- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib
tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlash
va tarmoqqa
kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish
va boshqalar.
3.
Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalarni
qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish,
jumladan, xususiy sektorni
yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari,
tovar va fond birjalari, investitsiya
fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va
boshqalar.
4.
Tarkibiy o‘zgarishlar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi
navbatda iqtisodiyot
va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni
yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini
qayta qurishdan asosiy maqsad – ichki va tashqi bozorlarda to‘lovga qodir talabga
ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5.
Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda,
bu jarayon tizimiy
islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti
barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi. Bu
yyo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik
tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori
inflyasiya shaklida namoyon bo‘ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi
bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun
uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim hisoblanadi.
Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari
tizimiga pul emissiyasini
cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash
va boshqalar kiradi.
6.
Bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini
shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashga o‘tishga yo‘naltirilgan.
Bozor tizimining ko‘rsatib o‘tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining
yakuniga etishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: