1) moddiy modellar
2) fikriy modellar
Moddiy modellar moddiy jismlardan yasalgan modellardir. Fikriy
modellar esa til belgilari, tildagi simvollar, har xil kodlar, EHM dasturlari va
shular kabilardir.
Modellashtirishning cheklangan tomonlari ham bor. Masalan, hech bir
model originalning xususiyatlarini to`la ifodalay olmaydi.
CHunki har
qanday model originalning tadqiqot uchun muxim bo`lgan xususiyatlarini
ifodalab, boshqa barcha xususiyatlarini mavhumlashtiradi.
Ilmiy tadqiqotlarda modellashtirishning
turli xillarini birgalikda
qo`llash, mukammalroq modellardan foydalanish yaxshiroq natijalar beradi.
Aksariyat hollarda nazariy tadqiqotlar
abstraktlikdan konkretlikka
ko`tarilish metodiga asoslanadi. Bu holda bilish
jarayoni ikkita nisbatan
mustaqil bosqichga bo`linadi.
1-bosqichda borliqdagi konkretlikdan uning abstrakt tushunchalariga
o`tish amalga oshiriladi. Tadqiqot ob`ekti qismlarga bo`linib, ko`plab
tushuncha, farazlar vositasida yoritiladi, ta`riflanadi, ya`ni
u tafakkurda
paydo bo`lgan mavhumotlar majmuasiga aylantiriladi. Bu - tadqiqot
ob`ektini abstraksiyalar darajasidagi analizidir.
So`ngra, bilishning 2-bosqichida abstraktlikdan konkretlikka
ko`tarilish amalga oshiriladi. Bunda tafakkurda tadqiqot ob`ektining
yaxlitligi tiklanadi (sintez).
Shuni qayd etish lozimki, yuqorida ko`rilgan ilmiy
bilish metodlari,
odatda, kompleks tarzda, biri-birini to`ldirib qo`llaniladi.
Bilishning mantiqi tekshirilayotgan ob`ektni boshqalaridan ajratib
turuvchi muxim, ahamiyatli, ustivor qaytariluvchi va alohida xususiyatlarini
aniqlash jarayoni tarzida ifodalanadi.
Bilish jarayonida quyidagi umumiy
texnologiyaga rioya qilish
muhimdir: oddiy kuzatish, ko`rish, taqqoslashdan
abstrakt fikrlashga va
undan amaliyotga o`tish kerak.
Nazorat savollari.
1) Ilm-fanning vazifa qanday?
2) Ilm-fan soxasi nimalarni o`z ichiga qamrab oladi?
3) Fanning rivojlanishi qanday sodir bo`ladi?
4) Ilmiy bilishning qayday metodlari mavjud?