Kuzatish - ob`ektni o`rganishda unga ta`sir etmasdan bilish metodidir. Bunda
ob`ektning xossasini, qayd etish va o`lchash bilan chegaralaniladi, uning o`zgarishi
kuzatiladi (masalan, keskichning yeyilishini kuzatish). Tadqiqot natijalari bizga real
ob`ektlarning ob`ektiv xossa va aloqalari xaqida ma`lumot olish imkoniyatini
beradi. Ushbu natijalar tadqiqotining ixtiyori, hissiyoti va hohish-irodasiga bog`liq
emas.
Taqqoslash (qiyoslash) - ilmiy bilishning keng tarqalgan metodi bo`lib, u
“hamma narsa qiyoslanganda bilinadi“ degan tamoyilga asoslanadi. Taqqoslash
natijasida bir necha ob`ektga taalluqli bo`lgan umumiy jixatlar aniqlanadi. Bu esa,
ma`lumki, qonuniyat va qonunlarni bilish yo`lidagi birinchi qadamdir.
Dostları ilə paylaş: