J: Kelasi zamon
164.-di,-b, -ib,-gan qo’shimchalari fe’lning qaysi zamoniga tegishli?
J: O’tgan zamon
165.-yap, -moqda, -yotir, -ayotir,-yotib,-ayotib qo’shimchalari qaysi zamonga tegishli?
J:Hozirgi zamonga
166.-moqchi,-r,-ar,-a,-y qo’shimchalari qaysi zamonga tegishli?
J:Kelasi zamon
167.To’liqsiz fe’llar qaysilar?
J: Edi, ekan, emish
168.To’liqsiz fe’lga qaysi qo’shimchalar qo’shiladi?
J: Shaxs-son qo’shimchalari
169.Fe’lning nechta mayli bor?
J:3 ta
170.Harakat va holatning bajarilish yoki bajarilmasligi haqidagi xabar,darakni bildiruvchi fe’l shakli…
J:Xabar mayli
171.Harakat va holatning bajarish yoki bajarmaslik haqidagi buyruq, istak, iltimos,maslahat ma’nolarini bildirgan fe’l shakli…
J: Buyruq-istak mayli
172.Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchunshart bo’lgan harakat va holatni, shuningdek,istak-xohishni bildirgan fe’l shakli…
J:Shart mayli shakli
173.Fe’llarning nechta vazifa shakli bor?
J:4 ta
174.Gap ichida fe’l kesim vazifasini bajarishga moslashgan fe’l shakli…
J:Sof fe’l shakli
175. Fe’lning otga xoslangan shakli…
J: Harakat nomi
176.Fe’lning sifatga xoslangan shakli…
J:Sifatdosh
177. Fe’lning ravishga xoslangan shakli…
J:Ravishdosh_178.Fe’lning_qaysi_vazifa_shakli_zamon,_shaxs-son_va_mayl_ko’rsatmaydi_J:Harakat_nomi'>J:Ravishdosh
178.Fe’lning qaysi vazifa shakli zamon, shaxs-son va mayl ko’rsatmaydi?
J:Harakat nomi
179.-b,-ib,-a,-y, -gudek,-gancha qo’shimchalari fe’lning qaysi vazifa shakliga xos?
J:Ravishdosh
180. –sh, -ish, -v, -uv, -moq, -mak qo’shimchalari fe’lning qaysi vazifa shakliga xos?
J:Harakat nomi
181. –gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha,-quncha qo’shimchalari fe’lning qaysi vazifa shakliga xos?
J:Ravishdosh
182, -gani, -kani ,-qani, -gali qo’shimchalari qaysi vazifa shakliga xos?
Dostları ilə paylaş: |