Yillik mehnat ta’tillari uchun haq toʻlash, ta’tilni pullikkompen- satsiya bilan almashtirish. Mehnat Kodeksi 148-moddasining birinchi qismiga muvofiq, yillik mehnat ta’tillari davri uchun xodim- ga ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlash kafolatlanadi. Vazirlar Mahkamasinig 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qaroriga muvofiq, xodim mehnat ta’tilida boʻlgan davrda tarif stavkalari, xizmat maoshlari miqdorlari oshirilgan taqdirda, ta’tilning xodim mazkur korxonada ish haqi miqdorlari oshirilgandan keyin amalda foydalangan kunlarga toʻgʻri keladigan ish kunlari soni uchun haq qayta hisoblab chiqiladi. Yillik mehnat ta’tilining qonun hujjatlarida belgilangan eng oz muddatidan ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi mumkin. Masalan, xodim muddati 27 ish kunidan iborat yillik uzaytirilgan ta’til olish huquqidan foydalanadi. Xodimning xohishiga koʻra, unga ta’tilning 15 ish kuni asli pullik kompensatsiya shaklida toʻlanishi mumkin.
Mehnat Kodeksi 151-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, eng kam muddati qonun hujjatlari bilan belgilangan quyidagi qoʻshimcha ta’tillarni pullik kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, binobarin, ulardan faqat asli holida foydalanilishi mumkin:
-noqulay va oʻziga xos mehnat sharoitida ishlaganlik uchun beriladigan qoʻshimcha ta’til;
-ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun beriladigan qoʻshimcha ta’til.
Shunga e’tibor qaratish kerakki, ta’tilni pullik kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi qoida yuqorida koʻrsatilgan qoʻshimcha ta’tillarning faqat qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam muddatiga taalluqlidir.