7-mavzu Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistonda
3. Iqtisodiy islohotlarning mazmuni, bosqichlari va ularning vazifalari. Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yyo‘nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-
tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va
faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy etukligiga
erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning nazariy modeli
yaratildi (bu boradagi ma’lumotlar mazkur mavzuning 2-bandida bayon etildi).
Bu modelda yangi iqtisodiyotga o‘tishning umumiy tomonlari va milliy
xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yyo‘nalishlari belgilanadi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yyo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-kredit va narx-navo islohoti;
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan
o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti
shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga
keltiriladi.
SHunday qilib, islohotlarning barcha yo‘nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning
izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o‘sib o‘tishiga qaratildi. Bu islohotlar
O‘zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan
rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborli mamlakatga aylantirishga xizmat
qiladi.