4.9-rasm. OSI modelining yetti bosqichi.
Pastda joylashgan bosqichlar ancha sodda, ancha aniq vazifalarni bajaradi.
Ideal holda har bir bosqich o‗zidan tepadagi va pastdagi
bosqich bilan muloqot
qiladi. Yuqori bosqich ayni vaqtda ilovaga ishlayotgan, amaliy masalaga to‗g‗ri
kelsa, pastki bosqich esa signalni aloqa kanali orqali uzatishga to‗g‗ri keladi. 4.10-
rasmda keltirilgan bosqichlar vazifasi tarmoq abonentlarining har biri tomonidan
bajariladi.
Bir abonentdagi har bir bosqich shunday ishlaydiki u boshqa abonentning
xuddi shu bosqichi bilan to‗g‗ri
aloqasi bordek, ya‘ni tarmoq abonentlarining bir
xil nomli bosqichlari o‗rtasida virtual aloqa mavjud. Bir tarmoq abonentlari
o‗rtasidagi real aloqa faqat eng past birinchi bosqichda mavjud (jismoniy bosqich).
Axborot uzatayotgan abonentda axborot barcha bosqichlardan yuqoridan boshlab
pastdagi bosqichda tugaydi. Qabul qiluvchi abonentda
esa qabul qilingan axborot
teskari yo‗nalishda, pastki bosqichdan boshlab yuqori bosqichga harakat qiladi
(2-rasm).
4.10-rasm. Axborotni abonentdan abonentga o‗tish yo‗li.
Dostları ilə paylaş: