6-mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari


Diagnostik-korreksion ishning o`tkazish bosqichlari



Yüklə 61,48 Kb.
səhifə6/7
tarix20.08.2023
ölçüsü61,48 Kb.
#140016
1   2   3   4   5   6   7
6-mavzu Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari-fayllar.org-1

6.Diagnostik-korreksion ishning o`tkazish bosqichlari 
Psixologik xizmat doirasida alohida diagnostik ish, alohida korreksion ish
haqida gapirish mumkin emas. Psixologik xizmatda diagnostik-rivojlantiruvchi
yo`nalishlar ishning yagona yo`nalishlardir. D.B. Elkoninning ta'kidlashicha,
bolalarni tanlash uchun, aniqlangan chetlashishlarni tuzatish maqsadida psixik
taraqqiyotni nazorat qilishga yo`naltirilgan maxsus diagnostika zarur. Uning
fikricha, taraqqiyotda bo`lishi mumkin bo`lgan chetlashishlarni ertaroq tuzatish
uchun psixik taraqqiyotni nazorat qilish zarur. Amaliyotchi psixolog faqatgina
diagnoz qo`yish bilan cheklanmasdan, keyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqadi,
o`zi bergan tavsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi, korreksion va
rivojlantiruvchi ishlarni o`zi ham olib beradi.



Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion ishi murakkab faoliyat


turlaridan biri bo`lib, maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi
psixologning diagnostik-korreksion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab qilishi
bilan birga, kam o`rganilgandir. Bu jarayon birinchi bo`lib, tarbiyasi qiyin va
normal bolalarni o`rganishga bag`ishlangan pedalogik tadqiqotlarda L.S.
Vo`gotskiy tomonidan qo`llangan. I. Shvantsara shaxs taraqqiyotini diagnostika
qilishning bosqichli eksperimental-psixologik nuqtai nazarini taklif etadi.
Bu bosqichlar quyidagilar:
1. Psixologga rasmiy iltimos.
2. Psixologik muammoni aniqlash.
3. Tadqiqot metodini tanlash.
4. Psixologik diagnoz qo`yish.
5. Amaliy tavsiyalar.
Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishini birinchi nuqtai nazar
sifatida psixologning yoki o`qituvchining tarbiyasi qiyin o`quvchiga nibatan
ma'lum ijtimoiy talabiga javobini ko`rsatish mumkin. Bu holda o`quvchiga
«tarbiyasi qiyin» tashxisi o`qituvchilar, tibbiyot xodimlari, voyaga yetmaganlar
ishi bo`yicha nazorat xodimlari tomonidan qo`yilgan bo`ladi. Psixologning vazifasi
- qiyinchiliklarning sabablarini aniqlash va ularga mos tuzatish (korreksiya)
metodlarini topishdan iborat.
Eksperimental-psixologik tadqiqot o`tkazishdan oldin pedagog- tadqiqotchi
bola bilan suhbatlashadi. Bunda u bola bilan ijobiy hissiy aloqa o`rnatib
bajariladigan topshiriqning maqsad va vazifalarni tushuntirib beradi. Suhbat
psixologik tadqiqot metodi sifatida bola haqida ma'lumot olishga imkon beradi.
Suhbat oldindan tayyorlangan savollar asosida o`tkazilishi yoki ixtiyorsiz xarakter
kasb etishi mumkin. Bunda tadqiqotchi suhbat jarayonida bolaga, uning oilasiga
yoki tengqurlariga tegishli bo`lgan, bolaga yoqmaydigan savollarni bermasligi
kerak. Suhbatda bola shaxsining xususiyatlari, o`zining jismoniy va psixik
holatiga, ishchanligiga baho berishi aniqlanadi, tekshiruvchining ijtimoiy-madaniy
darajasi, ma'lumoti, qiziqishlari, ehtiyojlari, o`zaro fikrlashuv qobiliyatlari
aniqlanadi. Ba'zi hollarda suhbat psixoprofilaktik va psixoterapevtik maqsadlarda
o`tkaziladi, bunda bola boshidan kechirayotgan qo`rqinch, xavotirlanish, o`ziga
ishonmaslik kabi holatlar yo`qotiladi. Shunday qilib, tarbiyachi suhbat jarayonida
tadqiqot oldiga qo`ygan vazifaga bog`liq ravishda bola hayoti haqida muhim
ma'lumot olishi kerak. Eksperimental psixologik tadqiqot o`zining quyidagi shartli
chizmasiga ega:
Bolani eksperimental-psixologik o`rganish chizmasi



Eksperimental vaziyatda bola beriladigan yo`l-yo`riq, ko`rsatmani tushunishi


muhim rol o`ynaydi. Ko`rsatma tushunarli, bolaning yoshi va aqliy rivojlanish
darajasiga mos bo`lishi kerak. Bola topshiriqni bajarishni boshlaganidan so`ng
ko`rsatmani misollar bilan yoki qo`llab-quvvatlash bilan mustahkamlash zarur, bu
esa sinaluvchida faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantiradi.
Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimada qiynalayotganini aniqlaydi va
unga yordamlashadi. Ko`rsatmaga kiritilgan barcha qo`shimcha va o`zgartirishlar
haqidagi barcha ma'lumotlar oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib
qo`yiladi.
Eksperiment jarayonida olingan natijalarni puxta yozib borish keyingi sifatiy
tahlilni yoritib beradi. A.Binening (1910) ta'kidlashicha, eksperimental-psixologik
tadqiqotni o`tkazish uchun ruchka, ozgina qog`oz va ko`p chidam zarur.
Tadqiqotchi u yoki bu olingan ma'lumotni iloji boricha tezroq qarorga yozib olishi
kerak. Har bir tajriba qarori alohida qog`ozda bo`lishi lozim.

Yüklə 61,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin