12
darajasini belgilovchi PIRLSga qanday tayyorlash mumkun degan savol
koʻpchilikni oʻylantiradi.
PIRLSga tizimli tayyorlashda sinfdan tashqari oʻqish, mustahkamlash,
takrorlash darslari hamda toʻgaraklarning oʻrni juda muhim. Bunda oʻquvchining
dunyoqarashini
kengaytirish, mustaqil fikrlashi, obrazli tafakkurini rivojlantirish
oʻta muhim hisoblanadi. Albatta bu ishda ota- onaning oʻz oʻrni bor. Oilada kattalar
kitob oʻqisa, bola ham bora-bora ularga ergashadi. Yoshiga
munosib kitoblarni olib
berishda oʻqituvchi tavsiyasiga amal qilish foydali hisoblanadi. Boʻsh vaqtida bola
oldi-qochdi seriallar, multfilmlar emas, bolalar uchun
ishlangan mantiqqa boy
filmlar, hayvonot va nabotot dunyosi haqidagi koʻrsatuvlarni kuzatib borishi ham
yaxshi samara beradi.
Sportning deyarli barcha turlari, ayniqsa shaxmat oʻquvchining
diqqatini
oshirishiga, maqsad sari olgʻa intilishga, mustaqil qaror qabul qilish layoqati
shakllanishiga yordam beradi.
Dars jarayonida yoki bola bilan muloqot qiladigan tanaffuslar chogʻida uning
toʻgʻri yoki notoʻgʻri fikrini tinglab, toʻgʻri xulosani hayotiy faktlar orqali chiqarish
oʻta muhim. Oʻqituvchining oʻquvchidan adabiy tilda
gapirishini talab etishi
oʻquvchining oʻz ustida yanada izlanishini taqozo etadi va bu kitobxonlik sari yoʻl
ochib beradi.
Sinfdan tashqari oʻqish darslarini tashkil etishda, oʻquvchiga oʻqiladigan
materiallarni 1 hafta oldin tavsiya etsa, oʻquvchi dam oladigan shanba, yakshanba
kunlarida bekor qolmaydi. Albatta, bunda ota-ona nazorati oʻta muhim. .
I.
Asar mazmuni bilan tanishgan oʻquvchi tayyorgarlikning keyingi
bosqichlarida qiynalmaydi.
Dostları ilə paylaş: