Badiiy asar matni ustida ishlashda tanlab oʻqish matnni tasvirlash
usullaridan foydalanish.
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi tahlil qilishdir. Bu bosqichning
vazifasi: syujet rivojining sabab natija bogʻlanishini belgilash, ishtirok etish
shaxslarning xulq-atvorini va asosiy xususiyatlarini aniqlash, asar kompozisiyasini
ochishdir. Tahlil jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan
foydalaniladi.
Tanlab oʻqish. Bunda oʻquvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini
oʻqiydi. Vazifa asarning faktik mazmunini oydinlashtirish, sabab -natija
bogʻlanishim belgilash, badiiy xususiyatini ochish, oʻqilgan matnga oʻz shaxsiy
munosabatini ifodalashdan iborat boʻlishi mumkin. 4-sinfda “Tabiatdagi
oʻzgarishlar berilgan qismlarini topib oʻqing (Oltin kuz)”, “Taqachining nasihati”ni
oʻqing.
Tanlab oʻqish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. U oʻquvchilarda
yaxshi oʻqish sifatlarini oʻstirish bilan ularning ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini
oʻstirishga yordam beradi.
Berilgan savolga oʻz soʻzi bilan javob berish.
Mashqning bu turi oʻquvchilarda oʻqilganlar yuzasidan muhokama yuritish
koʻnikmasini oʻstirishga, qatnashuvchi shaxslarni baholashga muallif tasvirlagan
hayotiy lavhalar bilan asar gʻoyasi oʻrtasidagi bogʻlanishni aniqlashga imkon beradi.
4
Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga yoʻnaltirilgan va muayyan
izchillikda boʻlishi kerak. SHu bilan bir qatorda oʻquvchilarning mustaqil fikrlashga
oʻrgatilishi lozim. Boshlangʻich sinf darsliklarida savollarga javob berish ish turiga
katta oʻrin berilgan. Oʻqituvchining vazifasi ana shu savollardan unumli foydalanish
va ijodiy xarakterdagi savollarni ko ’proq berishi talab etiladi. 4-sinfda “Qodir bilan
Sobir” matni yuzasidan oʻquvchilarni oʻz fikrini aytishga undovchi Sobir oʻqishdan
kechikish sababini ochiq aytib toʻgʻri qildimi? Uning oʻrnida siz boʻlganingizda
nima qilardingiz? kabi savollar oʻquvchil arning fikrlash qobiliyatlarini, ogʻzaki
nutqlarini oʻstiradi va matnni yaxshi oʻzlashtirishlariga olib keladi.
Oʻquvchilarni savol berishga oʻrgatish.
Metodistlarning fikricha, toʻgʻri berilgan savolda yarim javob tayyor boʻladi.
Oʻquvchilar matnni ongli oʻzlashtira olsalargina, u yuzasidan savol bera oladilar.
Oʻquvchilarni savol berishni oʻrgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Oʻquvchilar albatta savolni matn mazmuni bilan bogʻliq holda tuzishdan
oʻrganadilar. Keyinchalik muhokama va ijodiy savollar berishni ham oʻzlashtirib
oladilar.
Matnni tasvirlash. Matnni 2 xil tasvirlash mumkin: 1) soʻz bilan tasvirlash; 2)
grafik tasvirlash.
Soʻz bilan tasvirlash oʻziga xos murakkab ish turi boʻlib, unda manzarani soʻz
yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. Bunda soʻzlarni aniq tanlashga e’tibor
qaratiladi. Turli tabiat manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi koʻrinishini,
voqea sodir boʻlgan joylarni tasvirlash topshiriq qilib berilishi mumkin.
Matnni tasvirlashni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos
qismini taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak.
Grafik tasvirlash koʻproq uyda bajariladi. Buning uchun oʻquvchilar tasvirlanadigan
matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan oʻqib chiqadilar, mazmunini
oʻzlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar.
Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishga,
asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining
oʻzaro bogʻlanishini tushunishda oʻquvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash
oʻquvchilar nutqi va tafakkurini oʻstiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan
qismlarga boʻlishga va har bir qismning asosini topishga oʻrganadilar.
Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod oʻrgatish davridayoq boshlanadi.
Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn
mazmuniga mosini topib qoʻyish hisoblanadi. Bunday mashqqa oʻrgatishda
oʻqituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani
tahlil qilib, u yoki bu saralavha nima uuchun mos yoki mos emasligini
tushuntiradi. Reja tuzishga tayorgarlik ishining 2-turi oʻqituvchi rahbarligida tanlab
oʻqish hisoblanadi, bolalar matndan oʻqituvchi bergan savolga javob boʻladigan
oʻrinni topib oʻqiydilar.
Reja tuzish osondan qiyinga tamoyili asosida asta murakkablashtirilib
muayyan izchillikda oʻtkazib boriladi. 1-sinf oʻquvchilari oʻqilgan kichik matnga
oʻqituvchi rahbarligida soʻroq gap tarzida sarlavha tanlash, 2-sinfda kichik
maqolaning rejasini oʻqituvchi rahbarligida soʻroq yoki darak gap tarzida tuzish, 3-
5
sinfda oʻqilgan matn rejasini jamoa boʻlib tuzish, 4-sinfda mustaqil reja tuza
olishlari kerak.
Rejaning eng oddiy formasi rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval
bolalar kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni
nomlashga oʻrgatiladi; keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning
oʻzlari soʻz bilan tasvirlaydilar; hikoya oʻqiladi va qismlari boʻyicha tahlil qilinadi,
soʻng oʻquvchilar matnning 1-qismini oʻqiydilar, oʻqituvchi ulardan qanday rasm
chizishni soʻraydi, ish mana shu tarzda davom etadi.
Oʻquvchilar rasmli reja tuzishdan logik reja tuzishga oʻtadilar, logik reja
tuzish quyidagi izchillikda oʻrgatiladi:
1. Oʻqituvchi qismlarga boʻlingan matn tanlab reja tuzadi va matn rejasini
oʻrnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib
qoʻyadi. Oʻquvchilar matnning 1-qismini oʻqiydilar, shu qism mazmuniga
mos sarlavhani topadilar, uni oʻqituvchi xattaxtaning oʻng tomoniga yozadi,
shunday qilib, xattaxtada oʻqilgan matnning rejasi hosil boʻladi.
2. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligida
har bir qismdagi asosiy qismni aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar,
oʻqituvchi sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi.
3. Qismlarga boʻlinmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida
xattaxtaga yoziladi. Oʻquvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib,
matnni qismlarga boʻlish topshiriladi. Ular matnni oʻqiydilar, 1 -sarlavhaga
tegishli qismni ajratadilar, keyingi qism ham shunday belgilanadi.
Qismlarga boʻlinmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga
yoziladi. Oʻquvchilarga yuqori qismlarga boʻlish topshiriladi. Oʻquvchilar matnni
oʻqib nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan
tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi.
Reja tuzish uchun soʻroq va darak gaplardan va ayrim hollarda atov gaplardan
foydalanish mumkin, faqat har bir rejada bir turdagi gaplar ishlatilishi zarur.
Shunday qilib, oʻquvchilarda matn ustida ishlash koʻnikmasini shakllantirishda ular
diqqati ishning mazmuni va bajarish yoʻllariga qaratiladi.
Boshlangʻich sinflarda
badiiy asar turlaridan hikoya
, she’r, ertak, masal, maqol
va topishmoqlar amaliy ravishda oʻrganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy- ommabop
maqolalar ham oʻqitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari
jihatidan oʻziga xos hususiyatlarga ega boʻlib, oʻquvchilarga ta’siri ham har xil
boʻladi. SHunga koʻra, turli janrdagi badiiy asarlarni oʻqishda oʻqituvchi unga mos
metodlar tanlashi talab etiladi.
Hikoya kichik hajmli badiiy asar boʻlib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir
voqea hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya koʻpincha
kishi hayotida boʻlgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan
ortiqroq hayotiydir”.
Hikoya mazmunan boshlangʻich sinf uchun mos janr hisoblanadi. Kichik
yoshdagi oʻquvchilarni qahramonning xatti-harakati, tashqi koʻrinishi, portret
tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar koʻproq qiziqtiradi. SHuning uchun
6
bolalarni badiiy asar turi boʻlgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini
tushuntirishga bogʻlab olib boriladi.
Boshlangʻich sinflarda hikoyani oʻqishga bagʻishlangan izohli oʻqish
darslarida oʻqilgan hikoya mazmunini ochish, lugʻat ustida ishlash, oʻqilgan matnni
qayta hikoyalash asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni, odatda,
savollar asosida tahlil qilinadi. Bunda savollar qatnashuvchi shaxsning xatti-harakati
va xarakterini tahlil qilishga qaratilgan boʻladi. Soʻroqlardan ikki maqsadda: hikoya
mazmunini tahlil qilish hamda faktlar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-
hodisalar, xatti-harakat oʻrtasidagi bogʻlanishlarni aniqlash va umumlashtirish
uchun foydalaniladi.
Hikoyani oʻqish darsida oʻquvchilar ma’nosini tushunmaydigan soʻz va
iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda, ular hikoya mazmunini
tushuna olmaydilar. Soʻz ma’nosini tushuntirishga koʻp vaqt sarflamay, asar
mazmunini tushunishda eng zarur boʻlgan soʻzni qisqa izoh berish bilan
tushuntiriladi.
Hikoyani oʻqishda hikoya mazmunini tahlil qilish va shu asosda oʻquvchilar
nutqini oʻstirish markaziy oʻrin egallaydi. Hikoya oʻqilgach, oʻquvchilar oʻylashi,
oʻz mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish talab etiladi. Oʻqilgan
asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-
yoqmagani, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etgani, bolalar kim
yoki nima haqida hikoya qilib berishni istashini bilishdan iborat. SHundan keyingina
hikoya xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g ’oyasini bilib olishga
yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni toʻliq tushuntirishga berilib ketib,
qatnashuvchilarga xarakteristika, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari
e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Savollarni, odatda, oʻqituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi
shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan oʻquvchilarga ham savol tuzdirish juda
foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi; asar mazmunini yaxshi
tushunish, mazmun va voqealar orasidagi bogʻlanishni toʻliq esda saqlab qolishda
oʻquvchilarga yordam beradi.
Hikoyani oʻquvchilar yaxshi oʻzlashtirishlari, unda ilgari surilgan gʻoyani bilib
olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab oʻqish, savoll arga javob berish,
hikoya qismiga oʻzlari savol tuzishi, soʻz bilan va grafik rasm chizish, reja tuzish,
qayta hikoyalashning barcha turlaridan, ifodali oʻqishga tayyorlanish kabi ish
turlaridan foydalaniladi.
Kichik badiiy hikoyani izohli oʻqish darsini uyushtirishda quyidagi reja varianti
sxemasi e’tiborga olinadi:
1. hikoyani oʻqishga tayyorlash (hikoyada tasvirlangani kabi kishilar hayoti,
davrga qisqa xarakteristika...);
2. hikoyani (toʻliq yoki mantiqiy tugallangan qismlarini) oʻqituvchi yoki
oldindan tayyorlangan oʻquvchining ifodali oʻqishi;
3. idrok etishni tekshirish (qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari, shaxslar
va voqealar oʻrtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat);
7
4. hikoyani qayta oʻqish (hikoyani qismlarga boʻlish, oʻquvchilarga oʻqitish,
ayrim soʻzlar ma’nosini tushuntirish);
5. hikoyaning har bir boʻlimi yuzasidan suhbat oʻtkazish va sarlavha topish;
6. hikoyaning ayrim boʻlimlarini ifodali oʻqish;
7. reja asosida qayta hikoyalash;
8. hikoyani ifodali oʻqishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki
uyda);
9. hikoyani ifodali oʻqish va ifodali qayta hikoyalash.
Bu hikoyani oʻqish darsi rejasining varianti boʻlib, oʻzgarishi ham mumkin.
Ammo shuni unutmaslik kerakki, badiiy hikoyani oʻqish darsida uning mazmu nini,
asosiy fikrini bilish bilan birga, asarning tarbiyaviy (badiiy asar misolida
oʻquvchilarni tarbiyalash), xususan, estetik ta’siri ham koʻzda tutiladi va ifodali
qayta hikoyalashga katta ahamiyat beriladi.
Dostları ilə paylaş: |