etnopsixologik xususiyatlariga, ularni kamolotga yetkazish maqsadi va vazifalariga
monandligi nuqtai nazaridan tahlil qilish.
8. Maktabning istiqboli bilan bog`liq bo`lgan, ilmiy jihatdan asoslangan
modelini o`quvchilar bilan hamkorlikda yaratish. Umumta'lim va yangi tipdagi
maktablarda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini psixologik-pedagogik
diagnostika qilishda qatnashish, unga o`zgartirishlar, tuzatishlar kiritish, oqibat
natijada o`quvchilarning ruhiy jihatdan taraqqiy etishi muammosini maqsadga
muvofiqhal qilinishi uchun xizmat qilsin.
9. O`quv motivlari, shaxsning yo`nalishi, uni etnomadaniyat bilan bog`liq
bo`lgan qadriyatlarga yo`naltirish xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim-
tarbiya jarayoniga tuzatishlar kiritish. Shaxslararo, etnik guruhlararo, millatlararo
har xil ko`rinishdagi ziddiyatlarning oldini olish uchun
psixologik tadbirlarni
ishlab chiqish (munozara, bahs uyushtirish, xalqlarning tarixi va madaniyatini
oqilona o`rganish, bu sohadagi ijobiy tajribalarga alohida etibor berish);
10.O`quvchilar, talabalar, xodimlar, muallimlar o`rtasida sodir bo`luvchi har
xil nizolarning psixologik ildizini o`rganish, shaxslararo munosabatlarning asl
mohiyatini namoyon qilish, ularni keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish,
favqulotdagi vaziyatni yengillashtirish va ularni tamoman bartaraf qilish yo`llari
yuzasidan maslahatlar berish.
11.Yoshlar o`rtasida
aysh-ishratga, giyohvandlikka, yengil turmush
kechirishga, qing`ir yo`l bilan boyishga (chayqovchilik, qizlar orasidagi
yengiloyoqlikka) ruju qiluvchi shaxslar bilan yakka tartibda ishlashni yo`lga
qo`yish. Og`ir kasalliklarga uchragan o`quvchilar, o`qituvchilar, talabalar
ruhiyatini tetiklashtirish abadiyat qonuni bilan ularni tanishtirish, pessimistik
kayfiyatdan voz kechib, ularni shukrona qilib yashashga o`rgatish
yuzasidan
tavsiyalar berish, bevaqt halokatning oldini olish.
12. Xulqi, xatti-harakati buzilgan o`rta va oliy maktab o`quvchilari,
muallimlari, talabalari bilan yakka tartibda ish olib borish.
13. O`zlashtirmovchi o`quvchilar va talabalar ruhiy dunyosidagi nuqsonlarni
aniqlash, ularga yordam berish yo`l-yo`riqlarini ishlab chiqish, amaliyotga
tatbiqqilish hamda korreksion ishga muhtoj kishilarning individual-psixologik
xususiyatlarini hisobga olish.
14.O`z-o`zini boshqarish imkoniyatini o`rta va oliy maktab jamoalari a'zolari
o`rtasida aniqlash(bioritmika, emotsiya, motivatsiya, iroda, qiziqish va diqqatni
shaxs tomonidan idora qilinishi nazarda tutiladi).
15. Tarbiya va ta'limning yangi metodlari samaradorligini
tekshirish va
boshqalar.
Psixoprofilaktik ish-amaliyotchi psixologning eng kam ishlangan faoliyat
turlaridan biri hisoblanadi. Psixoprofilaktika muammolari ko`proqAmerika
adabiyotlarida aks etgan.
Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko`rsatiladi: