O‘zbekistonda esa o‘ziga
xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy
xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda
revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz,
ijtimoiy himoyani
kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan
bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni
amalga oshirishga,
iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil
asos qilib olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;
- o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni
qonunlarga asoslanishi, qonunlar
ustunligining ta’minlanishi;
- bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash
sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning
hammasi ham muhim
ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. CHunki tegishli huquqiy negizni, bozor
infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish,
yangi
sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini
o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy
bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy
va boshqa sohalarni ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi
bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘l bilan o‘tish haqidagi
g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini amalga oshirish
iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning
har
biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab
qiladi.
Birinchi
Prezidentimiz
I.A.Karimovning
asarlarida
Dostları ilə paylaş: