7- mavzu: Ish vaqti tushunchasi va uning turlari


Ta’tillar va ularning turlari



Yüklə 191,5 Kb.
səhifə5/10
tarix07.04.2023
ölçüsü191,5 Kb.
#94393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu -7 ma\'ruza

Ta’tillar va ularning turlari.




Mehnat ta’tili – bu vaqtning shunday muayyan bir muddatki, uning davomiyligi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilganidan kam boʻlmaydi va har bir xodimga uzluksiz dam olish hamda mehnat qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha ish haqi saqlangan holda, har yili beriladi.
Barcha mehnat ta’tilini belgilanish tartibiga qarab, quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

    • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’tillar;

    • jamoa kelishuvlarida, shuningdek, jamoa shartnomasi yoki korxonaning boshqa lokal normativ hujjatlarida nazarda tutilgan ta’tillar;

    • mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillar.

Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida yillik mehnat ta’tillarining ikki turi, yani asosiy va qoʻshimcha ta’tillar belgilangan. Asosiy ta’til, oʻz navbatida, minimal asosiy ta’til hamda, uzaytirilgan asosiy ta’tilga boʻlinadi.
Mehnat Kodeksining 134-moddasiga binoan, yillik asosiy ta’tilning muddati kamida 15 ish kunidan iborat etib belgilangan.
Ayrim toifadagi xodimlarga ularning yoshi, sog’ligini hisobga olib, yillik uzaytirilgan ta’tillar beriladi. Jumladan:

    • 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga - 30 kalendar kun;

    • ishlayotgan 1 va 2-guruh nogironlariga -30 kalendar kun.

Shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq, ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning mehnat vazifalarining oʻziga xos jihatlari va xususiyatlari hamda boshqa holatlarni e’tiborga olib yillik uzaytirilgan ta’tillar belgilangan. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻg’risida” 2001-yil 29-avgustdagi qonuniga muvofiq, prokuratura organlari xodimlarga muddati 30 kalendar kundan iborat yillik mehnat ta’tili beriladi. Bundan tashqari, yangi tahrirdagi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunning 75-moddasiga binoan, mamlakatimizning amaldagi sud tizimiga mansub barcha sudyalarga muddati 36 ish kunidan iborat haq toʻlanadigan yillik ta’til tayin etiladi.
Ma’lumki, mehnat qonunchiligida ayrim toifa xodimlar uchun qoʻshimcha ta’tillar berish nazarda tutilgan va tegishli qonun hujjatlarida kafolatlangan. Yillik qoʻshimcha ta’til – ayrim toifadagi xodimlarga asosiy ta’til, shu jumladan, uzaytirilgan asosiy ta’tildan tashqari beriladigan ta’tildir.
MKning 136-moddasiga muvofiq, yillik qoʻshimcha ta’tillar:

  • mehnat sharoiti noqulay va oʻziga xos boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarga (137- modda);

  • og’ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitida ish bajarayotgan xodimlarga (138-modda);

  • mehnat toʻg’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi.

Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati 48 ish kunidan oshib ketmasligi kerak. Ta’tillar muddatini ishlagan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir toʻliq ta’til yili bilan aniqlanadi. Bunda 15 kalendar kunga teng va undan koʻp boʻlgan kunlar bir oy deb jamlanadi, 15 kalendar kundan kami esa chiqarib tashlanadi.

Yüklə 191,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin