islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga
qaratilgan chora-tadbirlar
majmuidir.
Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun
yashash va faoliyat qilishningeng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-
axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan
iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari
quyidagilar:
– mulkiy munosabatlarni islohqilish;
– agrar islohotlar;
– moliya-kredit va narx-navo islohoti;
– boshqarish tizimini islohqilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
– tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
– ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang‘ich nuqtasi bozor
iqtisodiyotininghuquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘ladi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarninghuquqiy negizini yaratish bo‘yicha
amalga oshirilgan ishlarning bir nechta yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi yo‘nalish – davlat va iqtisodiy mustaqillikninghuquqiy
negizlarini
yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish.
Bunda boshqaruv tizimining yuqori va quyi darajadagi vazifalari aniq chegaralab
qo‘yildi. Vakolatli hokimiyatning yagona to‘la huquqli organi bo‘lgan hokimlik
instituti
yaratildi, fuqarolarningo‘z-o‘zini boshqarish sohasida fuqarolar yig‘ini
joriy qilindi.
Ikkinchi yo‘nalish – tizimdagi o‘zgarishlarga, yangi iqtisodiy
munosabatlarga va shu jumladan mulkchilik munosabatlariga asos bo‘ladigan
qonunlar tizimini yaratish. Respublikada bu yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan
qonunlarda
mulkdorninghuquqi tan olindi, xususiy mulkchilik huquqi e’tirof
qilindi, mulkchilikning barcha shakllari uchun teng sharoit yaratildi. Davlat
mulkini xususiylashtirishning samarali mexanizmi ishlab chiqildi,
qisqacha
aytganda, bozor munosabatlarining negizi bo‘lgan ko‘p ukladli iqtisodiyotni
shakllantirishning barcha huquqiy asoslari yaratildi.
Uchinchi yo‘nalish – xo‘jalik yuritishningva institutsional o‘zgarishlarning
bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmini yaratishga qaratilgan
qonunlar. Bozor infratuzilmasini yaratish va uning faoliyatiga
xos jarayonlarni
tartibga solishni ta’minlaydigan qonunlarni qabul qilishdan oldin, iqtisodiyotning
turli sohalarida xo‘jalik yuritayotgan subyektlarninghuquqva
iqtisodiy erkinlik
borasidagi maqomini belgilab beradigan qonunlar qabul qilindi. Korxonalar
to‘g‘risidagi qonun, kooperatsiya to‘g‘risidagi, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi,
xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risidagi qonunlar shular jumlasidandir.
To‘rtinchi yo‘nalish – Respublikamizni xalqaro munosabatlarning
tenghuquqli subyekti sifatida ta’riflovchi
huquqiy normalar
32
. Bu yo‘nalishdagi
32
КаримовИ.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т.: «Ўзбекистон», 1995, 39-
бет.
qonunlarni qabul qilish natijasida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarining
rivojlanishi tarixida sifat jihatdan yangi bosqich boshlandi.
Beshinchi yo‘nalish – kishilarning konstitutsion va yuridik huquqlarini,
ijtimoiy kafolatlarini va aholini ijtimoiy himoyalashni ta’minlaydigan qonunlarni
ishlab chiqish. Bu qonunlar bozor munosabatlariga o‘tish
sharoitida aholiningeng
muhtoj tabaqalari manfaatlarini qonun kuchi bilan himoya qilishgagina emas, balki
ularning ma’naviy imkoniyatlarini namoyon qilish, islohotlar uchun mustahkam
ijtimoiy zamin yaratishga ham imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: