7- mavzu: Ish vaqti tushunchasi va uning turlari


Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til



Yüklə 191,5 Kb.
səhifə6/10
tarix07.04.2023
ölçüsü191,5 Kb.
#94393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu -7 ma\'ruza

Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til. Mehnat Kodeksi 150-moddasining birinchi qismiga muvofiq, har bir xodimga uning shaxsiy iltimosiga binoan, ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin. Uning muddati, umumiy qoidaga koʻra, xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Demak, ish beruvchi hech qanday holatda xodimning roziligisiz uni ish haqi saqlanmagan holda ta’tilga chiqarishga haqli emas.
Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga koʻra, ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi shart:

    • 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatdan ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili 14 kalendar kunga qadar. Ish haqi saqlanmagan holdagi ta’til ularning yillik mehnat ta’tiliga qoʻyilishi yoki qismlarga boʻlib foydalanilishi mumkin. Shunisi ham borki, bu ta’tilni dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun beriladigan qoʻshimcha ta’til, deb hisoblash kerak. Demak, Mehnat Kodeksi 144-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, urush qatnashchilari undan asosiy ta’til singari yozgi yoki oʻzlari uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda foydalanishga haqlidirlar. Urush qatnashchilari joriy yilda bunday ta’tildan foydalanishdan voz kechishga haqlidirlar. Biroq, bu ularga ana shu ta’tilni koʻchirish va uni keyingi ish ta’tilini koʻchirish va uni keyingi ish yilida berishni talab qilish huquqini bermaydi. Bunday ta’til faqat ish beruvchining roziligi bilan koʻchirilishi mumkin.

    • ishlayotgan I va II guruh nogironlariga – har yili 14 kalendar kunga qadar. Bu ta’tilni I va II guruh nogironlariga dam olish va mehnat qobiliyatini tiklash uchun beriladigan qoʻshimcha ta’til, deb hisoblash kerak boʻladi. Demak, Mehnat Kodeksi 144-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, ular bu ta’tildan yozgi yoki oʻzlari uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda foydalanishga haqlidirlar. Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til faqat xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin.

    • ikki yoshdan uch yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga. Bu shuni bildiradiki, bunday ta’tilni ayol bola uch yoshga toʻlgan kunga qadar toʻliq olishi yoki boʻlmasa, uni koʻrsatilgan davrda qismlarga boʻlib foydalanishi mumkin.

    • oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga – har yili 14 kalendar kunga qadar. Buning ma’nosi shuki, bunday ta’tilni ishlab chiqarish sabablariga koʻra, ayni shu paytda berishning imkoniyati boʻlmagani taqdirda, ish beruvchining rad etishi toʻla qonuniy, deb hisoblanadi. Biroq sabablardan, shu jumladan, ishlab chiqarish tusidagi sabablardan qat’i nazar, ish beruvchi ta’tilni joriy yil tugaguncha berishni rad etishga haqli emas.

Bundan tashqari, Mehnat Kodeksi 254-moddasiga muvofiq, ish beruvchi kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarning iltimosiga binoan:

  • oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun kamida 15 kalendar kun;

  • oʻrta-maxsus oʻquv yurtlariga kirish uchun kamida 10 kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishi shart.

Oliy va oʻrta-maxsus oʻquv yurtlarining oxirgi kurslarida oʻqiyotgan xodimlarning iltimosiga binoan ham diplom loyihasiga materiallar toʻplash uchun 30 kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi kerak.

Yüklə 191,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin