7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix16.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#58149
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
7-Ma'ruza

5- 

MASALA.  Uzoq  yillar  davomida  falsafiy  adabiyotlarda,  falsafa 

darsliklarida  qadriyat  tushunchasiga  umuman  e’tibor  beriladi.  Hozirgi  davrda 

kundalik  hayotimizda  kirib  kelayotgan,  inson  ma’naviy  kamoloti  uchun  muhim 

ahamiyatga  ega  bo’lgan,  hamda  yangi  ma’no,  mazmun  kasb  etayotgan  falsafiy 

tushunchalardan biri, qadriyatlar muammosidir. 



Qadriyat  arabcha  so’z  bo’lib,  qadr-andozi,  o’lchov,  me’yor  degan  ma’noni 

anglatadi.  Falsafiy  ma’noda  qadriyat  –  tabiiy  va  ijtimoiy  hayotda  namoyon 

bo’ladigan,  odamlar  tomonidan  qadrlanadigan,  ular  uchun  foydali,  ahamiyatli, 

moddiy iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, mafkuraviy, siyosiy, huquqiy, diniy, milliy, 

ijtimoiy omillar yig’indisi bo’lib hisoblanadi. Qadriyatlar tushunchasi qadr-qimmat 

degan ma’noni anglatadi. Oddiy qilib shuni aytish kerraki, «qadriyat» iborasining 

mazmuni juda sodda bo’lib, uning  etimologik mazmuniga vobastadir. Qadriyatlar 

–  odamlar  qadrlaydigan  narsalardir.  Bular  atrofimizdagi  predmetlar,  narsa  va 

hodisalar, voqyealar bo’lib, odamlarning kundalik hayotiy ehtiyojlari va talablarini 

qondira oladigan yoki qondirishi mumkin bo’lgan narsalardir. 

Umuman  olganda  qadriyatlar  deyilganda  faqat  o’tmish  davr  uchun  muhiy 

ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kun va kelajakdagi taraqqiyotga ham ijobiy 

ta’sir  etadigan,  kishilar  ongiga  singib  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etadigan  moddiy, 

ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmuasi tushuniladi. 

Har  qanday  qadriyat  inson  faoliyatining  mahsuli,  uning  obektiv  olamga 

bo’lgan  munosabatining  ifodasidir.  Qadriyatlar  jamiyat  ijtimoiy  va  ma’naviy 

taraqqiyotining  mahsulidir.  Har  bir  qadriyat  muayan  bir  davr,  sharoit  va 

ehtiyojning mahsulidir. 

Qadriyatlar  falsafiy  nazariyasining  ba’zi  masalalari,  o’tgan  19-chi  asrning 

ikkinchi  yarmida  Yevropada  yangi  kantchilik  maktabiga  mansub  V.  Vindelband, 

G. Rikart va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi. Qadriyat nazariyasini o’rganish 

yunoncha  –  qimmatbaho  ma’nosini  anglatuvchi  aksiologiya  degan  ilm  sohasini 

vujudga keltiradi. 19-chi asrning 20-50 yillarida M. Sheler, N. Gartman, R.B. Perri, 

S.P. Popper kabi nemis va amerika faylasuflarining asarlarida bu fanning asoslari 

shakllantirildi. 

Sharqda  avlod  va  ajdodlarimiz  tomonidan  yaratgan  qadrlash  mezonlarining 

tarixi  eng  qadimgi  naqllar,  rivoyatlar,  afsona,  hikoyat  dostonlarga,  ya’ni  xalq 

og’zaki  ijodi  namunalariga  borib  taqaladi.  Spitamen,  Mukanna  va  Jaloliddin 

Manguberdi  to’g’risidagi  asarlarda,  alpomish,  To’maris  va  Shiroq  to’g’risidagi 

afsona  va  dostonlarda  vatanparvarlik,  xalq  va  yurt  ozodligi  uchun  fidoyillik  kabi 

ko’plab  umuminsoniy  qadriyatlar  tasvirlangan.  Ma’naviy  merosimizning  yorqin 

namunasi  –  «Avesto»  zardushtiylikning  muqaddas  kitobi  bo’lganligidan  unda  bu 

dinning  qadriyatlar  tizimi,  qadrlash  mezonlari,  o’sha  davrdagi  milliy  g’oyalar 

yorqin ifodalangan. 

Qadrlash  to’g’risidagi  qarashlar  VIII-XII  asrlarda  Qur’on  va  xadislarda 

ta’riflab  berilgan  ilohiy  qadriyat  va  qadrlash  masalalari  xalqimiz  tarixi  va 

madaniyatiga ta’sir ko’rsatgan. 

Sivilizasiyamiz qadriyatlari va xalqimizga xos qadrlash me’yorlari musulmon 

sharqi  va  arablar  dunyosi  madaniyatining  rivojiga  ham  katta  ta’sir  ko’rsatgan. 

Tarixda  nomlari  saqlangan  allomalarimiz  o’z  navbatida  butun  jahon,  sharq 

madaniyatiga  hissa  qo’shganlar  Abu  Hanifa,  Al  Buxoriy,  At  Termiziy,  kubro, 

Ahmad  Yassaviy,  Naqshband  kabi  ilohiyot  ilmining  zabardast  allomalari 

to’g’risida ham aytish joiz. Bundan tashqari atoqli qomumiy olimlar  – Xorazmiy, 

Farobiy,  Beruniy,  Ibn  Sino,  al  Farg’oniy  kabi  sivilizasiyamizning  zabardast 

namoyondalari ijodi va merosi ko’zgusida yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Shu 



bilan  birga,  umuinsoniy  madaniyatning  durdonalarini  yaratgan  Ulug’bek,  Lutfiy, 

Navoiy,  Bobur  kabi  zotlarning  jahon  sivilizasiyasiga  qo’shgan  xizmatlari 

muhimdir. 

Afsuski,  sivilizasiyamizga  xos  bo’lgan  Temuriylar  saltanati  parchalanib, 

uning  o’rniga  Xiva  xonligi  va  Buxoro  amirlini,  so’ngra  Qo’qon  xonligi  vujudga 

keldi.  XIX  asrning  o’rtalariga  kelib,  Turkiston  chor  Rossiyasi  tomonidan  bosib 

olindi.  Mustamlakachilarning  qadriyatlari  va  qadrlash  mezonlari  xalqimiz  orasiga 

zo’rlik  bilan  singdirila  boshlandi.  XIX  asrning  oxirlarida  «jadidchi»lar  M. 

Behbudiy,  So’fizoda,  Avloniy,  Cho’lpon,  Fitrat  va  boshqalar  vujudga  keldi. 

Ularning asarlarida qadriyatlarga boy g’oyalarga duch kelamiz. Lekin, bolsheviklar 

boshlagan  siyosiy  jarayonlar  bu  avlodning  boy  merosini  o’z  domiga  tortdi, 

ularning taqdiri ayanchli kechdi. 

Sobiq  SSSR  davrida  qadriyat  nazariyasi  uzoq  davr  mobaynida  umuman 

ishlanmadi.  Rasmiy  mafkura  va  siyosat  sovet  xalqining  yaxlitligi,  birligi, 

xalqlarning  bir-biriga  yaqinlashishi  va  qo’shilib  ketishi  g’oyasini  ilgari 

surganligidan keyin, xalqlarning o’ziga xosligi, tarixiy merosi, o’tmishi, urf-odat, 

rasm-rusumlarini,  dinini,  umuman  xalq  uchun  qadr  bo’lgan  barcha  narsalarni 

ifodalash  mumkin  bo’lgan  falsafiy  tushuncha  muomilaga  kiritilmadi.  Qatag’on 

yillarida  avj  olgan  dinga,  tarixiy  merosga  eskilik  sarqiti  sifatida  mahalliy  urf-

odatlar va marosimlarga qarshi kurash edi. 

Xalq    va  millatlarni  asoratda  saqlashlarining  eng  oson  yo’li,  ularni 

qadriyatlaridan  ajratiщ  edi.  Imperiya  yemirilib,  xalqlarning  mustaqillikka  bo’lgan 

harakatlari  kuchaygan  sari  odamlar  qadriyatlar  masalasiga  tez-tez  murojaat  qila 

boshladilar. 

Har qanday jamoat, ijtimoiy-tarixiy birliklar (urug’, qabila, elat, halq, millat) 

ijtimoiy  subektlar  va  boshqalar  o’ziga  xos  qadriyatlar  tizimiga  ega  bo’ladi.  Bu 

qadriyatlar  tizimida  asosiy  bo’lmagan  qadriyatlar  muayyan  qatorni  tashkil  qiladi, 

turli  holatlarda  namoyon  bo’ladi.  Jamiyat  rivojining  muayyan  davri  yoki  biror 

davlatda  ham  ana  shunday  qadriyatlar  tizimi  mavjud  bo’ladiki,  u  o’sha  davr, 

jamiyat  va  davlat  kishilari,  ularning  faoliyati  uchun  umumiy  mezon  vazifasini 

o’taydi.  Har  bir  ijtimoiy  tarixiy  birlik,  sinf  va  partiyalar  ham  ana  shunday 

qadriyatlar tizimi asosida faoliyat ko’rsatadilar, ulardan foydalanadilar yoki ularga 

erishishning turli usullarini qo’llaydilar. 

2. Mohiyat va mazmuniga ko’ra qadriyatlarni qo’yidagi shakl va gurug’larga 

bo’lish mumkin. 

1. Tabiiy qadriyatlar. Tabiiy qadriyatlar insonni o’rab turgan, insonning paydo 

bo’lishi,  rivojlanishi  va  yashashi  uchun  zarur  bo’lgan  tabiiy  muhit  va  sharoitlar 

majmuasidan iborat. Bularga yer, suv, havo, foydali qazilmalar, quyosh, koinotdagi 

sayyora va yulduzlar, o’simliklar, hayvonot va parrandalar, qisqacha jonli va jonsiz 

tabiat kiradi. 

2.  Ijtimoiy  qadriyatlar. Jamiyatning  hayotiy  faoliyati uchun  zarur  bo’lgan  va 

insoniyatning taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan ijtimoiy soha va tuzilmalarning 

majmui  (ishlab-chiqarish,  korxona,  tashkilot,  muassasalar,  oila,  mullat,  sinf  va 

h.k.). 



3. Qadriyatlar sistemasi ichida eng ahamiyatlisi va oiliysi bu insondir. Inson 

o’z  hayot  faoliyati  jarayonida  jamiyatda  yashaydi,  tabiyat  orqali  esa  o’z 

ehtiyojlarini qondiradi. 

Qadriyat  tushunchasining  o’zi  narsa  va  hodisalarning  insonga  aloqadorligi, 

inson  uchun  ahamiyatliligi,  inson  uchun  qadrliligi  tufayli  kelib  chiqqan  va  inson 

tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Chunki,  inson  tabiat  va  jamiyatdagi  hamma 

narsalarning  mezoni,  tabiat  va  jamiyatning  oliy  darajadagi  mahsuli  bo’lgan 

biologik,  psixologik  va  ijtimoiy  sistemadir.  Inson  ongga,  tafakkurga  ega  bo’lgan 

oliy mavjudotdir. 

Shuning uchun inson o’zining har bir harakati, faoliyatini ma’lum normalar, 

me’yorlar yordamida nazorat qilib turadi. Narsa va hodisadar mavjudligining o’zi 

qadriyat bo’la olmaydi. Ular insonning faoliyatini jamiyat taraqqiyoti uchun zarur 

bo’lgan  taqdirdagina  qadriyatga  aylanadi.  Narsa  va  hodisalardan  tashqari  insoniy 

munosabatlar  ham  shaxs  va  jamiyat  hayoti  uchun  zaruriyatga  aylanib  qadriyat 

bo’lishi  mumkin.  Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda  tinchlik,  farovonlik,  tenglik, 

adolat,  insonparvarlik,  olijanoblik  singari  insoniy  fazilatlar  va  hodisalarham 

qadriyat hisoblanadi. 

Shu bilan birgalikda qadriyatlar ikki turga bo’linadi. 

1. Moddiy qadriyatlar ikki turga bo’linadi. 

1) Moddiy qadriyatlar. 

2) Ma’naviy qadriyatlar. 

1.  Moddiy  qadriyatlarga  insooni  o’rab  turgan  moddiy  dunyo,  insoniyatning 

mavjudligi  uchun  zarur  bo’lgan  tabiiy  imkoniyatlar,  uning  mehnat  faoliyati 

mobaynida yaratilgan barcha moddiy narsalar kiradi. 

2.  Ma’naviy  qadriyatlar.  Insoniyatning  ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirishga 

xizmat  qiladigan  ilmiy  bilimlarning  falsafiy,  axloqiy,  huquqiy,  siyosiy,  estetik, 

badiiy, diniy g’oya va ideallar yig’indisi ma’naviy hayot qadriyatlari deb ataladi. 

Insoniyatning madaniy taraqqiyoti darajasini o’zida aks ettirib, inson faoliyati 

qadriyatlari qo’yidagi guruhlarga bo’linadi. 

1. Umuminsoniy  qadriyatlar. Butun insoniyat  tomonidan  yaratilgyan  moddiy 

va  ma’naviy  madaniyat,  ilmiy,  falsafiy,  axloqiy,  etetik,  huquqiy,  siyosiy,  badiiy, 

ekologik  qarashlar  butun  insoniyatning  mulki  bo’lgan  boshqa  qadriyatlardan 

iboratdir.  Insoniyatning  kelajagi  masalasi  umuminsoniy  qadriyatlardagi  dolzarb 

masaladir. 

2.  Milliy  qadriyatlar  –  milliy  qadriyatlar  alohida  olingan  xalq,  millat  va 

elatlarning  o’z  tarixiy  taraqqiyoti  davomida  yaratadigan  barcha  moddiy  va 

ma’naviy  boyliklari,  urf-odatalri,  merosimlari,  bayramlari  va  millatning  o’zligini 

belgilaydigan boshqa o’ziga xos tomonlari yig’indisidan iboratdir. Bu o’ziga xoslik 

moddiy,  ma’naviy,  ijtimoiy,  oilaviy  hayot,  turmush  tarzida  namoyon  bo’ladi. 

Bundan  tashqari  millatga  taalluqli  xalq  amaliy  san’ati,  xalqo’yinlari,  rasm-

rusumlari, urf-odatlari, marosimlari milliy qadriyatga kiradi. Milliy qadriyatlarning 

shakllannishiga kuchli ta’sir ko’rsatadigan omillardan biri, bu diniy qadriyatlardir. 

Diniy  qadriyatlar  milliy  qadriyatlar  doirasidan  ancha  keng  bo’lib,  u  ko’plab 

millatlar  elatlar  xalqlariga  taaluqli  bo’lgan,  ularni,  ularni  g’oyaviy    jihatdan 

birlashtiradigan  diniy  talablar,  g’oyalar,  rivoyatlar,  amaliy  marosimchilik, 



bayramlar majmuasidan iboratdir. Islom dini misolida ko’rib o’tadigan bo’lsak, yer 

yuzida  bir  milliarddan  ortiq  kishining  islom  diniga  e’tiqod  qilishini,  islom  yer 

yuzidagi  120  davlatda  tarqalganligini  30-dan  ortiq  davlatda  islom  davlat  dini  deb 

e’lon  qilinganligini  va  bu  kishilarning  hammasini  din  asoslari  (arkon  iddin)  deb 

hisoblangan. 

Imon, islom va ehson talablari asosidagi birligini ko’rishimiz mumkin. Imon 

talablari 7-ta aqidani, islom talablari 5-ta amaliy marosimchilik talablarini, ehson-

sidqidildan aqidalarga ishonish va marosimlarni ado etishni tashkil qiladi. 

4.  Oilaviy  qadriyatlar.  Oilaviy  qadriyatlar  oila  sharoitidagi  moddiy  va 

ma’naviy, axloqiy tarbiyaviy munosabatlarga asoslanadi. Oilaviy qadriyatlarga oila 

a’zolari  o’rtasidagi  o’zaro  hurmat,  g’amxo’rlik,  bir-birini  tushunish,  har  qanday 

sharoitda oila sha’nini himoya qilish kabi fazilatlar kiradi. 

Oilaviy qadriyatlarning shakllanishida oila a’zolarining shaxsiy xususiyatlari, 

xush muomalalik, rostgo’ylik, mordlik, insoniylik, chevorlik, pazandalik, sodiqlik 

singarilar  qadrlanadi.  Oilaviy  qadriyatlar  ijtimoiy  qadriyatlarning  bir  elementi 

bo’lib, qadriyatlar sistemasida muhim o’rin tutadi. 

5.  Shaxsiy  qadriyatlar.  Har  bir  subektning  umuminsoniy  v  milliy  qadriyatlar 

asosida shakllangan o’ziga xosligi, fazilatlari majmuasidan iboratdir. 

Shaxsiy  qadriyatlarga  insonning  rostgo’yligi,  kamtaligi,  insoniligi, 

mehribonligi, odobligigi, qobiliyatliligi va boshqa sifatlari kiradi. 

Yuqorida  aytilganlardan  ma’lum  bo’ladiki,  qadriyatlar  insonning  kundalik 

hayot  faoliyati,  shaxsiy  sifatlari  va  ehtiyojlari  borliqqa  munosabati  bilan 

belgilanganligi  uchun  ham  u  insoniyatning  ilk  davrida  paydo  bo’ldi  va  jamiyat 

taraqqiyoti davomida shakllanib bordi. Shuning uchun bugungi kunda O’zbekiston 

o’z  rivojlanish  va  taraqqiyot  yo’lini  belgilayotgan  davrda  o’zbek  xalq  o’z  milliy 

o’zligini  anglayotgan  o’adriyatlar  masalasi  eng  dolzarb  masala  bo’lib  kun  tartibi 

chiqdi va xalqimiz ongida shakllangan mutelik psixologiyasidan qutilishda asosiy 

rol o’ynaydi. 

Har  bir  fanning  o’rganish  obekti  uning  asosiy  maqsadi  –  asosiy  masalasini 

keltirib  chiqaradi.  Demak,  fanning  asosiy  masalasini  belgilash  aslo  subektiv 

intilishlardan  emas,  balki  uning  obektini  o’rganishdan  kelib  chiqadi.  Madaniyat 

tarixining asosiy masalasi esa madaniy qadriyatlarni aniqlashdan iborat. 

«Qadriyat»  aksiologik  tushuncha  bo’lib,  inson,  insonlar  guruhi  va  umuan 

insoniyat  uchun  ahamiyatli  bo’lgan  narsa,  hodisa,  norma  jarayon  va 

munosabatlarni  ifoda  etadi.  «Ahamiyatlilik»  va  «foydalilik»  qadriyatlarning 

darajasini belgilovchi nisbiy tomonlaridir. Narsa va hodisalar, shu jumladan sosial 

hodisalarning  qadriyatli  yoki  qadriyatsizligini  aniqlash  muayyan  davrga  inson  va 

insonlar guruhi manfaatlari doirasida amalga oshadi. Demak, o’z-o’zidan ko’rinib 

turibdiki,  qadriyatlar  inson  va  biron-bir  ijtimoiy  tuzum,  kshilarning  muayyan 

birligi  uchun  nisbiy  xarakterga  egadir.  Qadriyatlar  ontologik  xarakteriga  ko’a 

tabiiy va sosial qadriyatlarga ham bo’linadi. Suv yoki toza havo inson uchun tabiiy 

qadriyatdir.  Ular  inson  tomonidan  ishlov  berilib  yaratilmagan.  Sosial 

qadriyatlarning  jamiyat  ichida  uning  taraqqiyoti  davomida  yuzaga  keladi  va  amal 

qiladi. Madaniy qadriyatlar sosial qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida faqatgina 

inson  tomonidan  ishlov  berilgan  sosial  buyum,  hodisa  va  munosabatlarni  o’z 



ichiga  oladi.  Biron  o’simlik  yoki  qo’y  biologik  hodisa  sifatida  tabiatniki.  Lekin 

ular  inson  tomonidan  ishlov  berilgandan  so’ng  madaniy  hodisalarga  –  madaniy 

o’simlik  va  uy  hayvoniga,  shu  jumladan  madaniy  qadriyatlarga  aylanadi.  Bu 

jarayon  saqlash  voqyelikka  xosdir.  Demak,  insonning  o’zi  ham  ishlov  berish 

mahsuli  sifatida  madaniy  qadriyatdir.  Sosial  qadriyatlar  ichida  shunday  tamon, 

element iva  munosabatlar ham borki, ular inson tamonidan bevosita ishlov berish 

natijalari emas.  

Ularning yuzaga kelishi insonga nisbatan olsak, bevosita shartlangandir. O’z-

o’zidan ravshanki sosial qadriyatlar madaniy va madaniy bo’lmagan qadriyatlarga 

ham bo’linadi. Yuqorida qadriyatlarni belgilash nisbiy xarakterga ega, degan fikr 

madaniy  qadriyatlarga  ham  tegishlidir.  Chunki  ayni  vaqtda  biron-bir  xalq  uchun 

qadriyatli  bo’lgan  urf-odat  boshqa  xalqlar  uchun  ahamiyatsiz  bo’lishi  mumkin. 

Yoki har bir xalqning uzoq o’tmishda qadrli bo’lgan sosial norma hozirgi davrga 

kelib shunchaki madaniy yodgorlik, hatto konservativ xarakterda bo’lishi mumkin. 

Shuningdek  uzoq  o’tmishda  yuzaga  kelib,  hozirda  ham  nafaqat  doimiy  milliy, 

balki  doimiy  umuminsoniy  qadriyatlar  ham  mavjuddir.  Har  qanday  qadriyatlar 

singari madaniy qadriyatlarni bilishning yo’li-ularning sifatini aniqlashdir.  

Marksistik  adabiyotlarda  narsa  va  hodisalari  yig’indisi  orqali  bilinadi,  deb 

tavsif  berilgan.  Bunda  gap  shunchaki  mexanik  tarzdagi  xossalar  yig’indisi  ustida 

emas,  balki  bir-biri  bilan  dialektik  tarzda  bog’langan  xossalar  haqida  bormoqda. 

Xossalar sifatning muayyan tamonlari tariqasida obektning boshqa obektga o’zaro 

munosabatida  namoyon  bo’ladi.  Ushbu  masalada  M.Xasanovning  fikrlari 

qimmatlidir. 

Strukturaning 

murakkablashishi 

uning 


funksiyalarining 

murakkablashishiga olib keladi. Demak, madaniy voqyelikni funksiyanal aspektda 

o’rganish,  ularning  xossalariga  oid  jarayonlarni  bilishga  asoslanadi.  Madaniy 

borliqning  xossalarini  aniqlash  esa  uning  tarkibiy  qismi  madaniy  qadriyatlarni 

aniqlash-madaniyat  nazariyasi  va  tarixining  asosiy  masalasidir.  Bu  siz  ushbu  fan 

amaliyotdan ajralgan, quruq nazariyaga aylanib qoladi. 

3.  O’zbekistonning  mustaqil  rivojlanish  yo’liga  o’tganligi,  unda  umumiy 

qadriyatlar  tizimining  shakllanishi  va  barqarorligini  ta’minlaydigan  asosiy 

omillardan  biridir.  Mustaqillik  tufayli  respublikamizda  yangi  demakratik 

qadriyatlar  tizimini  shakllantirish  imkoni  ochildi.  Mustaqillik  bugungi 

O’zbekistonda  ideal  qadriyatdan  amaliyotga  aylanib  bormoqda.  Bunda  siyosiy, 

iqtisodiy,  madaniy,  ma’naviy  sohalarda  tub  o’zgarishlarni  amalga  oshirish,  xalq 

tinchligi, erkinligi va faravonligini ta’minlash, demakratik qonunlarga asoslangan 

hayot tarzini vujudga keltirish, har bir shaxsning kamolati, qobiliyati va iste’dodini 

namoyon  qilish  uchun  to’liq  imkoniyatlarni  yaratish  borasida  bajarilishi  lozim 

bo’lgan ma’suliyatli vazifalar paydo bo’ldi. 

Yangi  qadriyatlar  tizimining  vujudga  kelishi,  jamiyatdagi  asosiy  ijtimoiy 

subektlarning  o’zaro  hamjihatligi,  kelishuvi,  hamkorligi  asosidagi  faoliyatining 

mezoniga  aylanishi  bir  qancha  vaqtni  talab  qiladigan  o’zgarishlarni  amalga 

oshirish  davrini  qamrab  oladi.  Istiqlol  yillarida  O’zbekistonda  bu  mavzuga 

umuminsoniy  tamoyillar  asosida  yondashish  shakllandi.  Bunday  qarashning 

vujudga  kelishi,  qadriyatlarning  ijtimoiy  va  ma’naviy  yangilanishi,  jamiyat 

a’zolarining  kamolati  hamda  yoshlar  tarbiyasidagi  ahamiyati  masalalariga  davlat 



miqyosida  yuksak  e’tibor  ko’rsatilayotganligi  mazkur  soha  rivojining  bosh 

yo’nalishidir.  Qadriyatlar  mustaqillikni  mustahkamlashning  biri  sifatida 

qadirlanishi borasidagi ijobiy jarayonlar tadqiqotlarni ko’paytirish, ularga nisbatan 

mas’uliyatini  yanada  oshirishni  taqoza  qilmoqda.  Istiqlol  asrlar  davomida 

shakllangan o’ziga xos sharqona va o’zbekona qadrlash masalalari va me’yorlarini 

qayta tiklash hamda zamonaviy talablar darajasida takomillashtirishni kun tartibiga 

qo’ydi.  

Zero,  mustaqil  bo’lmagan  mamlakatning  qadriyatlari  tizimi  hyech  qachon 

to’kis 

bo’lmaydi. 

Mustamlaka 

mamlakatning 

ma’naviy 

hayotida 

mustamlakachilarning  qadriyatlari  ustuvor  bo’lishi  aniq.  Faqat  mustaqillikkina 

ushbu  xolatni  tubdan  o’zgartiradi,  mamlakatning  qadriyatlar  majmuasini  jahon 

tizimining teng huquqli va haqiqiy qismiga aylantiradi. Shu sababdan ham istiqlol 

yangi  qadriyatlar  tizimini  shakllantirishni  taqoza  qildi.  Bu  zaruriyat  esa 

qadriyatlarni  qayta  baholash,  yurtimizda  sharqona,  azaliy  va  umuminsoniy 

qadrlash  mezonlari  ustuvor  bo’lgan  hayot  tarzini  shakllantirish  jarayoni  bilan 

uyg’unlashib  ketdi.  Qadriyatlar  sohasidagi  o’zgarishlarga  e’tibor  va  bu  borada 

yangi  tamoyillardan  ta’lim-tarbiyada  foydalanish  ehtiyoji  oshayotganligining 

sababi  ham  ana  shunda.  Shu  bilan  birgalikda  har  bir  millat  o’z  qadriyatlarining 

emas,  balki  uni  asrab-avaylovchi  va  kelajakka  yetkazuvchisi  hamdir.  Milliy 

qadriyatlarning  saqlanishi  uchun  har  bir  millatning  o’zi  mas’uldir.  Bu  esa 

mas’ullikning  faqat  alohida  shaxslarga  emas,  balki  butun  millatga    ham  xos 

namoyon bo’lishini anglatadi. Millat ozod bo’lmasligi, siyosiy jarayonlar natijasida 

biror  imperiya  yoki  davlatga  qaram  bo’lishi  mumkin,  ammo  unda  o’z  milliy 

qadriyatlarini  saqlash  yo’qolib  ketmaydi.  Har  bir  millatning  o’zi  qadirlaydigan 

madaniyati, tili, an’nalari, urf-odatlari, marosimlari va odob normalari bor. Milliy 

qadriyatlar  millatning  tabiiy  tarixiy  rivoji,  ijtimoiy  turmushi,  yashash  tarzi, 

o’tmishi, kelajagi, madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlari, an’analari, tili, u vujudga 

kelgan hudud va boshqalar bilan o’zviy bog’langan. Ular xilma-xil shakllarda, bir-

biri  bilan  uzviy  aloqada  namoyon  bo’ladi,  o’ziga  xos  milliy  qadriyatlar  tizimini 

tashkil qiladi. 

Milliy  qadriyatlar  va  ularning  aloqadorligini  ifodasi  bo’lgan  qadriyatlar 

tizimi, millatning o’zi bilan birga tarix silsilalari zamona zayllari, turli ijtimoiy va 

siyosiy  jarayonlar orasidan o’tmishdan kelajakka qarab o’tib                  turadi. Bu 

qadriyatlar  ko’proq  lillatning  etnik  xususiyatlari  va  etnik  makoni  bilan  bog’liq. 

Xalqlarning  ijtimoiy  taraqqiyoti  esa  ularning  milliy-yetnik  qadriyatlari  ravnaqi 

bilan uzviy aloqadorlikda davom etadi. Har bir xalq yoki millat, o’ziga xos rang-

barang  qadriyatlarni  shakllantirib  borishi  natijasida,  umuminsoniy  qadriyatlarni 

shakllantirib, uning turli qirralarini rivojlantirib boradi.  

Umuminsoniy  qadriyatlar  kategoriyasining  mazmunini  o’rganish  uchun, 

avvalo,  «umuminsoniylik»  tushunchasining  ma’nosini  tahlil  qilmoq  lozim.  Bu 

tushuncha  jamiyatning  asosiy  jihatlari,  turli  ijtimoiy  sifatlar,  xususiyatlar  va 

boshqalarning 

umuminsoniy 

xarakterga 

ega 


ekanligini 

anglatadi. 

«umuminsoniylik»  tushunchasida  qadriyatlarni  tirik  tabiatning  bir  qismi  bo’lgan 

odam  zotining  hayoti  va  kamolati  hamdatarixiy,  siyosiy  va  boshqa  birliklar 

(ijtimoiy  subektlar)  uchun  ahamiyati  ham  o’z  aksini  topadi.  Shu  bilan  birga 



umuminsoniylikda  umumijtimoiy  munosabatlar,  ta’lim-tarbiya  va  ma’naviy-

axloqiy jihatlar, ijtimoiy muhitning eng umumiy tamonlari bog’liq sifatlar ham aks 

etadi.  Bir  so’z  bilan  aytganda  umuminsoniylik  odamlar  uchun  umumiy  bo’lgan 

mezonlar,  obektiv,  subektiv  holatlar,  xususiyatlar,  shart-sharoitlar  va  boshqalarni 

o’zida aks ettiradigan tushuncha sifatida ishlatiladi. 

Ijtimoiy  taraqqiyot  jarayonida  umuminsoniylikning  ustuvorligi  talablari  har 

bir  tarixiy  birlikning  tarixiy  rivojlanish  mahsuli,  ekanligini,  bunda  tirik 

insonlarning  taqdiri,  orzu  umidlari  borligini  hisobga  olish  taqoza  qiladi.  Bu 

talablarga ko’ra har bir kishi sog’-omon yashash, umr kechirish, o’z vujudini omon 

saqlash  kabi  huquqlari  bilan  birga  dunyoga  keladi,  bu  huquqlarni  unga  tabiat  ato 

etgan,  biror  maqsadlardan  kelib  chiqib  insonni  bu  huquqlaridan  mahrum  qilish 

mumkin emas. Qanday sinf, tabaqa, qatlam vakili bo’lmasin, uning boshqalar kabi 

yashash huquqi borligi, mutloq haqiqat, odam zoti esa bu huquq nuqtai nazaridan 

tengdir.  

Umuminsoniylikning  bu  boradagi  talablari,  ya’ni  insonning  tabiiy  –tarixi. 

Haq-huquqlari,  uning  yashash  va  umr  kechirish  huquqining  tabiiyligi  va  hatto 

muqaddasligini to’la-to’kis e’tirof qilishdir. Xalq og’zaki ijodida ham, qadimgi va 

zamonaviy  dinlarda  ham,  davlatlarning  kanstitutsiyalarida  va  boshqa  hujjatlarda 

ham  buni  yaqqol  kuzatish  mumkin.  Buyuk  Fransuz  revolyusiyasi  (1789  yilda) 

qabul qilgan «Inson va grajdan huquqlari Deklaratsiyasi»da ham, 1948 yilning 10-

dekabrida BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlagan «Inson huquqlarining eng umumiy 

Deklarasiyasi»da ham kishilarning tabiiy-tarixiy haq-huquqlari jamiyatdagi asosiy 

umuminsoniy  qadriyatlar  ekanligi  alohida  ta’kidlanganligi  bejiz  emas.  Olamdagi 

insonlarning  yashash  joylari,  o’tmish  avlodlarining  xoki  yashiringan  zamin,  o’zi 

to’g’ilgan  yurti  bilan  bog’liq  umuminsoniyatga  xos  bokira  tuyg’ulari  bor.  Bu 

tuyg’ular  tug’ilgan  uydan,  mahalla,  qishloq,  shahar  ko’chasidan  tarbiyalana 

boshlaydi,  kishi  mansub  bo’lgan  tarixiy  birlik,uning  o’tmishi  bilan  bog’langan 

ijtimoiy xududga nisbatan munosabatda namoyon bo’ladi. Kishi yer sayyorasining 

farzandi  ekanini,  o’zi  uchun  suyukli  xudud  sayyoraning  tarkibiy  qismi  bo’lgan 

Vatan  ekanligini  anglaganida,  undagi  bu  tuyg’u  umuminsoniylik  talabiga  mos 

keladigan  darajaga  ko’tariladi.  Sayyoramiz  kishilari  uchun  undagi  tiriklikning 

vujudga  kelishi,  rivojlanishi,  odam  zotining  ongli  faoliyati,  mehnati,  madaniy  va 

ma’naviy kamolati erishish bosqichlari, tabiat va jamiyatda amalga oshirgan ishlari 

bilan  bog’liq  jarayonlarni  ifodalaydigan  tarix  ham  o’z  ahamiyati  va  qadriga  ega. 

Tarix-odam  zotining  ilk  vujudga  kelgan  davridan,  bizning  kunlarimizgacha 

yaratgan  moddiy  boyliklarini,  insoniyat  hayotida  ro’y  bergan  o’zgarishlarni 

kelajakka yetkazib beradigan «Qadriyatlar sondig’i»dir. 

Tarix-zamin  vujudlarini  yashirib  turgan  avlodlar  ruhi  oiladagi  qarizdorlik 

tuyg’usini  qo’zg’agan,  o’tmishdagi  voqyealarni  o’rganish  zaruriyati  tug’ilgan  va 

kelajakning rejalarini tuzish jarayonida rivojlanishning aniq yo’l va usullari tanlab 

olinayotgan  davrlarda  qadriyatga  umuminsoniy  qadriyatlar  va  ularning  asosiy 

shakllari  xilma-xil  tarzda,  rang-barang  holat  va  turli  darajalarda  namoyon 

bo’ladigan  g’oyat  murakkab,  mazmunan  nihoyatda  boy  va  serqirra  ijtimoiy 

tushuncha  sifatida  bu  boradagi  masalalarning  hammasini  bu  ma’ruzada  qamrab 




olish qiyin hisoblanadi. Biz bu ma’ruzada qadriyatlar muammosining eng muhim, 

ayrim jihatlarini yoritdik.  

 


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin