ketkazilgan vaqt)
Tekshiruv qog`ozlari har xil bo`lishi mumkin. Ular alohida psixodiagnostik
tadqiqot natijalarini yozib olish uchun maxsus shaklga ega bo`ladi.Unda qator
metodikalar majmui ham aks etishi mumkin. Tekshiruv qog`ozlarini to`g`ri
to`ldirish, qarorlarini yozib borish har xil metodikalar bo`yicha olingan natijalarni
umumlashtirish, tekshirilayotgan bolalarni bir yosh guruhida taqqoslash imkonini
beradi. Tajriba davomida pedagog-psixolog bola faoliyatini iloji boricha tabiiy
sharoitlarga yaqinlashtirishi kerak. Masalan, o`rta guruh
bolalari uchun shunday
topshiriqlarni tanlash kerakki, ular o`yin vaziyatida bajarilsin. Katta maktabgacha
ta'lim muassasasi bolalari va boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun bu topshiriqlar
o`quv faoliyati elementlari bilan birga qo`shilishi mumkin.
Eksperimental psixologik tadqiqot bir necha bosqichda o`tkazilishi zarur. Bu
bolaning yangi sharoitga yaxshi moslashishiga, u bilan ijobiy aloqa o`rnatishga
imkon beradi. Birinchi bosqichda tadqiqotchi bola bilan aloqa o`rnatadi, uning
qiziqish va ehtiyojlarini aniqlaydi. Bola ba'zi topshiriqlarni tadqiqotchi oldida
bajaradi. Ikkinchi bosqichda olingan ma'lumotlarga
aniqlik kiritiladi, boshqa
metodikalarda olingan natijalar bilan o`zaro bog`liqlik aniqlanadi. Uchinchi
bosqichda tajribada olingan natijalar tahlil qilinadi, ular umumlashtirilib, xulosa
chiqariladi.
Olingan ma'lumotlarni bir joyga to`plab, tadqiqotchi
sinaluvchi shaxsining
xarakteri, aqli, xotirasi, hissiyoti, psixik buzilishlar mavjudligi yoki yo`qligi haqida
xulosa chiqariladi.
Tadqiqotning so`nggi qismidagi xulosalar shaxsga psixologik diagnoz
qo`yish, sinaluvchi psixikasidagi o`zgarishlarni oldindan aytib berish, olingan
ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog`liq ravishda hamda pedagog
amaliy faoliyatida tavsiyalar berish maqsadida qiziqarlidir. Shuni esda tutish
zarurki, eksperimental vaziyat bola uchun odatdagidan boshqacha bo`ladi. Shuning
uchun olingan natijalar har doim ham haqiqiy ko`rsatkichlarga
mos tushmasligi
mumkin.
Eksperimental tadqiqot xarakteriga bog`liq ravishda undan olingan natijalarni
o`quv tarbiya jarayonida foydalanish mumkin.
Bolalarning
eksperimental-psixologik
o`rganish
natijalaridan
o`quv
mashg`ulotlari vaqtida psixik jarayonlarining ixtiyoriyligini rivojlantirishda ham
foydalanish mumkin.
Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o`tkazish tajribasi shundan dalolat
beradiki, qo`llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki
bu psixik jarayonlarni o`rganish metodikalariga ajratish mumkin. (L. I.
Poperechnaya 1978; L.L.Venger, V.V.Xolmovskaya 1978; Z.I.Kalmikova, 1982;
V.M.Bleyxer, I.V.Kruk, 1986). Masalan, o`quvchi xotirasi haqida faqat bir metod
asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning
uchun metodikalar majmuini
qo`llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodikalar o`zining
asosiy yo`nalishidan tashqari (ya'ni shaxsning ma'lum xususiyatini o`rganishdan
tashqari) psixikani boshqa xususiyatlarining holati haqida ba'zi ma'lumotlar beradi.
Masalan: bolaga berilgan 10 ta so`zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning
xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati,
harakatlarining maqsadga
yo`naltirilganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo`ladi.
Tarbiyachi-tadqiqotchi tadqiqot uchun u yoki bu metodikani tanlaganida
ko`rsatmani salgina o`zgartirish metodikaning yo`nalishi o`zgarib ketishiga sabab
bo`lishini hisobga olishi kerak. Topshiriqni bajarishga kirishishdan oldin bola unga
bo`lgan ko`rsatmani to`g`ri tushunganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Bajarilayotgan toshiriqning muvaffaqiyati ko`p hollarda shunga bog`liq bo`ladi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati eksperimentda qo`llaniladigan
metodikalar soniga bog`liq bo`ladi. Lekin maktabgacha ta'lim muassasasi va
maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o`tkazganda, ularning tez charchashini
hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqot o`tkazganda, tadqiqot vazifalariga
bog`liq ravishda tanlangan 5-7 metodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir necha
bosqichda o`tkaziladigan tadqiqotlarda ko`proq metodikalardan ham foydalanish
mumkin. Eksperimental tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir.
Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola bilan qanchalik yaxshi munosabatda bo`lsa, bola
toshpiriqni shunchalik yaxshi bajaradi.
Tadqiqot
o`tkazish
uchun
eksperimental
metodikalarni
tanlashda
quyidagilarni e'tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi — psixik
taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshiga,
ma'lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, o`tgan ta'lim va tarbiyasi
amalga oshrilayotgan sharoit;
v) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi,
verbal aloqa o`rnatish xususiyatlari.
Tanlangan eksperimental psixologik metodikalarningqiyinlik darajasi o`sib
borish tartibida bo`lishi kerak.
Tarbiyachi qanchalik ko`p eksperimental psixologik tadqiqotlarni o`tkazsa,
uning tajribasi shunchalik ortib boradi. U quyidagilarni o`z ichiga oladi: bola
faoliyatining xususiyatlarini o`yin va o`quv
vaziyatlarida tahlil qilish; uni
maktabgacha ta'lim va umumiy o`rta ta'lim muassasalari, shuningdek, oila
sharoitiga moslashtirish, moslasha olmaslik darajasini aniqlash; bolaning ichki
hayotini
tushunib olish istagi; shaxsning xususiyatlarini har tomonlama
rivojlantirishda unga har qanday yordam ko`rsatish.
Psixologik tadqiqot natijalaridan bolalar bilan individual ish olib borishdagina
emas, balki guruhiy o`quv tarbiya tadbirlarini o`tkazishda ham foydalanish
mumkin. Bunda tarbiyachi o`quv tarbiya jarayonida har bir guruh a'zosining rolini
to`g`ri aniqlashi mumkin. Shunga asosan ta'sirning u yoki bu shaklini ishlatish
mumkin.
Psixodiagnostik tadqiqotlar tarbiyachiga guruhning, har bir shaxsning u yoki bu
psixik funksiyalari rivojlanish tamoyillarini hisobga olgan holda o`quv tarbiya
jarayonini tashkil etish imkonini beradi.