AXBOROT MATNI
Pingvinlar sayyoramizning janubiy
yarimsharida yashovchi gʻaroyib, bir
qarashda besoʻnaqay boʻlib koʻrinuvchi
jonivorlardir.
Lekin
ular
faqat
quruqlikdagina besoʻnaqaydir. Hayotining
katta qismini suvda oʻtkazadigan bu
qushlar, suvdagina oʻzlarini yaxshi his
qiladilar
va
mohirona
ov
qiladilar.
Pingvinglar hayoti juda mashaqqatli, juda
past harorat sharoitidan ularniteri ostidagi
qalin yogʻ qatlami va qalin patlari sovuqdan
asraydi. Patlarning oq- qora ranglari ham
ularni asraydi. Orqa tomonidagi qora rang
quyosh
issiqligini
yutib
qoʻshimcha
energiya toʻplaydi. Pingvinlar qanday
yuradi?
Pingvinlar
boʻyi
1metrgacha,
ogʻirligi
30
kilogrammgachayetadi.
Albatta ularga yurish qiyin. Yurishda
qushlarga tayanch vazifasini bajaruvchi
dumi yordam beradi. Pingvinlarning
koʻpayishi
hayotidagi
juda
qiziq
bosqichdir. Urgʻochi pingvin 1 ta tuxum
qoʻyadi. Erkagi uni bostirib turadi. Ona
pingvin bu paytda oʻziga yemish topish
uchun dengiz tomon yoʻl oladi. Baxtli
ota tuxumni qorin xaltasida yashirib
qoʻyadi. Energiyani tejash maqsadida
pingvinlar birbiriga juda yaqinlashib,
ba’zan joy almashlab toʻda hosil
qiladilar. Ikki oydan keyin esa uzoq
kutilgan polapon dunyoga keladi.
Agar toʻda yuzlab, ba’zan minglab qushlardan iborat boʻlsa, bu jarayonda
tushunmovchilik kelib chiqadi. Pingvinlar bolasini qanday tanib oladi?Hammasi
juda oddiy. Pingvinlar bizga turlicha koʻrinsada, bolasini qichqirigʻiga qarab taniydi.
Mitti pingvin onasi chaqirgandan keyin biror mazali narsa bilan siylashini biladi.
Urgʻochi pingvin kichkintoyini oshqozonidagi ezilgan baliq, krevetka, mayda
qisqichbaqasimonlar bilan oziqlantiradi. Bu jarayon polapon 2 oylik boʻlgunicha
davom etadi. Pingvinlar qanday raqsga tushadilar?
Buni ular nima uchun va qachon qilishadi?
18
Pingvinlaroʻz raqslarini urgʻochi pingvin uchun, hudud uchun, yemish uchun,
ba’zan shunchaki yakkakurashalrda ga’laba qozongach ijro etadilar. Shuning uchun
bu raqslarni gʻalaba raqslari ham deb ataydilar. Raqs paytida erkak pingvin u bilan
hazillashmaslik kerakligi haqida qichqiriqlar yordamida izhor qilib turadi. Boshqa
pingvinlar bu ogohlantirishlardan keyin raqqos bilan jangga kirishishga jur’at ham
qilolmay qoladilar.
Pingvin matniga savollar
1. Pingvinlar sayyoramizning qaysi yarimsharida yashaydilar?
a. shimoliy yarimsharida
b. janubiy yarimsharida
d. shimoliy va janubiy yarimsharida
2. Pingvinlar hayotining asosiy qismini qayerda oʻtkazishadi?
a. quruqlikda
b. suvda
d. muzlikda
e. togʻda
3. Juda past haroratsharoitida hayot kechirishda pingvinlarga nima yordam
beradi?
a. toʻyimli ozuqa
b. qalin patlar va qalin yogʻ qatlami
d. tezsuzish mahorati
e. patlarning oq-qora rangi
4. Pingvinlarga yurishga nima yordam beradi?
a. qanoti
b. gavdasi
d. dumi
e. panjasi
5. Urgʻochi nechta tuxum qoʻyadi?
a. 2
b. 3
d. 1
e. 4
6. Pingvinlar bolasini qanday taniydi?
a. rangiga qarab
b. ovoziga qarab
d. hidiga qarab
e. koʻziga qarab
7. Pingvinlarga yurish nega qiyin ekanligini tushuntir?
8. Qanday voqea munosabati bilan pingvinlar gʻalaba raqsini ijro etishadi?
9. Urgʻochisi bolasini nima bilan boqadi?
a. suvoʻtlari va oʻsimliklar
b. ezilgan baliq va krevetka
d. goʻsht bilan
e. sut bilan
19
10. Erkak pingvinlar tuxum bosayotganda bir-biriga yopishib, ba’zan joy
almashib toʻda qilsh sababini tushuntir.
11. Gʻalaba raqsini ijro etib pingvin nima haqida ogohlantiradi?
12. Pingvin boʻyi va ogʻirligini yoz?
13. Pingvin toʻdasining miqdorinibelgila?
14. Nima deb oʻylaysan, pingvinlar bizning mahalliy sharoitda yashay
oladimi? Nima uchun?
Testlarga javobni izlashda, savol strukturasiga ahamiyat berish juda muhim.
Tajribali kitobxon savolning oʻzidan javobni topa olishi mumkin boʻladi.
Tajribasiz kitobxon esa bu borada qiynaladi. Har bir oʻqilgan asarni nafaqat
oʻqib balki, uni miyada chuqur “hazm qilish” va baholay olish yaxshi samara beradi.
Bolada tanqidiyva mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda kattalar tomonidan oilada,
maktabda uning ham shaxs sifatida oʻz fikri borligini inobatga olish juda muhim.
Xatofikrlarini ota-onalar, oʻqituvchilar bosiqlik bilan tinglab tushuntirishlari katta
yoshlilardan tolerantlikni, sabrni talab qiladi. Ba’zan esa hayotning oʻzi ham
xatolarimizni tan olishga majbur etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xalqaro tadqiqotlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish
savodxonligini baholash”. metodik qoʻllanma. -T.: Sharq, 2019.
2. www. ziyonet. uz.
3. www. kitobxon. com 4. www. marifat. uz
Dostları ilə paylaş: |