7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja


Tarixning  mazmunini  aniqlash  yo’lidagi  izlanishlar



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix16.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#58149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
7-Ma'ruza

Tarixning  mazmunini  aniqlash  yo’lidagi  izlanishlar.  Bilimning  integral 

shakli sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni 

sintez  qiladi.  U  gumanitar  fanlar  –  psixologiya,  san’atshunoslik,  semiotika, 

san’atga  murojaat  etadi.  Tarix  falsafasining  asosiy  vazifalaridan  biri  – 

o’zgaruvchan  va  murakkab  ijtimoiy  dunyoda  hayot  mazmuniga  doir  mo’ljallarni 

topish,  insoniyat  mavjudligining  har  bir  muayyan  davrida  uning  oldida  turgan 

ustuvor  vazifalarni  belgilashdir.  Har  bir  inson  va  kishilik  hamjamiyati  hayotining 

burilish  davrlarida  uning  oldida  hayot  mazmuni  nimada  degan  savol  ko’ndalang 

bo’ladi. 



Tarixning  mazmun  va  mohiyatini  anglab  yetish  borasidagi  ilk  urinishlarga 

qadimgi  faylasuflarning  asarlarida  duch  kelish  mumkin.  Tarix  ularning  talqinida 

oldinma-ketin  yuz  beradigan  voqyealar  majmui  sifatida  namoyon  bo’lgan.  Tarix 

tavsifi ancha to’liq bo’lgan, ba’zan bo’yab ko’rsatilgan, lekin ularning hikoyatlari 

tarix  haqida  yaxlit  tasavvur  hosil  qilish  imkonini  bermagan.  Bu  narrativ 

tarixdir.(tarixchining  talqini,  interpretasiyasi)  Keyinchalik  qadimgi  faylasuflar 

tarixni uzluksiz takrorlanib turadigan jarayonlar, «abadiy ortga qaytish» (F.Nisshe) 

sifatida tasavvur qilganlar.  

Diniy an’ana tarixning butunlay boshqacha talqinini taklif qildi. O’rta asrlarda 

ilohiy taqdir asosiy tarixiy kuch sifatida e’tirof etildi. Tarixiy voqyealarning ichki 

mantiqi  alohida  mazmun  kasb  etdi:  Xudo  nafaqat  tarixiy  jarayonni  boshqaradi, 

balki  adashgan  insoniyatga  gunohlardan  forig’  bo’lish,  jannatdagi  boqiy  hayotga 

erishish  yo’lini  ko’rsatadi.  Avreliy  Avgustin  o’zining  «Ilohiy  shahar  haqida» 

asarida  boqiylik  va  muvaqqatlik,  ilohiylik  va  dunyoviylikning  birligi  to’g’risida 

so’z yuritadi. Uning fikricha, Iso Masih insoniyatga boqiylik sari yo’l ko’rsatgan. 

Tarixning  mazmuni  –  boqiylikka  eltuvchi  yo’ldan  borishda,  inson  hayotining 

mazmuni esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig’ bo’lishdadir.  

Ibn  Xaldun  tarixning  mazmuni  haqida  mulohaza  yuritar  ekan,  uni,  inson 

hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd 

etadi.  Ammo,  shunga  qaramay,  tarixning  mazmuni  haqida  erkinlik,  ijod 

tushunchalariga  tayanib  so’z  yuritish  mumkin,  deb  hisoblaydi.  Tarixning 

harakatida Ibn Xaldun obyektivlashuvning inson ustidan hukmini kamaytiradigan, 

uning  erkinligi  va  ijodining  tantanasini  qaror  toptiradigan  jarayonlarni  aniqlashga 

harakat qiladi.  

Tarixda  mazmunning  mavjudligi  haqidagi  tasavvur,  shuningdek  O’rta  asrlar 

falsafasi  ilk  bor  ta’riflab  bergan  insoniyatning  taraqqiyoti  g’oyasi  ancha 

yashovchan  bo’lib  chiqdi:  u  turli  yo’nalish  va  oqimlarga  mansub  faylasuflar 

tomonidan  muayyan  falsafiy  ta’limotlar  nuqtai  nazaridan  u  yoki  bu  tarzda  talqin 

qilingan.  Masalan,  Ma’rifat  davrida  barcha  tarixiy  voqyealarga  oqilonalik 

mezoniga muvofiq baho berilgan. Mazkur konsepsiya eng mukammal ko’rinishda 

D.Didro  tashabbusi  bilan  yaratilgan  «Ensiklopediya»ning  faol  ishtirokchilaridan 

biri, fransuz ma’rifatchisi Nikolay Kondorse asarida o’z aksini topgan. U o’zining 

«Inson  tafakkuri  taraqqiyotining  tarixiy  manzarasiga  chizg’i»  deb  nomlangan 

risolasida  kishilik  jamiyatining  barcha  jabhalariga  tafakkurning  kirishi  g’oyasini 

mazkur jamiyat rivojlanishining uzoq istiqboli sifatida asoslashga harakat qiladi.  

Tafakkurning  tantanasi  g’oyasi  insoniyat  tarixining  mazmuni  sifatida  Gegel 

tomonidan ham asoslangan. U tarixga mutlaq ruh, olamiy Aql taraqqiyoti sifatida 

yondashgan. Gegel fikriga ko’ra, mazkur taraqqiyot o’zining alohida vazifasini ado 

etishi  lozim  bo’lgan  ayrim  xalqlar  ruhi  orqali  amalga  oshadi.  Uning  fikricha, 

tarixiy  jarayon  «aqlga  muvofiq»,  ya’ni  tasodiflardan  yoki  ayrim  shaxslarning 

o’zboshimchaligidan  qat’iy  nazar  o’ziga  yo’l  ochadigan  obyektiv  qonuniyatlar 

bilan  belgilanadi.  Tarixning  mazmuni  mutlaq  ruh  o’zini  o’zi  anglab  yetishidadir, 

deb qayd etadi Gegel. 

Tarixning  mazmunini  aniqlash  borasidagi  keyingi  izlanishlar  amalda 

muayyan  ideal  tajassumi  sifatidagi  tarixning  mazmuni  haqidagi  tezisning 



ko’rinishlari hisoblanadi. Idealning mazmuni har xil, hatto qarama-qarshi bo’lishi 

mumkin:  texnokratik  illyuziyalar,  ommaviy  iste’mol  jamiyati  ideali,  axborot 

jamiyati ideali, xususiy mulk va ekspluatasiyasiz umumiy tenglik jamiyati va h.k. 

Tarixning mazmunini aniqlash yo’lidagi izlanish rang-barang ekanligiga qaramay, 

uning har  bir  talqini  aholi  muayyan  qismining  orzu-umidlariga  mosdir. Tarixning 

mazmuni  tushunchasining  eng  teran  talqinlarini  XX  asr  faylasuflari  –K.Yaspers 

taklif qilgan . U jahon tarixining mazmunini davrlarning umuminsoniy aloqalarga 

asoslanadigan  mazmun  jihatidan  bog’lanishida  ko’radi.  Mazkur  bog’lanishning 

mavjudligini tarixning mazmunini aks ettiradigan dunyoviy vaqt o’qi kafolatlaydi. 

U  Sharq  va  G’arb  madaniyatlarining  umumiy  asosi  hisoblanadi.  Yaspers  jahon 

tarixida  tillarning  vujudga  kelishi,  mehnat  qurollari  ixtiro  qilinishi,  olovdan 

foydalanishga  kirishilishi  kabi  to’rt  bosqichini  farqlaydi:.  Vaqt  o’qining 

boshlanishi  Hindiston,  Xitoy,  Yunoniston  ,Markaziy  Osiyo,  Eron  buyuk 

madaniyatlari  deyarli  bir  vaqtda  vujudga  kelgan  miloddan  avvalgi  800  va  200 

yillar oralig’idagi davrga mos keladi. Yevropada fan-texnika davrining boshlanishi 

mazkur  madaniyatlarning  davomi  (ma’lum  ma’noda  esa  ularning  ziddi)  bo’lgan. 

To’rtinchi  bosqichda  insoniyatning  birligi  vujudga  keladi.  Bu  davrda  jamiyat 

insonga  munosib  bo’lgan  asoslar  va  tamoyillarga  muvofiq  rivojlanadi. 

Totalitarizmdan  butunlay  voz  kechishga  asoslangan  huquqiy  davlat  mazkur 

birlikning  kafili  hisoblanadi.  Tarixning  mazmuni  –  umuminsoniy  madaniyatni  va 

vaqt o’qining avvalida shakllangan an’analarni saqlash va rivojlantirishdadir.  

Bugungi  kunda  jamiyatning  globallashuvi  munosabati  bilan  tarixning 

mazmuni haqidagi masala yana kun tartibidan o’rin olmoqda. Zamonlar va xalqlar 

aloqasini,  xalqlar  o’rtasidagi  hamjihatlikni  qaror  toptiradigan,  ajdodlarning 

ma’naviy  merosini  saqlash  va  ko’paytirishni,  hozirgi  avlodlarning  erkinligi  va 

ijodiy  imkoniyatlarini  ro’yobga  chiqarishni  ta’minlaydigan  qadriyatlar  tizimiga 

qarab mo’ljal oluvchi g’oyalar yana muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

XIX asrda falsafadan sosiologiya ajralib chiqa boshladi. Mazkur fan jamiyatni 

tushunishga  nisbatan  falsafiy  yondashuvlarni  asosan  tan  oladi  va  ayni  vaqtda  o’z 

predmeti va tadqiqot metodlariga ega.  



O.Kont. Ijtimoiy tadqiqotlarning obyektivligiga erishish lozim, degan g’oyani 

himoya  qilgan  O.Kont  (1798-1857)  fan  sifatidagi  sosiologiya  asoschisi.  U 

sosiologiyani  ikki  qismga  ajratadi:  birinchi  qism  ijtimoiy  statikani,  ya’ni  ijtimoiy 

tizimlarning  mavjudlik  shartlarini  va  ularning  amal  qilish  qonunlarini,  ikkinchi 

qism  esa  –  ijtimoiy  dinamikani,  ya’ni  jamiyatning  rivojlanish  va  o’zgarish 

qonunlarini  o’rganadi.  Ijtimoiy  statika  –  odam  organizmining  tuzilishiga  o’xshab 

ketadigan jamiyat «anatomiyasi»dir. Kont jamiyatda oila, din, davlat kabi muhim 

institutlarni farqlaydi. U jamiyat rivojlanishining uch bosqichi qonunini ta’riflaydi. 

Mazkur  bosqichlar  insoniyat  aqliy  rivojlanishining  uch  bosqichiga  mos  keladi: 

teologik bosqich (u qadimgi davr va ilk O’rta asrlarni qamrab oladi va XIII asrda 

tugaydi),  metafizik  bosqich  (XIV-XVIII  asrlar)  va  pozitiv  bosqich  (XIX  asrda 

boshlanadi).  




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin