Ilmiy ijod bu asosiy jihati o`rganilayotgan hodisalar
va jarayonlarning,
ularning harakat va rivojlanish qonunlarining moxiyatini abstrakt tushunchalar,
sxemalar, formulalar, tenglamalar va hokazolar shaklida ifodalashdan iborat
bo`lgan ob`ektiv voqelikni sub`ektiv aks ettirishdir.
Inson ijodiy ilmiy tadqiqotlar yordamida o`zini
kurashgan olamga
epistemologik jixatdan faol, muttasil ravishda chuqur va keng kirib boradi.
Ilmiy kashfiyot ilmiy ijodning muxim jihati bo`lib, u ilmiy tadqiqot ob`ekti haqida
yangi sifatli axborot olish,
yangi qonunlar, gipotezalar va nazariyalarni aniqlash,
fanning yangi sohalari xaqida ma`lumotlar olishda namoyon bo`ladi.
Ilmiy ijod jarayonida olimlar, fan odamlari yangi
yangi ilmiy bilimlarni
umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga kiritadi va bunda, K. Popper ta`biri bilan
aytganda, «insoniyat bilishdan lazzat oladi». Hozirgi
zamon qobiliyatli olimi
yuksak umumiy madaniyatli, chinakam ziyoli, yuksak darajada ma`lumotli
odam bo`lishi, nafaqat ilmiy bilimlar va ko`nikmalarga, balki ijodiy qobiliyatlarga,
keng
xayot tajribasiga ega, o`tkir zehnli bo`lishi kerak.
Fanni ijodiy, faol rivojlantirish — hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyotining
ajralmas jihatidir. Dolzarb ilmiy muammolarning yechimini topishga nisbatan
ijodiy, o`ziga xos yondashuv ko`pgina hozirgi zamon
ilmiy tadqiqotlariga xos
xususiyatdir.
Ta
Dostları ilə paylaş: