ko‗rinishidan yulduzga o‗xshaydi (5-
rasm). U bugungi kunda aktiv yulduzga qaraganda ko‗proq tarqalgangan. Aytish
kerakki, bugungi kunda eng mashhur Ethernet tарmоg‗idа u ishlatiladi.
5-rasm.
Tarmoq markazida shu topologiyali kompyuter emas, balki konsentrator, yoki
xab (HUB), repiterga o‗xshab o‗sha funksiyani bajaradigan joylashtiriladi. U
kelayotgan signallarni tiklaydi va ularni boshqa aloqa liniyalarga uzatadi.
Kabellarni joylashtirish haqiqiy yoki aktiv yulduzga o‗xshasa ham, haqiqatda biz
shinali topologiyasiga o‗xshab ish yuritamiz, chunki har qaysi kompyuterdan
axborot bir vaqtda boshqa qolganlarga uzatiladi, markaziy abonent esa bo‗lmaydi.
Tabiyiki, passiv yulduz oddiy shinaga qaraganda qimmatroq bo‗ladi, chunki bunda
yana kansentrator ham kerak bo‗ladi. Ammo u yulduzning afzalliklari bilan bog‗liq
bir qator qo‗shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Huddi shuning uchun oxirgi
vaqtda passiv yulduz haqiqiy shinani ko‗proq siqib chiqarayapti, chunki u kam
perspektivali topologiya hisoblanadi.
Aktiv va passiv yulduz o‗rtasida topologiyaning oraliq turini ham ajratish
mumkin. Bu holda konsentratorga tushadigan signallarni faqat retranslyatsiya
qilmasdan, o‗zi qatnashmasa ham, almashuv boshqarishini bajara oladi. Yulduzning
(ham aktiv va ham passiv) katta ustunligi shundaki, hamma ulanadigan nuqtalar bir
joyda yig‗ilgan. Bu tarmoq ishini oson nazorat qilishga, markazdan u yoki bu
abonentlarni oddiy uchirish yo‗li bilan nosozliklarni lokalizatsiya qilish (masalan, shina
holatda bajarib bo‗lmaydi), shuningdek tarmoq uchun xayotiy muhim bo‗lgan ulanish
nuqtalariga begona shaxslar kirishini cheklab qo‗yish. yulduz holatida xar bir atrofdagi
abonentga bitta kabel kelishi xam mumkin (unda uzatish ikki tomonlama ketadi), va
ikkita xam (Ularning har biri-bir tomonga uzatadi), buning ustiga ikkinchi holat
ko‗proq uchraydi.
―Yulduz‖ turidagi barcha topologiyalarning umumiy kamchiligi boshqa
topologiyalarga qaraganda juda katta kabel sariflanishi. Masalan, Agar
kompyuterlar bir chiziqda joylansa, ―yulduz‖ topologiyasi tanlanganda ―Shina‖
topologiyasiga qaraganda bir necha martta ko‗p kabel talab qilinadi. Bu hamma
butun tarmoqning narxiga sezilarli ta‘sir Ko‗rsatishi mumkin.
―Halqa‖ – bu topologiya, bunda har bir kompyuter faqat ikkita boshqalari
bilan aloqa liniyalari Bilan ulangan: Faqat u biridan axborot oladi, ikkinchisiga esa
– faqat uzatadi.
Har bir aloqa liniyasida, yulduz holatiga o‗xshab, faqat bitta (peredatchik)
uzatuvchi va bitta (priyomnik) qabul qiluvchi ishlaydi. Bu tashqi terminallarni
qo‗llashdan ozod qiladi.
Halqani muhim xususiyati shundaki, har bir kompyuter unga keladigan
signalni tiklaydi, yani repiter rolini o‗ynaydi, shuning uchun halqaning hamma
joyida signalni so‗nishi hech qanday ahamiyati yo‗q, muhimi faqat halqaning
qo‗shni kompyuterlar orasidagi so‗nishi. Bu holatda аniq ajratilgan markaz yo‗q,
hamma kompyuterlar bir xil bo‗lishi mumkin. Ammo, ko‗pincha halqada maxsus
abonent ajratiladi, u almashuvni boshqaradi yoki nazorat qiladi. Tushunarliki,
bunday boshqaradigan abonentni borligi tarmoq ishonchliligini pasaytiradi, chunki
uning ishdan chiqishi tezda barcha almashuvni falaj qilib qo‗yadi.
Qa‘tiyat bilan аytgаndа, halqadagi kompyuterlar to‗liq teng huquqli emas
(masalan, shinali topologiyaga qaraganda). Ulardan birlari kompyuterdan, shu
momentda uzatishni olib borayotgan, albatta axborotni oladi, oldinroq, boshqalar
esa kеyinrоq. Topologiyani huddi shunday xususiyatlariga ko‗ra, ―halqaga‖
maxsus hisoblangan tarmoqdagi almashuvni boshqarish usullarda keyingi uzatish
huquqi (yoki, yana aytilishicha, tarmoqni qurshab olish) keyingi halqadagi
kompyuterga ketma – ket o‗tadi.
Yangi abonentlarni ―Halqaga‖ ulash mutloqo beziyon, lekin ulanish vaqtida
butun tarmoqni ishlashini to‗xtatish talab qilinаdi. ―Shina‖ topologiyali holatga
o‗xshab halqadagi eng ko‗p abonentlar soni ancha muncha bo‗lishi mumkin
(minggacha va undan ko‗proq). Halqali topologiya oshiqcha yuklanishlarga eng
mustахkаm, u uzatiladigan tarmoq bo‗yicha axborotlarni eng katta oqimlari bilan
ishonchli ishlashni ta‘minlaydi, chunki unda janjallar yo‗q (shinaga qaraganda),
shuningdek markaziy abonent yo‗q (yulduzga qaraganda).
Halqadagi signal tarmoqdagi hamma kompyuterlardan o‗tgani sababli, lokal
ulardan bittasini ishdan chiqishi (yoki uning tarmoqdagi asbob-uskunalarini) yaxlit
butun tarmoqni ishdan chiqaradi.
Huddi shunga o‗xshab halqadagi har qaysi kabellarni uzilib qolishi yoki qisqa
tutashuvi butun tarmoqni ishdan chiqaradi.
Kabelni buzilishlariga halqa ko‗proq shikastlanadigan bo‗ladi, shuning uchun
bu texnologiyada ikkita (yoki ko‗proq) parallel aloqa liniyalari qo‗yib borishni
ko‗zda tutiladi. Shunda ularning bittasi zahirada turadi.
Shu bilan bir vaqtda halqani katta ustunligi shundaki, har bir abonent
tomonidan signallarni retranslyatsiya qilish butun tarmoq o‗lchamlarini sezilarli
ko‗paytirishga yordam beradi (gohida bir necha o‗n kilometrgacha). Halqa bu
tomonidan boshqa har bir texnologiyalardan ko‗proq (sezilarli) ustunlik qiladi.
Halqani kamchiliklaridan (yulduzga taqqoslanganida) shuni hisoblash
kerakki, tarmoqdаgi har bir kompyuterga ikkita kabel olib kelinishi kerak.
Ba‘zan ―Halqa‖ topologiyasi axborotni qarama-qarshi yo‗nalishlarida
uzatilishini ikkita halqali aloqa liniyalari asosida bajariladi. Masalani bunday hal
etilishi – axborotni uzatish tezligini (ideal holatda ikki marotaba) оshirilishi.
Kabelni bittasi buzilganda tarmoq boshqa kabel bilan ishlashi mumkin (to‗g‗ri,
cheklangan tezlik kamayadi). Yuqorida ko‗rilgan uchta asosiy, bazaviy
topologiyalardan tashqari, qo‗shimcha yana ―daraxt‖ (tree) tarmoqli topologiya
ishlatiladi, u bir nechta yulduzlar kombinatsiyasidan iborat. Yulduzga o‗xshash
daraxt aktiv, yoki haqiqiy, passiv bo‗lishi mumkin. Aktiv daraxtga bir nechta aloqa
liniyalari birlashtirilgan markazlarda markaziy kompyuterlar joylashgan, passilida
esa konsentratorlar (Xablar). (6-,7-rasm)
Kombinatsiyali topologiyalar ham ancha ko‗p ishlatiladi, ular orasida eng
ko‗p tarqalgan yulduz-shinali va yulduz-halqalilaridir.
6-rasm. 7-rasm.
8-rasm. 9-rasm.
Yulduz-shinali
topologiyada
(star-bus)
shina
va
passiv
yulduzlar
kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunda konsentratorga alohida kompyuterlar ham, va
butun shinali segmentlar ham ulanadilar, ya‘ni tarmoqdаgi barcha kompyuterlar
kiritilgan fizik topologiya amalga oshiriladi. Bu topologiyada bir nechta
konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin, ular bir biroviga ulanib magistrali,
tayanchli deb nomlangan shinani tashkil qiladi. Konsentratorlarning har biriga
alohida kompyuterli yoki shinali segmentlar ulanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi
o‗ziga qulay qilib shinali va yulduzli topologiyalarni avzalliklarini kombinatsiya
qilish imkoniyatlaridan foydalaniladi, shuningdek tarmoqga ulangan kompyuterlar
sonini oson o‗zgartiradi. (8-rasm)
Yulduz-halqali topologiya holatida kompyuterlarni o‗zi birlashmaydi, balki
maxsus konsentratorlar, ularga o‗z navbatida, yulduz shaklli ikkitali aloqa
liniyalari yordamida kompyuterlar ulanadi. Haqiqatda, tarmoqning hamma
kompyuterlari berk halqaga ulanadi, chunki konsentratorlar ichidagi barcha aloqa
liniyalari berk konturni tashkil qiladi. Bu topologiya yulduzli va halqali
topologiyani ustunligini kombinatsiyalashga imkon yaratadi.
