6-mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari


Psixologik-pedagogik konsilium



Yüklə 61,48 Kb.
səhifə4/7
tarix20.08.2023
ölçüsü61,48 Kb.
#140016
1   2   3   4   5   6   7
6-mavzu Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari-fayllar.org-1

4.Psixologik-pedagogik konsilium 
Konsilium − (lot. Consilium - kengash, maslahatlashish) bir yoki bir qancha
sohalardagi mutaxassislarning ma'lum muammoni o`rganish va uni hal etish uchun
kengashishi hisoblanadi. Psixoprofilaktik ishlarning usullaridan biri pedagogik
psixologik
konsiliumni
tashkil
etadi.
Y.K.Babanskiyning
ta'kidlashicha,
o`quvchilarni o`rganishni yaxshi yo`lga qo`yish uchun, to`liqyozma tavsifnomalar
yozishdan ko`ra sinf o`qituvchilarining o`quvchilar haqidagi fikrlarini jamoa bo`lib
muhokama qilish, sinfga va o`quvchilarga individual yondashuv choralarini ishlab
- Qo'rquv komplеksi.
- Baxtlilik komplеksi.
- Qiziqish komplеksi.
-Vatanparvarlik komplеksi.
- O'zini boshqalardan ustun qo'yish komplеksi.
- Hasad komlеksi.
- Mеhr-shavqat komlеksi.
- Aybdorlik komplеksi.
- Rashk komplеksi.
- Millatchilik komplеksi.
- Bo'ysunish komplеksi va hokazo.



chiqish yaxshi natijalar beradi. Bunday jamoa bo`lib, muhokama qilishlarni shartli


ravishda pedagogik- psixologik konsilium deb ataladi.
Psixologik-pedagogik konsilium o`qishda orqada qolish sabablarini yoki
xulq-atvordagi kamchilik natijalarini muhokama qilishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Pedagogik konsiliumda psixologning vazifasi − o`quvchi intellektual
taraqqiyotini baholashda o`qituvchilarga har xil tomondan yondoshuvga
yordamlashishdan iborat. Pedagogik konsilium imkoniyatlarini baholashda
sub'yektivizmdan holi bo`lish ularni ob'yektiv baholash imkonini beradi. Lekin,
baxtga qarshi o`qituvchilarda u yoki bu o`quvchi haqida o`z fikri bo`ladi, ularning
bu fikrlarini o`zgartirish juda qiyin. Shuning uchun konsilium natijasi foydali
bo`lishi uchun psixolog unga jiddiy tayyorlanishi kerak.
Psixolog konsiliumda ishtirok etib quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1. Pedagogik jamoa o`quvchi psixik va shaxsiy xarakteristikalarini turli
tomondan ko`rsatish, bunda albatta ijobiy kuchli tomonlarni ta'kidlash joiz.
Kuzatish,
suhbat,
psixodiagnostika
natijalariga
asoslanib,
o`quvchi
muammolarining kelib chiqishi haqida isbotlangan farazlarni keltirish zarur.
2. Har bir o`qituvchida o`quvchiga nisbatan mavjud ustanovkasini
o`zgartirishga erishish zarur. Bu juda qiyin vazifa bo`lib, uni ehtiyotkorlik bilan hal
qilish lozim, konsilium o`tkazguncha sekin-asta boshlash kerak.
Ko`pincha o`qituvchi o`quvchiga nisbatan fikrini o`zgartirgisi kelmaydi.
O`qituvchi bunda psixolog nima haqida gapirayotganini tushunmaganligi uchun
emas, balki ongli ravishda o`z hayotini murakkablashtirgisi kelmaganligi uchun
shunday qiladi.
3. Barcha o`qituvchilarning o`quvchi muammolarini, uning shaxsi mohiyatini
jamoa bo`lib, tushunishlariga erishish. Faqat ana shu holda o`quvchi foydasiga
o`zaro harakat qilishlariga ishonish mumkin.
Shunday qilib, psixologik-pedagogik konsilium psixoprofilaktik ishning
muhim bosqichi hisoblanadi. Yuqori darajada tayyorlangan konsilium
o`quvchilarning, o`qituvchilarning va butun jamoaning rivojlanishiga yordam
beradi.
Psixologik-pedagogik konsiliumning funksiyalariquyidagilar:
1. Ijtimoiy nazorat funksiyasi o`smir xulq atvorini nazorat qilib boruvchi,
unga to`g`ri yo`l-yo`riqlar ko`rsatuvchi kishilarning ishini o`z ichiga oladi. PPK
jarayonida sinf rahbari, ota-onalar, o`qituvchilar uchun aniq tavsiyalar ishlab
chiqiladi.
1. Ijtimoiy nazorat
funksiyasi
2. Ijtimoiy qo'llab-quvatlash
funksiyasi.
3. Pеdagogik rеabilitatsiya
funksiyasi.
4. Psixoprofilaktik
funksiyasi.



2. Ijtimoiy qo`llab-quvatlash funksiyasi− shaxs o`zi mustaqil ravishda yengib


o`tolmaydigan, shaxs taraqqiyotiga salbiy ta'sir qiluvchi sharoitlarni yengib
o`tishda yordam berish.
3. Pedagogik reabilitatsiya funksiyasi. Bu vazifaning asosiy mazmuni
o`quvchining obro`sini o`qituvchilar, ota-onalar, do`stlari orasida ko`tarishdir.
Ko`pincha xulqida salbiy o`zgarishlar ro`y bergan bolalarga nisbatan o`qituvchi va
guruhdoshlarida, hatto ota-onalarda ham ishonchsizlik paydo bo`ladi. PPK
o`quvchining ijobiy tomonini o`rganib, uni o`quvchining o`ziga, ota-onalarga
pedagoglarga ko`rsatishi, unga bo`lgan ishonchni uyg`otishi muhimdir.
2. Psixoprofilaktik funksiyasi. PPK tibbiy xizmat xodimlari, psixolog yoki
boshqa mutaxassislar ishtirokida o`quvchilarning jismoniy va ruhiy sog`lig`ini
saqlash, ish qobiliyatini oshirish, ular orasida nizolarni kamaytiish, o`quvchilarda
paydo bo`lgan ijtimoiy psixologik muammolarni hal qilish kabi ishlar olib borish
yo`llarini belgilaydi.
PPK o`quvchilarni, ota-onalarni yoki o`qituvchilarni jazolovchi, ko`rsatma
beruvchi tashkilotiga aylanib qolmasligi shart. Shuning uchun PPK olib
boruvchilar yuqori malakali mutaxassislar bo`lishi kerak. Pedagoglar, psixologlar,
mediklar, psixiatrlar, narkologlar, militsiya xodimlari psixologik-pedagogik
konsiliumning domiy ishtirokchilari bo`lishlari mumkin. Bulardan tashqari
o`quvchilarning ota-onalari, to`garak rahbarlari va boshqa kishilar taklif qilinishi
mumkin.
Konsilium rahbari. Konsilium rahbari konsiliumning muntazam ishlashini
tavsiya qilingan takliflarning amalga oshishini nazorat qilish kabi ishlarni olib
boradi. O`quv muassasasi rahbarlaridan biri konsiliumning rahbari (moderator)
bo`lishi mumkin.
Konsilium kotibio`quvchi haqida ma'lumotlarni to`playdi, unga tavsifnnoma
yozadi, PPK yordamiga muhtoj o`quvchilar ro`yxatini tuzadi, konsilium a'zolari
bilan aloqa bog`lab turadi.
Maktab vrachio`quvchi sog`lig`i va uning sog`lig`ini mustahkamlash borasida
olib borilgan ishlar haqida ma'lumot beradi.
Balog`atga yetmagan yoshlar bo`yicha inspektor. Agar o`quvchi uning
hisobida turgan bo`lsa, uning do`stlari, kimlar bilan ko`proq vaqtini o`tkazadi, u
bilan qanday ishlar olib borilganligi haqida ma'lumot beradi. Maxsus maslahatchi
zaruriy hollarda chaqiriladi. Bu narkolog, psixiatr, psixonevrolog yoki logoped
bo`lishi mumkin.Psixolog konsiliumning asosiy ishtirokchisi va tashkilotchisidir.U
qo`yilgan diagnozning to`g`riligi qilinayotgan yordam va tarbiya metodlarining
adekvatligi, o`quvchi bilan olib borilayotgan ishlarning maqsadga muvofiqligi,
konsilium natijalari bo`yicha shaxsan javob beradi.
Sinf rahbari. O`quvchiga tavsifnoma yozadi, u bilan ishlash jarayonida
yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni bayon qiladi, konsilium oldiga ma'lum talablar
qo`yadi, kuzatish kundaligini to`ldirib boradi.
Konsiliumni 
tashkil 
etish.Konsilium
bir
oyda
bir-ikki
marta
o`tkaziladi.Psixolog o`quv yili boshida yordamga muhtoj o`quvchilar ro`yxatini
tuzadi. Kengash 3 bosqichda o`tkaziladi:
1)O`quvchi haqidagi ma'lumotlarni o`rganish va tahlil qilish;



2) O`quvchining ota-onalari bilan suhbat (o`quvchining o`zi ishtirok


etmaydi),o`quvchining o`zi bilan suhbat, ijtimoiy tashkilot rahbarlari, sinf
rahbarlari bilan suhbat o`tkaziladi.
3) Fikr almashish, xulosa chiqarish, o`quvchiga yordam berish yo`llarini
aniqlash, maslahatlar, tavsiyalar ishlab chiqish.
Shunday qilib, psixologik-pedagogik konsilium psixoprofilaktik ishning
muhim bosqichi hisoblanadi.


Yüklə 61,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin