II.
Asar mazmuni asosida savol-javob oʻtkaziladi. Asar qismlariga ajratilib,
har bir qismga oʻquvchilar tomonidan sarlavha toptiriladi.
III. Tuzilgan reja asosida asar mazmuni soʻzlatiladi. Soʻzlash jarayonini
qiziqarli oʻtkazish uchun “Ikki xil tanlov” metodidan foydalanish oʻrinli.
Masalan, Franz Hohlerning “Gʻaroyib tun” hikoyasini oʻrganish
jarayonida yoʻlakni, timsohni, eshik ortida turgan qizchani, jurnaldan
chiqayotgan flamingolarni tasvirlab turib hikoyalash mumkin.
IV.
Oʻrganilayotgan
asardagi
voqealar
ketma-ketligini
yanada
mustahkamlash maqsadida“ Charxpalak” metodidan ham foydalanish
oʻrinli. Bunda asar matni jadvalda aralash holda beriladi.
13
Har bir qism raqamlanadi. Masalan:1, 2, 3, 4, 5. Raqam joylashgan xona,
asardagi gap roʻbarosiga “+”belgisi qoʻyiladi.
Adabiyotni tushunish va baholash uchun har bir oʻquvchi tilni tushunishi va
badiiy shakllarni bilishi kerak. Axborot va badiiy matnlar ustida ishlash
oʻquvchilardan tabiiy , ijtimoiy , matematik bilimlarni puxta oʻzlashtirishni talab
etadi. Quyida berilgan topshiriqlar ustida ish olib boriladi.
14
Badiiy matn. Permyak Yevginiy
Andreevich “Tanish izlar’’ Nikitaning
bobosi bogʻbon.
Boʻsh vaqtlarida ov qilishni
sevadi. U yaxshi ovchi ham edi.
Oʻrmon
sirlarini
yaxshi
biladi.
Nevarasini ham birga olib yurganda,
oʻrmondagiizlarni koʻrsatardi koʻrsatib
turib, shunday deb takidlardi:-Asr
yasha , asr oʻrgan va bil. Bilim hech
qachon ortiqchalik qilmaydi.
Nikita bobosini tinglab, oʻzicha
oʻylardi: “Barcha keksalar bolalarga
aql berishga usta. Hayvon izlarini bilish
menga nima keragi bor, qachonki men
mashinist
boʻlmoqchiman.
Elektr
poyezdlarini haydayman”. Nikita faqat
poyezdlar
haqida
oʻylardi.
Elektrovozlardagi har bir bolt, har bir
qismni koʻzdan kechirardi. Bolalar ham
u bilan poyezdlarni tomosha qilgani borishardi. Bir marta bekatdan qishloqqa toʻgʻri
yoʻldan oʻrmon orqali qaytishga toʻgʻri keldi. Ham yaqin, ham kayfiyat a’lo.
Birinchi qor ustidan quvnoq yugurib ketdilar. Qor ustida esa turli xil izlar. Izlar
nimaniki ekanligini bolalar bilishmay ustida yugurishadi. Balki tulkini yoki yovvoyi
ehkini koʻrib qolisharmidi?!Quyonni koʻrib qolishsa ham ajab emas. Izlar ustida
yugura-yugura oxiri adashib qolishdi. Bolalar qoʻrqib ketishdi . Kimdir hatto
yigʻladi ham.
-Bu sening gaping bilan boʻldi, Nikitka…Endi oʻrmondan qanday chiqib
olamiz?
Axir odam yuradigan yoʻlkalar qor bilan qoplandi. Nikita jim, oʻzini oqlamadi.
Balki biror kishi bu kimsasiz oʻrmonda uni “eshitarmi” deb oʻylardi. Birdan Nikita
qor ustida izlarni koʻrib qoldi. Bobosi koʻrsatgan koʻp izlardan faqat shu izlarni esda
saqlab qolgan edi.
15
-Ure, bolalar!-qichqirdi Nikita. -Mening izimdan yuringlar. Sizlarni yashash
joyiga olib boraman. Bolalar Nikita koʻrsatgan izlar ortidan uzoq yurdilar va yashash
manziliga keldilar. Oʻrmon qoʻriqchisining uyiga. Qoʻriqchining uyidan
qishloqqacha esa qatnov yoʻli. Tunda ham adashmaysan.
-Sen bizni qanday izlar orqali olib
chiqding ?- soʻrashdi bolalar Nikitadan .
-It izlari orqali, -javob berdi u.
-It izlari doim yashash joyiga olib
keladi. Chunki it oʻrmonda qancha
yugurmasin, albatta uyga qaytadi. Buni
menga buvam oʻrgatganlar. Nikita uyga
charchab qaytgan boʻlsada, juda baxtli edi.
Bir lahza u bobosini qattiq quchoqlab oldi
va qulogʻiga nimalardir deb pichirladi.
Balki
mehribon bobosiga
“rahmat”
aytgandir.
“Tanish izlar” matniga savollar.
1. Nikitaning bobosi boʻsh vaqtida nimani yoqtirardi?
a. baliq tutishni
b. gazeta oʻqishni
d. ov qilishni e. televizor koʻrishni
16
2. Oʻrmonda bobosi Nikitaga nimalarni koʻrsatardi?
a. hayvonlarni
b. izlarni
d. daraxtlarni
e. tabiatni
3. Izlarni koʻrsatib turib, bobosi Nikitaga nimani ta’kidlardi?
4. Nega Nikita bobosining hayvon izlari haqidagi gaplarini tinglamasdi?
5. Bolalar bekatda uyga oʻrmon orqali kelayotganlarida nima sodir boʻldi?
a. ular uxlab qolishdi
b. ular ovqatlangani oʻtirishdi
d. ular adashib qolishdi
e. ular ota-onalariga qoʻngʻiroq qilishdi
6. Bolalarning oʻrmondagi qoʻrquvi, hayajoni aks ettirilgan gaplarni topib
yozing
7. Bolalar oʻrmonda qaysi hayvonlarni uchratishni xohlashdi?
8. Bolalarni oʻrmonga qanday kayfiyat olib kirdi?
a. qoʻrqinchli
b. xush
d. ezgin
e. hechqanaqa
9. Nikita bolalarini oʻrmondan nimaning izlariga qarab olib chiqdi?
a. bobosining izlariga qarab
b. itning izlariga qarab
d. quyon izlariga qarab
e. oʻzining izlariga qarab
10. Itning izlariga qarab, yasash manziliga yetib olish mumkin ekanligiga isbot,
dalil keltir
11. Nikita uyga qaytganida holati qanday edi?
12. Nima deb oʻylaysiz, Nikita bobosining qulogʻiga nimalar deb pichirladi?
13. Hikoyada Nikitaning qaysi hatti- harakati ushbu hikmatga toʻgʻri keladi .
“Bilgan ergashtiradi, bilmagan ergashadi”
14. Hikoya nimaga oʻrgatadi?
a. kattalr nasihatiga quloq tutish
b. har narsani kuzatib borish
d. noxush vaziyatlarda hayajonlanmaslik
e. minnatdor boʻlish
|