7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix16.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#58149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
7-Ma'ruza

E.Dyurkgeym. E.Dyurkgeym (1858-1917), jamiyatni tushunishni qadriyatlar 

tizimi  bilan bog’lagan,  faqat shu  yo’l  bilan  tarixni uning o’ziga  xos xususiyatiga 

muvofiq  tarzda  o’rganish  mumkin,  deb  hisoblagan.  E.Dyurkgeym  ham 

qadriyatlarni  jamiyat  tuzilishini  belgilovchi  muhim  omil  deb  bilgan.  Jamiyat 

tuzilmasini  o’rganishga  nisbatan  u  strukturaviy  funksionalizm  nuqtai  nazaridan 

yondashgan. Jamiyat borliqning alohida sohasi bo’lib, u o’z qonunlariga muvofiq 

rivojlanadi.  Noijtimoiy  xususiyatga  ega  bo’lgan  omillar  jamiyat  hayotiga  jiddiy 

ta’sir  ko’rsatishga  qodir  emas.  Jamiyat  tuzilmasiga  Dyurkgeym  o’zaro  ta’sirga 

kirishadigan  va  bir-birini  vujudga  keltiradigan  ijtimoiy  dalillar  majmui  sifatida 

qaraydi.  Ijtimoiy  dalillar  sababini  ongdan  emas,  balki  bundan  oldingi  ijtimoiy 

dalillardan  qidirish  lozim.  Ijtimoiy  tuzilma  dalillarning  ikki  guruhidan  tarkib 

topadi:  birinchidan,  u  moddiy  va  ma’naviy  qadriyatlarni,  ikkinchidan,  ijtimoiy 

jamoalarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy jamoalarni tahlil qilar ekan, Dyurkgeym oila, 

kasbiy  guruh  kabi  jamoalarni,  shuningdek  mehnat  taqsimotiga  muvofiq  vujudga 

keladigan,  ijtimoiy  birlik  (axloq,  din)ni  ifoda  etadigan  ijtimoiy  institutlarni 

farqlaydi.  Ijtimoiy  jarayonda  sababiyat  ijtimoiy  muhitning  yuqorida  zikr  etilgan 

elementlarining u yoki bu hodisani vujudga keltiradigan o’zaro ta’siridir.  

Dyurkgeym  ijtimoiy  evolyusiya  mavjudligini  qayd  etadi  va  uni  mehnat 

taqsimoti  bilan  bog’laydi.  U  rivojlangan  mehnat  taqsimoti,  ixtisoslashuv  va 

kooperasiyani  yuksak  darajada  uyushgan  jamiyatning  belgisi  deb  hisoblaydi. 

Mazkur jamiyat mehnat taqsimoti mavjud bo’lmagan arxaik jamiyatlardan ayni shu 

belgiga  ko’ra  farq  qiladi.  Mehnat  taqsimoti  individlar  o’rtasidagi  farqlarni 

belgilaydi  va  shaxs  shakllanishining  omili  hisoblanadi.  U  odamlarni  o’zaro 

aloqadorlik tizimi bilan birlashtirib, ijtimoiy aloqalarga uyg’un tus beradi.  

Dyurkgeym shaxs va jamiyatning uzviy aloqasini qayd etadi. Uning fikricha, 

jamiyatning tubanlashuvi muqarrar tarzda shaxsning tubanlashuviga sabab bo’ladi. 

Ne’matlar  va  xizmatlarni  ayirboshlashning  buzilishi  natijasida  yuzaga  keladigan 



tengsizlik,  shuningdek  shaxs  o’z  kasbiy  roliga  moslashmagani  jamiyatda  sinfiy 

kurashni  keltirib  chiqaradi.  Mehnat  taqsimotini  muvofiqlashtirishning  maqbul 

vositalarini  topish,  imkoniyatlar  tengligini  ta’minlaydigan  qoidalarning  aniq 

majmuini belgilash talab etiladi. Dyurkgeym bu jarayonda sosiologiya fan sifatida 

ayniqsa muhim rol o’ynaydi deb hisoblagan.  


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin