7-bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash tayanch iboralar


Zamin zilzilabardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə12/14
tarix20.05.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#118279
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
12-13-Mavzu. Zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar

7.7 Zamin zilzilabardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar
Yuqoridagi (15.9) ifodaga murojaat qilamiz:

Mazkur ifodaga binoan qurilish maydonining seysmik mustahkamligi asosan ikki miqdorga, yani zilzila jarayonida vujudga keladigan tezlanish ( s) va muvozanat tezlanislii ( m) ga bog‘liq.
Zilzilaning tezlanislii ( s) tabiiy sharoitda hosil bo‘lishi bois, uning asosiy ko‘rsatkichlari: tebranish amplitudasi A va davri T ga inson deyarli ta’sir ko‘rsata olmaydi. Buning aksicha, muvozanat tezlanishi ( m)zamin gruntlarining hossalari va inshootdan ta’sir etuvchi yukning miqdoriga bog‘liq bo‘lgani uchun, uning qiymatini istagancha o‘zgartirish yo‘li bilan zamin mustahkamligini oshirish mumkin.
Zaminlarning zilzilaga nisbatan mustahkamligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar turlichadir. Ularning ba’zilari gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlarini ( ,с) oshirishga oid bo‘lsa, boshqalari inshootning og‘irligi, yoki uning qurilmalarini tanlashga qaratilgan.
Gruntning imistahkamlik ko‘rsatkichlarini oshirish tadbirlari.
Gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlari ( ,с) ni oshirish bevosita muvozanat tezlanishi ( m) va zaminning mustahkamlik koeffitsiyenti (km) miqdorini ko‘paytirishga olib keladi. Ushbu maqsadda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish mumkin:
- bo‘sh va g‘ovakli gruntlarni butun qatlam bo‘yicha zichlash;
- grunt zarralari aro bog‘lanish kuchini kimyoviy usullar yordamida oshirish;
- grunt zarralari aro bog‘lanish kuchini issiqlik ta’sirida oshirish;
- sizot suvlarini zamin atrofidan chetlatish va boshqalar.
Inshoot loyihasiga bo‘g‘liq tadbirlar. Ushbu tadbirlarning eng oddiysi inshoot atrofini qo‘shimcha yuklash va bo‘sh g‘ovak gruntlar qatlamini qisqartirish bilan bog‘liq.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin