7- mavzu: Ish vaqti tushunchasi va uning turlari



Yüklə 191,5 Kb.
səhifə4/10
tarix07.04.2023
ölçüsü191,5 Kb.
#94393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu -7 ma\'ruza

Kundalik dam olish. Kundalik dam olish–bu bir ish kuni (smena) tugashi bilan keyingi kungi (smenadagi) ish boshlanishi oʻrtasidagi vaqtdir. Kundalik dam olishning eng kam muddati qonun bilan belgilab qoʻyilgan. Mehnat Kodeksining 128-moddasiga binoan, u oʻn ikki soatdan kam boʻlishi mumkin emas.
Har haftalik dam olish. Har haftalik dam olish deganda xodimlarga har hafta uchun kafolatlangan ishdan holi dam olish kunlari tushuniladi. Xodimlarga har bir ish haftasida dam olish kunlari kafolatlangan boʻlib, Mehnat Kodeksining 129-moddasiga binoan, besh kunlik ish haftasida xodimlarga haftada ikki dam olish kuni, olti ish kunlik haftasida esa bir dam olish kuni berilishi kerak. Yakshanba umumiy dam olish kuni hisoblanadi. Uzluksiz ishlab chiqarishga asoslangan korxonalar xodimlarining dam olish kunlari kalendardagi dam olish kunlariga toʻgʻri kelmasligi mumkin va ular belgilangan tartibda korxonada tasdiqlangan ish smenasi jadvallariga binoan, xodimlarning har bir guruhiga haftaning turli kunlarida navbati bilan berib borilishi mumkin. Shu sababli, agar bunday korxonalarda jadval boʻyicha ish smenasi yakshanba kuniga toʻgʻri kelib qolsa, bunday paytda yakshanba kuni oddiy ish kuni sanaladi.
Ayrim xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb qilishga ish beruvchining farmoyishi boʻyicha alohida hollarda jamoa shartnomasida belgilangan asoslar va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Bayram kunlari. Amaldagi qonunchilikka binoan, bayram kunlari shonli voqealar yoki an’anaviy sanalarga bag’ishlanadigan kunlar boʻlib, umumiy qoidaga binoan, shu kunlari korxona, muassasa va tashkilotlarda ish bajarilmaydi.
Mehnat Kodeksining 131-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi kunlar bayram (ishlanmaydigan) kunlardir:
1-yanvar – Yangi yil;
8 mart – Xotin qizlar kuni;
21 mart – Navroʻz bayrami;
9 may – Xotira va qadrlash kuni; 1 sentabr – Mustaqillik kuni;
1 oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni; 8 dekabr – Kostitutsiya kuni;
Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) – diniy bayramning birinchi kuni; Qurbon hayit (Iyd al-Adha) – diniy bayramning birinchi kuni. Qonun bilan belgilab qoʻyilgan bayram (ishlanmaydigan)
kunlarini ish beruvchi ish kuni deb e’lon qilishga yoki ularni boshqa bir kunga koʻchirishga haqli emas.
Qonun ayrim ishlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari bajarish imkoniyatiga yoʻl qoʻyadi, hamda ularning aniq roʻyxatini belgilab beradi. Chunonchi, Mehnat Kodeksi 132-moddasining uchinchi qismiga binoan, ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga (uzluksiz ishlaydigan korxonalar, obyektlarni qoʻriqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash kabilarga) koʻra, ishni toʻxtatib turish mumkin boʻlmagan joylarda, aholiga xizmat koʻrsatish zarurati boʻlgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan ta’mirlash ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yoʻl qoʻyiladi. Har qanday holda ham, bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi.
Ishdan holi qoʻshimcha kunlar. Ishdan holi qoʻshimcha kunlar

  • shunday ish kunlariki, bunday paytlarda muayyan maqsadlarni amalga oshirishi uchun xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishdan ish haqi saqlangan holda ozod etib qoʻyiladi. Bu ta’rifdan koʻrinib turibdiki, ishdan xoli, qoʻshimcha kunlarda dam olish vaqti bilan umumiy koʻpgina belgilar bor: ana shu kunlar ichida xodimlar mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etilgan boʻladi; ularning ish joyi va ish haqi saqlanib turadi. Shu bilan birga, xodimlarga beriladigan ishdan xoli, qoʻshimcha kunlarning hammasini ham dam olish vaqti sirasiga kiritib boʻlmaydi, chunki bunday kunlar xodimlarga, qonun hujjatlarida oldindan belgilab berilgan boshqa maqsadlarni amalga oshirish uchun (boshqa ish qidirish uchun, oʻqish uchun va shu kabilar uchun) beriladi. Mehnat Kodeksi quyidagi toifadagi xodimlarga ish beruvchi tomonidan ishdan xoli, qoʻshimcha kun berilishi shart ekanligini nazarda tutadi:

    • nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onasidan biriga (homiyga, vasiyga);

    • donorlarga;

    • ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi toʻgʻrisida ogohlantirilgan xodimlarga;

    • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga.




Yüklə 191,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin