- o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-
huquqiy negizini mustahkamlash;
-
mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini
xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib
borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning
barqarorlashuvini ta’minlash.
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z
taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun
mustahkam shart-sharoit yaratdi. SHu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi
natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yyo‘nalishlarini aniq
belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab,
bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. SHu maqsaddan
kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarida
bu bosqich uchun quyidagi bir qator vazifalar ajratib ko‘rsatildi:
- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida
boshlangan ishni oxiriga
etkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash;
- milliy valyuta-so‘mni yana ham mustahkamlash;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xom ashyo etkazib
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.
3
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish
borasida
birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlab
o‘tganlaridek, hozirgi bosqichda «erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish
nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni
hal qilishning asosiy
shartidir»
4
. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni
ko‘zda tutadi:
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini
izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda
mulkdorlar sinfini shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga
xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan
sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy
omillarni yanada kuchaytirish;
- kichik va o‘rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustivor o‘rin olishiga erishish;
3
Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.: Ўзбекистон, 1998. 332-333 бетлар.
4
Қаранг: И.А. Каримов. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт пировард мақсадимиз. Т.:
Ўзбекистон, 2000, 15-бет.
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish
va mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini
ta’minlash;
-
iqtisodiyotda
mamlakatimiz
iqtisodiy
mustaqilligini
yanada
mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish.
Dostları ilə paylaş: