7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix16.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#58149
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
7-Ma'ruza

N.Jo’rayev  (1952)  fikricha,  vaqt  o’tgan  sari  insoniyat  tafakkuri  kengayib, 

ijtimoiy  fanlar  taraqqiy  topib  borishi  natijasida  tarix  falsafasi  atrofidagi 

mulohazalar kengayadi. Uning predmeti va obyektiga aniqlik kiritiladi. Shu ilmiy 

haqiqatdan  kelib  chiqib,  N.Jo’rayev  hozirgi  zamon  tarix  falsafasining  quyidagi 

vazifalarini belgilaydi: 

- insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari va mohiyatini 

o’rganish; 

- insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha ta’sirini o’tkazib 

kelapyotgan  kommunistik  mafkura  asosidagi  ilmiy  metodologiyada  mavjud 

bo’lgan  tamoyillardan  voz  kechib,  milliy  istiqlol  g’oyasi  asosida  o’rganish  va 

davrlashtirish muammosini hal etish; 

-  sivilizasiyalar  va  madaniyatlar  yuzaga  kelishining  yaxlit  tizimini  ishlab 

chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish; 

-  tarixiy  jarayonning  umumiy  shaklini  tahlil  etish,  ularni  o’tmish,  bugun, 

kelajak tizimida mantiqan o’rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga 

aniqlik kiritish; 

-  tarixiy  taraqqiyot  omillarini  diniy  va  dunyoviy  qonunlar  nuqtai  nazaridan 

o’rganish, nazariy jihatdan baquvvat ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarni ishlab 

chiqish; 

- qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq etish va 

baholash; 

                                                                 

4

 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. -Т.: Шарқ, 1998.-Б.10



 

5

 Каримов И. Юксак маънавият- енгилмас куч.-Т.: Маънавият, 2008. –Б. 4.



 


- insoniyat tarixida to’plangan moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarning 

tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o’rganish; 

-  tarixni  anglashning  yangi  yo’nalishlarini  hozirgi  zamon  falsafiy  tafakkur 

mezonlari  asosida  belgilash  hamda  unga  tayangan  holda  ijtimoiy  taraqqiyot 

maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish; 

- yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini va  manbalarini o’rganish, shu asosda 

jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash; 

-  tarix  fani  predmeti  va  metodologiyasini  hozirgi  zamon  talablari  asosida 

qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo’nalishlarini, jumladan, 

siyosiy  tarix,  iqtisodiy  tarix,  din  tarixi,  san’at  tarixi,  etnogenezis  va  boshqa 

yo’nalishlar  bilan  mushtarak  holda  kompleks  tadqiqotlarni  olib  borish  orqali, 

inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish

6



Ana  shu  vazifalarni  hal  etishda  tarix  falsafasi  va  tarix  fanining  hamkorligi 



muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Uning  fikricha,  bir  qarashda  tarix  falsafasi  va  tarix 

fani bir-biridan ayri yo’nalishdek ko’rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqyelikka, 

insoniyat  tarixida  qaysidir  hodisaga  tarixchi  tarix  ko’zi  bilan  qarasa,  faylasuf 

faylasuf  ko’zi  bilan  qaraydi.  Aslida  har  ikki  qarashlar  zamirida  inson  taqdiri, 

tafakkur  tarzi  va  manfaatlar  ustuvorligi  yotadiki,  bu  inson  fenomeni  va  hayot 

falsafasining mantig’idir. 




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin