7. Mavzu: Ilmiy tadqiqot metodlari va usullari. Reja: Ilmiy tadqiqоt jarayonining asоsiy tushunchalari


Taqqoslash sermaxsul bo`lishi uchun quyidagi ikki talab bajarilishi kerak



Yüklə 375,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix03.02.2023
ölçüsü375,41 Kb.
#82599
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Taqqoslash sermaxsul bo`lishi uchun quyidagi ikki talab bajarilishi kerak: 
1. O`rtasida ma`lum ob`ektiv umumiylik mavjud bo`lishi mumkun bo`lgan 
ob`ektlargina taqqoslanishi zarur; 
2. Ob`ektlarni taqqoslash eng axamiyatli (bilish, o`rganish nuqtai nazaridan) 
xossalari, belgilari va jixatlari bo`yicha amalga oshirilishi shart. 
O`lchash - taqqoslashga nisbatan aniqroq bilish quroli xisoblanadi. Ushbu
metodning axamiyati o`rganilayotgan ob`ekt haqidagi ma`lumotlarning yuqori 
aniqligidadir. 
Empirik bilish jarayonida o`lchash metodi ham kuzatish va taqqoslash kabi 
keng tarqalgandir.Empirik tadqiqotning ko`rilgan metodlaridan farqli xolda, 
ekspirement ilmiy jihatdan eng umumlashtirilgan tarzda qo`yilgan tajriba 
hisoblanadi. Unda kuzatish va o`lchashdan tashqari ob`ekt joylashgan shart – 
sharoit, muhit va xatto tadqiqot ob`ektining o`zi ham ma`lum tarzda o`zgartiriladi. 
Eksperiment natijasida bir yoki bir necha omillarning boshqasiga yoki 
boshqalariga ta`siri aniqlanadi. Kuzatishdan farqli holda, eksperiment tajribaning 
qaytaruvchanligini ta`minlaydi, turli sharoitlarda ob`ektni tadqiq etish imkonini 
beradi, uni “sof holda” o`rganish mumkin bo`ladi. 
Ilmiy bilishda empirik tadqiqot metodlari muxim axamiyatga ega. Ular 
faqatgina gipotezalarni tasdiqlash asosigina bo`lib qolmasdan, ko`p hollarda yangi 
ilmiy kashfiyotlar, qonunlarni ochishning manbaasi ham bo`lib xisoblanadi. 
Empirik va nazariy tadqiqotlarida analiz va sintez, deduksiya va induksiya,
abstraktlashtirish kabi universal metodlar keng qo`llaniladi. 
Analiz (taxlil) – ob`ektni qismlarga, bo`laklarga, tomonlarga, elementlarga 
ajratib, ularning har birining mazmun – mohiyatini o`rganish, bilishdir. Analiz 
metodi butunni tashkil etgan qismlar, bo`laklar, tomonlar, elementlar ularning butun 
tarkibidagi o`rni aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning tarkibi 
(strukturasi), tuzilishi o`rganiladi va bilinadi. 

Yüklə 375,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin