7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix16.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#58149
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
7-Ma'ruza

M.Veber.  Maks  Veber  (1864-1920)  o’z  sosiologik  qarashlarida  Rikkertning 

borliq  va  ongning  o’zaro  aloqasi  zamirida  subyektning  qadriyatga  bo’lgan 

muayyan  munosabati  yotadi,  degan  g’oyasiga  tayangan.  Shunga  muvofiq  Veber 

tahlil qilinayotgan materialning iqtisodiy, diniy va axloqiy qadriyatlar bilan o’zaro 

nisbatini  aniqlash  lozim  deb  hisoblagan.  O’zining  «Protestantcha  axloq  va 

kapitalizm ruhi» asarida Veber dastlab Niderlandiya, Angliya va AQShda vujudga 

kelgan sanoat kapitalizmining qaror topishiga protestantcha axloq qadriyatlarining 

ta’sirini  tahlil  qiladi.  U  hozirgi  zamon  xo’jalik  hayotida  hukm  surayotgan 

kapitalizmning  o’ziga  xos  xususiyatiga  mos  keladigan  xo’jalik  yurituvchi 

subyektlar  –  tadbirkorlar  va  ishchilar  shakllanishi  natijasida  vujudga  kelganini 

qayd  etadi.  Veber  tarixiy  materializmning  g’oyalar  iqtisodiy  munosabatlar 

ustqurmasi sifatida yuzaga kelgan, degan «sodda» tasavvurlariga to’g’ridan-to’g’ri 

e’tiroz bildiradi va aksincha, kapitalizm «ruhi» uning vujudga kelish omili bo’lgan, 

deb hisoblaydi.  

U  kapitalizm  modelini  kapitalistik  naf  ko’rishga  oqilona  intilishdan  keltirib 

chiqarishga  harakat  qiladi.  Veber  rasionalizm  tamoyillari  G’arb  madaniyatining 

barcha  hodisalarida:  fanda,  san’atda,  monumental  qurilmalar  yaratish  konstruktiv 

tamoyillarida  hukm  surishini  qayd  etadi.  Oqilona  ishlab  chiqilgan  konstitusiya, 

huquq,  oqilona  yaratilgan  qoidalarga  qarab  mo’ljal  oladigan  mutaxassis-

amaldorlardan  iborat  siyosiy  institut  sifatidagi  davlat  faqat  G’arbda  mavjud. 

Ammo  rasionalizm  qadriyatlarini  amalga  oshirishning  eng  oqilona  ifodasi 

tadbirkorlik 

sohasida 

mujassamlashgan: 

ishlab 

chiqarishning 

kommersializasiyalashuvi, 

buxgalteriya 

hisoboti, 

chayqovchilikni 

oqilonalashtiruvchi qimmatli qog’ozlar va birjalar, mehnatni oqilona tashkil etish 

va h.klardir. 

O’zining boshqa bir qator asarlari, chunonchi: «Tushunuvchi sosiologiyaning 

ba’zi bir kategoriyalari haqida», «Jahon dinlarining xo’jalik axloqi», «Xo’jalik va 

jamiyat»,  «Xo’jalik  tarixi»da  Veber  ijtimoiy  harakat  va  uning  motivasiyasi 

tushunchasini  ta’riflab  berdi.  Borliqni  tushuntirish  uchun  u  «ideal  tiplar» 

metodologiyasini  yaratdi  va  undan  foydalandi.  Veber  fikriga  ko’ra,  ijtimoiy 

organizm  hujayrasi  hisoblanadigan  ijtimoiy  harakat  ikki  omil:  subyektiv 

motivasiya  va  boshqalarga  qarab  mo’ljal  olishni  o’z  ichiga  oladi.  U  ijtimoiy 

harakatning oqilona maqsadli ijtimoiy harakat, oqilona qadriyatli ijtimoiy harakat, 

affektli ijtimoiy harakat va an’anaviy ijtimoiy harakat kabi tiplarini farqlaydi.  

O’zining  ijtimoiy  harakat  konsepsiyasini  Veber  hokimiyatni  tushunishga 

nisbatan  ham  tatbiq  etadi.  O’zgalarning  umidlariga  qarab  mo’ljal  olish  ijtimoiy 

harakatning  muqarrar  belgisi  bo’lgani  bois,  hokimiyat  siyosiy  munosabatlarda 

ishtirok  etuvchi  tomonlarning  o’zaro  umidlarini  nazarda  tutadi.  Shu  holdagina 

hokimiyat  qonuniylik  kasb  etadi:  boshqarayotganlar  o’z  buyruqlariga 

bo’ysunishlariga  umid  qiladilar;  boshqarilayotganlar  esa  oqilona  buyruqlarni 



kutadilar.  Veber  qonuniy  davlatlarning:  ish  vakolatlari  qonuniy  belgilanishining 

majburiyligiga  bo’lgan  ishonchga  ko’ra  hukmronlik;  muayyan  xulq-atvorga 

ko’nikish  bilan  belgilangan  hukmronlik;  xarizmatik  hukmronlik  kabi  uch  tipini 

farqlaydi.  Boshqaruvning  oqilona-byurokratik  tipi  vujudga  kelishi  bilan  bog’liq 

bo’lgan  hokimiyatning  namunaviy-oqilona  tipini  Veber  hokimiyat  ideali  deb 

hisoblagan.  

XX  asrda  M.Veber  ilgari  surgan  tarixiy  jarayonning  teng  huquqli  omillari 

ta’siri haqidagi g’oyasi asoslab berildi. Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bir qancha 

nazariyalari  texnika,  sanoat,  axborot  tizimlari,  kommunikasiya,  globallashuv  kabi 

omillarni birinchi o’ringa qo’yadilar.  




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin