6.2. Zamonaviy ilmda ziyorat va diniy turizmning ta'rifi Diniy-ziyorat turizmi. Bular diniy maqsaddagi sayrlardan iborat bo'lib, uning ildizlari tarixga borib taqaladi. Bu kabi sayohatchilarning birinchilari o'rta asr ibodatchilaridir. Shu kabi sayrlar o'z diniga ishonch va o'zga dinlarga qiziqish asosida vujudga keladi. Dunyodagi ko'plab musulmonlar Makkai Mukarramaga va xristianlar esa Muqaddas yer deb hisoblashadigan-Vatikanga, ibodatxonalar va boshqalarni ziyorat qilish uchun sayohat qilishadi. Ziyorat kasaIlikdan qochiy, baxtsizlik, gunohlarini yuvish uchun ham amalga oshiriladi. Marko Polo (XIII asr) hozirgi Shrilanka hududida shu kabi ziyoratlarni ko'rganini aytadi. XIV-XV asrlarda Angliya ziyoratchilari asosan Rim va Quddusga borganlar.
U vaqtlarda sayohatlar ancha qiyin kechgan: 1388-yildan boshlab qirol Richard II buyrug'i bilan inglizlar ziyorat uchun maxsus ruxsatnoma olishlari kerak bo'lgan. 11 yildan so'ng Richard II ingliz ziyoratchilari sayohat qilishi mumkin bo'lgan joylardagi portlarni qisqartirdi, ba'zi joylargagina ruxsat berildi. Boshqa yerdan kelish uchun esa qirolning maxsus farmoni kerak edi. Ba'zi ziyoratchilar diniy zaruriyat bilan sayohat qilishsa, boshqa ko'pchilik bunga sayohat ishtiyoqi bilan yoki hayotiy turtkilar, o'z hamrohlari bilan quvnoq muloqot qilish uchun ke1ishgan. Hozirda ham bir qancha 100 qadamjolar bor.
Ko'pchilik xristianlar Quddusga Iso Masih qabri ziyoratiga boradilar. Islomga e'tiqod qiluvchilar esa Makkai Mukarrammaga haj va umra ziyoratiga boradilar. O'zbekistonda ham ziyorat qilsa arzigulik joylar juda ko'p. Masalan, ba'zilar Toshkent shahrida saqlanayotgan «Usmon Qur'oni»ni ko'rish uchun tashrif buyurishsa (bu kitob O'zbekiston musulmonlari diniy idorasi kutubxonasidagi maxsus vakuumli seyfda saqlanishi tufayli va uning nechog'li tarixiy ahamiyati katta ekanligini inobatga olib hammaga ham ko'rsatish imkoniyati yo'q. Asosan, musulmon mamlakatlaridan kelgan davlat arboblari va mutaxassislar uchungina namoyish etiladi), boshqalar, imom Termiziy, payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning amakivachchalari Qusam ibn Abbosning qabrini ziyorat qilish uchun yurtimizga kelishadi.
O'z fuqarolarimiz ham bunday joylarga ziyoratlarini uyushtiradilar. Shuningdek, Bahovuddin Naqshband, Abu Mansur Moturudiy, Zangi ota, Anbar otin, Go'ri Amir kabi yuzlab ziyoratgohlar ham borki, bular respublikamizda diniy turizmni yanada rivojlantirish uchun asosiy resurslar vazifasini o'taydilar. Shu o'rinda bir fikrni aytib o'tishni joiz, deb bilardim. Yaxshiki mamlakatimizdan dunyoni 101 qoldirgan sarkardalar, olimu allomalar, fozil-u fuzalolar yetishib chiqishgan. Bularning o'zlaridan qoldirib ketgan madaniy meroslari tufayli davlatimiz dunyo tarixida o'chmas iz qoldirdi. 11k uyg'onish va sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrlarida shunday ilmiy, madaniy va bunyodkorlik ishlari qilindiki, insoniyat yana necha yillar bular bilan faxrlanadi. Shular tufayli mana oradan necha yuz, hatto ming yillar o'tsa hamki, agar ta'bir joiz bo'lsa, davlatimiz obro'si ortib, iqtisodiyotimiz rivojiga ulkan hissa bo'lib qo'shilmoqda (hatto, bulardan xorijiy kompaniyalar ham manfaatdorlikda). Negaki, respublikamizda mavjud arxeologik va me'moriy yodgorliklarning xalqaro turizmda o'z o'rni va mavqei ulkan.
Mamlakatimizda haj va umra ziyorati masalalari bilan Musulmonlarning diniy idorasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy ishlar qo'mitasi shug'ullanadi. Har yili 4 mingdan ortiq vatandoshlarimiz haj ziyoratiga borib kelmoqdalar. Turistik tashkilotlar ham respublikamizda mavjud ziyoratgoh joylarga turlarni tashkil etmoqdalar.
Turistlarni diniy marosimlarni tomosha qilish qiziqtiradi. Rossiyaning ateistik kayfiyatidagi aholisi ham bunday marosimlarni qiziqish bilan tomosha qilishadi. Dini va irqidan qat'i nazar barcha millat vakillari sayohat qilishadi. Turizm inson faoliyatining muhim bo'lagi sifatida dinlar va sig'inishlar bilan ham bog'liq. Ba'zi dinlarda turistlarni himoya qiluvchi xudolari va avliyolari bor. Bizning islom dinimizda Olloh yagona, uning hech bir sherigi yo'q. Masalan, qadimgi greklarda Apollon - qadimiy xudolardan biri, Zevs va Letoning o'g'li. Artemidning akasi, Orfey, Lina, Asklepiyaning dadasi - Quyosh, yorug'lik xudosi bo'lib, podachilar, yo'llar, dengiz yo'llari va sayohatchilar himoyachisi bo'lgan. Sayohatga aloqasi bor xudolardan yana biri Pan xudosi (Rimliklarda Favn), u ovchilar va baliq ovchilarini himoya qilgan. Gera va Afina xudolari argonavtlar (argonavtlar - yunon afsonalarida sehrli qo'yning «oltin tolasini» izlab «Argo» kemasida Kalhidaga safar qilgan qahramonlar. 1asur dengizchilar)ni himoya qilgan. Xristian dinida (xristian konfessiyasiga insoniyatning 26 % tegishli) Avliyo Nikolay Mirlikiyskiy sayohatchilar, dengizda suzuvchilar, bizning davrda esa turistlarning ham (hamda bolalar va maktab o'quvchilarining) homiysi hisoblanadi. Nikolay Mirlikiyskiy (arxiepiskop, Kichik Osiyo, IVasr, 352-yil 6-dekabrda vafot etgan, avliyoning qabri Italiyada saqlangan) xristian dinining barcha konfessiyalarida, asosan, pravoslavlarda ko'p tilga olinadi. Avliyoning hayot faoliyatini, u haqdagi afsonalarni tadqiq qiluvchi tarixchilar unda boshqa bir Avliyo Nikolay (Likiyada 2 asr keyin yashagan Pinar episkopining) xarakterlari va amallari borligini ko'rishadi.
Nikolay Mirlikiyskiy Likiyadagi Patarx shahrida tug'ilgan. Otaonasi Feofan va Nonna. Nikolay ismi qadimgi grek tilida «xalq g'olibi» ma'nosini anglatadi. O'smirligida Nikolay xristian dinini o'rganishda muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritgan va Patarx shahrining ruhoniysi bo'lgan. Unga boy merosning qolishi muhtojlikdan asragan. Afsonalarga ko'ra u uch marta yashirin ravishda muhtoj odamlarga sovg'a bergan, mUhtoj kishi esa bu pulga qizlarni turmushga olgan. (Bu afsona keyinchalik mashhur qahramon Santa Klaus obraziga asos bo'lib qolgan. Santa Klaus hammaga sovg'a beradi, asosan Rojdestvo kuni bolalarga.) Nikolay bir necha marta sayohatlarga chiqqan, shular jumlasiga, Mllqaddas yerga ziyoratga borganligini aytib o'tish lozim. Dengizda suzish davrida u g'aroyib sarguzashtlarga dllCh kelgan: kemalar va sayohatchilarni qutqarish mo'jizasini ko'rsatgan. Ziyoratdan keyin u bir qancha vaqt mobaynida yolg'iz monastirda yashagan, so'ngra yurak va ruh amri bilan diniy kasblar bilan shug'ullangan.
U muloyim, mehri yumshoq, oqko'ngil bo'lib, takabburlik va ta'magirlik hissiyotlari unga begona ekan. Uning eshiklari barcha uchun ochiq bo'lgan va kelgan har bir insonni u sevgi va quvonch bilan kutib olgan. Avliyo Nikolay pravoslavlarni shafqatsiz ta'qib qilishni boshidan o'tkazgan. Pasxa kuni ibodatxonada 20 ming xristian yoqib o'ldirilgan. U ochiqchasiga o'z e'tiqodidagi kishilarni qo'llab-quwatladi va ozodlikdan mahrum etildi. Uzoq vaqt qamoqxonada bo'lsa ham o'z e'tiqodidan voz kechmadi. Xristianlami bunday ta'qib qilish hokimiyat tepasiga imperator Konstantin kelguncha davom etdi. 323-yil Nikolay qamoqxonadan chiqdi va yana cherkov xizmatkori bo'lib ishlay boshladi, ibodatxonalarni qurdi va qayta tikladi. Avliyo Nikolay Birinchi Jahon Sobori (325-yil, Nikel)da ishtirok etdi va u yerda e'tiqod timsollari qabul qilingan. U pravoslaviyani faol himoya qilgan va Ariya va uning tarafdorlarini rad qilgan, mamlakatdagi kO'pgina butparastlik - ko'p xudolikka oid sajdagohkapitellarni buzishda, jumladan Miradagi Afrodita ibodatxonasini buzishda ishtirok etgan. Avliyo Nikolay ko'pgina yaxshi amallarni bajargan, u yordamga muhtoj bo'lganlarga, askarlarga, tinchlik tarafdorlariga, kuchsizlarga, sayohatchilarga yordam bergan. Uni xalq sevgan, u uzoq yil yashagan va 6-dekabrda Mira shahrida soborga dafn qilingan. Lekin, uzoq asrlar davomida shaharni ko'p marta bosqinchilar bosib olgan va ibodatxona buzib tashlangan. 1087 -yil, yetti asrdan keyin, avliyo Nikolayning xoki Miradan ltaliyadagi Bari shahriga yashirincha olib kelingan va hozirgi kungacha shu yerda saqlanadi. Ming yiIlar davomida ko'pgina sayohatchilar va dengizda suzuvchiIar va hatto uzoq Skandinaviya va Rossiyaliklar ham 8ari shahriga kelish va Avliyo Nikolay xokiga sig'inishni sharaf deb bilishgan (bu bizning islom dinimizda shirk hisoblanadi).
Xristianlikda 22-may kuni (yangi hisob bo'yicha 9-may) ilohiyotchi va mo'jiza yaratuvchi Avliyo Nikolay (bu g'oya ham shirkdir, chllnki mo'jizani faqat Olloh yaratadi) kulni bayram qilinib, Bari shahri pravoslav ziyorat markazlaridan biriga aylangan. Asrlar davomida bu yerga keluvchi ziyoratchilarning mavjud. Hozirgi kunda Italiya bo'yicha mashhur turistik marshrutlar ro'yxatida Bari shah riga olib boruvchi diniy tur faol taklif qilinmoqda. Shaharda xalqaro aeroport qurilgan, turistik infratuzilma yaratilgan.
https://www.youtube.com/watch?v=hzsDvl-K--M