Mantiqiylik esa, ana shu tarixiylikning tadqiqotchi fikridagi
umumlashtirilgan, abstraktlashtirilgan, konkretlashtirilgan,
qisqartirilgan,
tasodiflardan tozalangan abstrakt konkretlik shaklidagi ifodalanishidir.
Mantiqiylikda tarixiylikning eng zarur va eng asosiy tomonlari,
xususiyatlari, qonuniyatlari ifodalanadi. Tarixiylik va mantiqiylik o`zaro
chambarchas bog`liq. Tadqiqotchi biron bir ob`ekt ustida izlanishlar olib
borganida ilmiy bilishning bu usullarini to`g`ri qo`llashi lozim. Haqiqatan
ham, tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisaning real tarixini to`g`ri
o`rganib chiqmay turib, uning mohiyatini to`g`ri ifodalab bo`lmaydi.
Keyingi vaqtda EXM va
kompyuterlarning yaratilishi, ularning
ishlab-chiqarishga keng joriy etilishi, matematik usullarning konkret
fanlar
sohalarida samarali qo`llanilishi formallashtirishi va modellashtirish kabi
yangi usullarning paydo bo`lishiga olib keldi.
Ilmiy tadqiqotning formalashtirish metodining asosini matematik
abstraklashtirish tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: