O'. Tansiqboyev ijodining o'ziga xos tomoni ona-Vatanga muhabbat, uni ulug'lash, O'zbekistonning go'zal va betakror tabiatini manzara asarlarida kuylash edi.
O'zbekiston xalq rassomi O'. Tansiqboyev bir necha bor xalqaro ko'rgazmalarda o'z asarlari bilan qatnashib, kumush medal bilan taqdirlandi.
U vatanimiz san'atini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun hukumatiniizning bir qator orden va medallari bilan mukofotlangan. Rassomning bir qator asarlari Moskvadagi Tretyakov galereyasi, Sharq xalqlari san'at muzeyi, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Moldova, Latviya, O'zbekiston san'ati muzeylaridan o'rin olgan.
O'zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev
M. Nabiyev 1916-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U tasviriy san'atdan ilk saboqni rassom Bahrom Hamdamiydan oldi. 1933-yilda rassomlik bilim yurtiga o'qishga kirib, 1937-yil uni tugatdi. Keyinchalik M. Nabiyev bilim yurtida o'qituvchilik faoliyatini olib bordi. 1962-yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutiriing badiiy grafika fakultetini tugatib, o'zining san'at borasidagi ijodiy faoliyatini boshladi.
U tarixiy shaxslar portretlaririi va tarixiy voqealarni tasvirlab, asar yaratishga qiziqar edi. Tarixiy shaxslar portretini yaratish murakkab bo'lishiga qaramay, rassom tinimsiz mehnati, ijodiy izlanishlari tufayli buyuk siymolar portretlaririi yuksak darajada yarata oldi. Bobur siymosini yaratish jarayonida bir necha yillar ijodiy izlanishlar olib bordi. U Bobur yashagan Andijon, Samarqand shaharlarida, shuningdek, Afg'oniston, Hindiston kabi mamlakatlarda xizmat safarida bo'lib, Bobur haqida ishlangan miniatyura asarlarini chuqur o'rgandi.
Rassomning tinimsiz izlanishlari, mehnati natijasida 1962-yil Zahiriddin Muhammad Bobur portreti yaratildi. Keng jamoatchilik asarni olqishladi. 1973-yil Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan, Beruniy portretini yaratish bo'yicha tanlov o'tkazildi. Malik Nabiyev ishlagan Beruniy portreti tanlovda birinchi o'rinni oldi.
Bu portret haqida YUNESKOning "Kurer" jurnali, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning jurnal va gazetalarida maqola chop ettirdi. M. Nabiyev ijodidagi eng mashhur tarixiy shaxslar portretlaridan biri - 1993-yilda yaratilgan "Amir Temur" dastgohli rangtasvir portretidir.
Rassom Amir Temurdek buyuk siymoning portretini yaratish uchun ellik yildan ortiq vaqt sarfladi. 1941-yil Amir Temur qabri ochilib, bosh suyagi olinadi. Rus haykaltaroshi M. Gerasimov Amir Temur bosh suyagi asosida uning haykalini ishlashga kirishadi.
Shu davrlar M. Nabiyev tarix muzeyida SoMbqironning bosh suyagini o'z ko'zi bilan ko'radi. Rassom o'sha paytdan boshlab Amir Temurning portretini yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.
M. Nabiyev ijodiy izlanish jarayonida Hindiston, Eron, Turkiya, Angliya, Fransiya, Ispaniya kabi davlatlarning muzey va kutubxonalarida saqlanayotgan Amir Temur shaxsiga oid miniatyura asarlari hamda adabiyotlarni diqqat bilan chuqur o'rganib chiqdi. 1993-yil Amir Temur siymosini yaratisli bo'yicha e'lon qilingan tanlovda M. Nabiyev o'zi yaratgan Amir Temur portretining xomaki varianti bilan ishtirok etdi.
Tanlovda M. Nabiyev tomonidan yaratilgan Amir Temur siymosi g'olib deb topildi. Tanlov yakuni bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. Karimov ishtirok etib, asar haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: "Men urnrining ko'p qismi harbiy yurish va safarlarda, el-yurt tashvishida o'tgan insonning qo'llari, barmoqlari, gavdasi qanday bo'lishi, yuz-ko'zlari qanday ma'no anglatishi zarurligi haqida o'z mulohaza va takliflarimni aytdim.