7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix16.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#58149
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
7-Ma'ruza

Tarix 

falsafasining 

funksiyalari. 

Tarix 


falsafasining 

funksiyalari 

to’g’risidagi masalani hal qilmasdan uning predmeti va o’ziga xos jihatlarini to’la 

anglab  yetish  mumkin  emas.  Tarix  falsafasi  falsafaning  tarkibiy  qismi  ekanligiga 

asoslanib,  tarix  falsafasining  funksiyalari  umuman  falsafaning  funksiyalari  bilan 

asosan  bir  xil,  deb  taxmin  qilish  mumkin.  Ayni  vaqtda  shuni  ham  unutmaslik 

kerakki,  tarix  falsafasi  o’z  alohida  obyekti,  predmeti,  metodlari,  tadqiqot 

maqsadlari  va  vazifalariga  ega  va  bu  uning  muayyan  xususiyatlari  mavjudligidan 

dalolat beradi. Quyida ularni ko’rib chiqamiz  

Tarix falsafasining dunyoqarashga doir funksiyasi shundan iboratki, u insonda 

tarixga,  ya’ni  jamiyatning  mavjudligi  va  rivojlanishi,  tarixiy  jarayonning 

yagonaligi va rang-barangligiga, uning mazmuni va yo’nalishiga, insonning undagi 

o’rni va roliga va hokazolarga nisbatan umumiy munosabatni shakllantiradi.  

Tarix  falsafasining  nazariy  funksiyasi  shundan  iboratki,  u  tarixiy  jarayonni 

teran  anglab  yetish  va  u  haqda  nazariya,  ya’ni  tarixiy  jarayonning  mavjudligi, 

mazmuni,  rivojlanish  yo’nalishi  haqidagi  qarashlar  tizimi  darajasida  xulosa 

chiqarish imkonini beradi. Tarix falsafasining mazkur funksiyasi tarixiy o’tmishni 



nazariy  darajada  rekonstruksiya  qilishni  amalga  oshirish,  tarixiy  dalillar  va 

voqyealarning haqqoniylik darajasini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. 

Tarix  falsafasining  metodologik  funksiyasi  uning  qoidalarini  tarixiy 

o’tmishning u yoki bu ijtimoiy fanlar doirasida o’rganiluvchi ayrim hodisalari va 

voqyealarini  o’rganish  jarayonida  amalga  tatbiq  etish  imkoniyatidan  iborat.  Bu 

holda  tarix  falsafasining  qoidalari  va  xulosalari  tarix,  sosiologiya,  iqtisod, 

siyosatshunoslik,  huquq  falsafasi,  psixologiya  va  boshqa  fanlar  sohasida  amalga 

oshiriluvchi tadqiqotlarda qudratli metodologik vosita rolini o’ynaydi.  

Tarix  falsafasining  prognostik  funksiyasi  shundan  iboratki,  tarixiy  jarayon 

qonuniyatlarini  bilish  jamiyat,  uning  ayrim  kichik  tizimlarining  rivojlanish 

tendensiyalarini, tarix voqyealari, kishilar faoliyatining yaqin va uzoq kelajakdagi 

oqibatlarini bashorat qilishga yordam beradi. Bunday bashorat negizida u yoki bu 

ijtimoiy hodisalar va umuman jamiyatning rivojlanishini prognoz qilish mumkin.  

Shuni qayd etish lozimki, tarix falsafasining ko’rib chiqilgan funksiyalari bir-

biri bilan uzviy bog’liq va bir-biriga o’tadi. Ularning har biri qolganlarini nazarda 

tutadi va ularni o’z tarkibiga u yoki bu tarzda kiritadi.  




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin