- oliy maktab xodimlari sinov (adaptatsiya) muddatini mutaxassis, o`qituvchi,
aspirant va boshqalarni) o`rganish va amaliy ko`rsatmalar berish;
- ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, qabul bo`yicha ilmiy-psixologik
prognoz qilish, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan xavfdan ma'muriyatni ogoh etish.
Attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik
axborotlar to`plash va ularni umumlashtirib, yaqqol tavsiyalar yaratish;
- chet el muassasalari bilan aloqa qilish, kadrlarning malakasini oshirish,
ularning intellektual potentsialini aniqlash, fan va texnikani rivojlantirish
imkoniyati, oliy maktabning nufuzi to`g`risida, materiallar yig`ish, ularni
psixologik jihatdan tahlil qilish va maslahatlar berish;
- o`quv qo`llanmalarining sifati, kitobxonlik muammosi, xodimlar,
talabalarning davlat mulkiga munosabati haqida ma'lumotlar to`plash va ularni
umumlashtirish, ma'muriyatga va kasaba uyushmasiga axborot tayyorlash;
- yotoqxonalarda o`quvchilar va talabalarning talabi, ehtiyoji, qiziqish,
ijtimoiy qarashlari nuqtai nazari (pozitsiyasi), turmushga nisbatan munosabati
to`g`risida ma'lumotlar to`plash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar
ishlab chiqish;
- maktab xodimlari, o`qituvchilar va talabalarning ekologik, iqtisodiy, siyosiy,
etnopsixologax bilimlari saviyasini tekshirish va mustaqillikni mustahkamlash
imkoniyatini o`rganish, vatanparvarlik his-tuyg`ularini shakllantirish maqsadida
tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
- an'anaviy ta'lim va tarbiya metodlarining yutug`i hamda kamchiliklarini
tadqiqot qilish, innovatsion, faol uslublar samaradorligini amaliyotda sinab ko`rish,
o`quvchilarning ularga nisbatan munosabatini aniqlash va ana shularga asosan
o`qitishni
individuallashtirish,
tabaqalashtirish
bo`yicha
o`quv-uslubiy
ko`rsatmalar tavsiya qilish;
- iqtidorli o`quvchilar, talabalar, yosh mutaxassislar, aspirantlarni tanlashda
ishtirok etish, ilmiy-psixologik tavsiyalar ishlab chiqish;
- o`quvchilar, o`qituvchilar, xodimlar, talabalar ijodiy faoliyati mahsuldorligi,
to`garaklar faolligini ko`tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning
imkoniyalarini tekshirish, kasb mahoratini egallash bo`yicha musobaqalar,
munozaralar tashkil qilish va ularning mahsuli to`g`risida bashorat (prognoz)
qilish;
- o`quvchilar, o`qituvchilar, xodimlar, talabalar o`rtasida bo`sh vaqtni
taqsimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy-psixologik
nuqtai nazardan tekshirish va bo`sh vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo`llari
hamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma'naviy qadriyatlarni egallashda
foydalanish imkoniyatini psixologik jihatdan tahlil qilish;
- maktab o`quvchilari, o`qituvchilari, xodimlari va talabalarida davlat
mablag`ini tejash tuyg`usini aniqlash, tejamkorlik, mol-mulkni asrash hissini,
noxush kechinmalarni jamoa orasida yoppasiga tekshirish, ularda mehnatni
qadrlash burchini shakllantirish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish, milliy g`urur,
millatlararo munosabat madaniyatini tarkib toptirish majmuasini ishlab chiqish;
- o`quvchilar, o`qituvchilar va maktab xodimlari, talabalarda ishbilarmonlik
qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy-psixologik dastur yaratish hamda uning
moddiy boylik ishlab chiqarishdagi ulushini tahlil qilish.
Psixologik-pedagogik diagnostika bugungi kunda maktab, bog`cha va boshqa
turli tipdagi o`quv bilim yurtlari psixologlari va pedagoglari oldida turgan muhim
vazifalardan, ularning real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllanmoqda va
rivojlanmoqda.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, biz psixologik-
pedagogik diagnostikaning metodlariga batafsil to`xtalib o`tmaymiz, faqat ularning
ba'zilari nomlarini ko`rsatib o`tish bilan cheklanamiz. Ularga quyidagilar kiradi:
turli reja, dastur, maqsad va mezonlarga ega bo`lgan kuzatish
metodlari guruhi;
diagnostik suhbatlar;
dianostik so`rovnomalar;
diagnostik intervyu;
barcha tipdagi anketalar;
turli psixodiagnostik testlar;
o`quv guruhining xususiyatlarini o`rganish metodlari;
pedagogik testlar, shu jumladan, didaktik testlar;
o`quv hujjatlarini tahlil qilish, shu jumladan, kontent-analiz metodi;
turli xildagi jamoatchilik fikrini o`rganishga mo`ljallangan metodlar
va h.k.
Hayotiy va pedagogik tajribalar shuni ko`rsatadiki, diagnostik faoliyat bilan
shug`ullanmoqchi bo`lgan pedagog, ba'zi hollarda amaliyotchi-psixolog ishni
o`zida mavjud metodikalardan kelib chiqib, shu metodika yordamida tadqiqot,
tekshirish o`tkazish, ma'lumot yig`ishdan boshlaydi. Keyin esa olingan natijalarni
hayotga moslashtirishga harakat qilib, o`z ishining amaliy ahamiyatini ko`rsatishga
harakat qiladi. Bunda ish uslubining asosiy kamchiligi shundaki, ba'zida juda
mukammal, o`ta ilmiy amaliy asoslangan metodikalar aniq pedagogik faoliyatning
maqsad va vazifalariga mos kelmasligi, ulardan yiroqligi sababli kutilgan natija
bermaydi. Shuning uchun ham har qanday diagnostik faoliyat nimani yoki kimni,
qaysi maqsadlarga o`rganish, olingan natijalardan qanday foydalanishni
anglashdan boshlanishi shart.
Dostları ilə paylaş: