Rassomning asarlari to'g'risida ko'plab fikrlar aytish mumkin. Lekin uning mashhur portretlari haqida to'xtalib o'lmaslikning iloji yo'q. Bular Alisher Navoiy, Furqat, Abror Hidoyatov, Mannon Uyg'ur, Nazarali Niyozov, Mamatisoq ota Toshmatov, Oybek, Hamza, Abdulla Qahhor, Turob To'la, Habibiy, Ibrohim Rahim, Chingiz Ahmarov, Hamid Olimjon, Said Ahmad, Shayxzoda, Izzat Sulton, Qori Niyoziy, Mirtemir, Shuhrat, Usta Shirin Murodov, Sobir Abdulla, Shukrullo, Hamid G'ulom, Komil Yashin kabi mashhur fan va adabiyot, san'at arboblari, fidoiylar, allomalar siymolaridir. A. Abdullayevning asarlari jahonning nufuzli muzeylaridan joy olgan.
Rafael Santi
88-rasm. Rafael Santi. "Sikstin Madonnasi"
Uyg'onish davrining buyuk rassomi Rafael Santi 1483-yilda Italiyaning Urbino shahrida tu-g'ilgan. 1520-yil Rimda vafot etgan. U rassomchilik ta'limini us-tozi mashhur rassom Perujinodan oldi. Rafael ijodining bosh g'o-yasi insonparvarlik, inson go'zal-ligi va mukammalligini tarannum etishdan iborat edi.
Rassomning ilk asarlari "Ritsar uyqusi", "Mariyaning nikohi" deb nomlanib, unga shuhrat keltirdi. Rafael Santining portret janrida yaratgan madonna asarlaridan "Madonna Konestabels", "Madonna Gran-duka", "Bog'bon Madonna", "Madonna Alba", "Madonna di Folino" kabilar diqqatga sazovor bo'ldi.
Bryullov Karl Pavlovich
89-rasm. Karl Bryull "Chavandoz ayol"
Mashhur rus rassomi K. P. Bryullov 1799-yilda Peterburgda tug'ilgan. 1852-yilda vafot etgan.
U Peterburg Badiiy akademiyasida ta'lim olgan. Germaniyaning Drezden, Myunxen tasviriy san'at galereyasida bo'lib, buyuk rassomlar ijodini o'rgangan.
1823—183 5-yillar davomida Ispaniyada yashab, Uyg'onish davri rassomlari va izdoshlari ijodi bilan tanishdi. Italiyadagi faoliyati davrida "Italiya tongi" (1923), "Italiyada tush payti" (1827), "Chavandoz ayol" (1832), "Samoylovaning D. Pachini va arab bolakay bilan portreti" (1832-1834), "Krilov portreti" (1839) kabi asarlari bilan shuhrat qozondi.