Masalan, konsentratorlar barcha ulanadigan nuqtalarni bir joyga yig‗ishga
imkon yaratadi. (9-rasm)
Tarmoq
topologiyasi
kompyuterlarni
faqat
fizikli
joylanishlarini
ifodalamasdan, lekin undan muhimrog‗i, ular orasidagi aloqalar xarakteri, tarmoq
bo‗yicha signallarning tarqalganish xususiyatlari. Huddi shu aloqalar xarakteri
tarmoqning
buzilishiga
mustaxkamlik
darajasini
belgilaydi,
tarmoqdаgi
apparatlarning kerakli murakkabligini, almashuv boshqarish usulini eng to‗g‗ri
keladigangini, uzatish muhitining mumkin turlarining (aloqa kanallari), tarmoqning
mumkin bo‗ladigan o‗lchamlari (aloqa liniyalar uzunligi va abonentlar soni), elektr
muvofiqlashtirishni kerakligi va h.k. tarmoq Bilan birlаshgаn kompyuterlarni fizik
joylanishi topologiyani tanlashda, umuman olganda, ta‘siri kam har qaysi
kompyuterlarni, ular qanday joylashganidan qa‘tiy nazar, har qanday oldindan
tanlangan topologiya yordamida har doim ulash mumkin (10-rasm).
10-rasm.
Agar ulanadigan kompyuterlarni doirani konturi bo‗yicha joylashgan bo‗lsa,
ular yulduz yoki shina bo‗lib bеmаlоl ulanishi mumkin. Agar kompyuterlar
qandaydir markaz atrofida joylansa, ular bir birovi Bilan shinali yoki halqali bo‗lib
ulanishi mumkin. Kompterlar bir chiziq bo‗yicha joylashgan bo‗lsalar, ular yulduz
yoki halqa bo‗lib ulanishi mumkin.
4. Monokanal topologiya tarmog‘i
Monokanal topologiya tarmog‘i barcha kompyuter tarmog‘ini birlashtiruvchi
bitta aloqa kanalidan foydalaniladi. Topologiya tarmog‘ida eng keng tarqalgan
uslub - bu eltuvchi chastotani va ixtiloflarni aniqlovchi kirish uslubidir
(CSMA/CD)
PK - Ethernet tarmoq platali personal Kompyuterlar; TM - terminator.
Monokanal topologiyaning lokal tarmog‘i
Bunda avvolo, tarmoqning kirish uslubida kommunikasiya kanali bo‘yicha
ma‘lumotlarni jo‘natishdan oldin kanal tekshirilib ko‘riladi va u bo‘sh ekanligiga
ishonch hosil qilingandan so‘nggina, paket jo‘natiladi. Agar kanal band bo‘lsa,
uzel tasodifiy vaqt oralig‘ida paketni uzatishga qayta urinib ko‘radi. Bitta tarmoq
uzeli orqali uzatiladigan ma‘lumotlar barcha uzellarga yetib boradi, ammo bu
ma‘lumotlar uchun mo‘ljallangan uzelgina ularni aniqlaydi va qabul qiladi. Kanal
banligi oldindan eshitilib ko‘rilsa-da, ikkita uzel orqali paketlarni bir vaqtda
uzatish paytda ixtilof paydo bo‘lishi mumkin. Bu shu narsa bilan bog‘liqki, signal
kanal bilan utgayotganda vaqtinchalik ushlanib kolishi mumkin: signal yuborilgan
lekin eshitib ko‘radigan uzelgacha yetib bormagan bo‘ladi, natijada uzel kanalini
bo‘sh deb hisoblab uzatish boshlanadi. Bunday kirish uslubiga ega tarmoqqa
Ethernet tarmog‘ida lokal tarmoqlar uchun ma‘lumotlarni uzatish tezligi sekundiga
10 Mbitga teng (Mbit/s).
Ma‘lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash - bu ma‘lumotlarni mustaqil
xolda, lekin taqsimlangan tizimni ifodalovchi, bir-biriga bog‘langan komyuterlar
tomonidan qayta ishlash demakdir.
Shuningdek uzatish tezligi 100 Mbit/s ga teng Fast Ethernet mavjud. Giqabit
Ethernet texnologiyasi yuzaga kelmokda. Ma‘lumotlarni taqsimlangan xolda
qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko‘p mashinali assosiyasiya tashkil
etilgan Uning tuzilmasi quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha ishlab chiqiladi:
ko‘p mashinali hisoblash komplekslari (KXK); Kompyuter (hisoblash) tarmog‘i.
Dostları ilə paylaş: |