7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix16.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#58149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
7-Ma'ruza

 

1-MASALA.  Insoniyat  azal-azaldan  jamoa  bo’lib  yashaydi.  Yer  sayyorasi 

uning  abadiy  makoni,  umumiy  Vatanidir.  Quyosh  tizimidagi  ana  shu  mitti 

sayyorada  yashayotgan  odamlar  oilasini  jamiyat  deb  atash  odat  tusiga  kirgan. 

Demak, umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma 

davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu 

bilan  birga,  biror  davlat  xududidagi  odamlar  hayoti,  sivilizasiyaning  muayyan 

davrlaridagi  turmushga  nisbatan  ham  ushbu  tushuncha  qo’llanadi.  Har  qanday 

holda  ham,  u  umumiy  tushuncha  bo’lib,  ayrim  odam  va  alohida  shaxs  jamiyat 

a’zosi deb ataladi.  

  Tilimizdagi  jam,  jamoat  va  jamiyat  degan  so’zlar  bor.  Barchasining  o’zaro 

yig’ilgan,  to’plangan  degan  ma’noni  bildiruvchi  jam  iborasidir.  Masalan:  jamoat 

jam.  Odamlar  jam  bo’lishdi.  Jami  –  o’n  nafar.  Shuningdek,  jam  so’zi  qo’shuv 

ma’nosida ham ishlatiladi. Jamoa iborasi biror mahalla yoki qishloq aholisini, biror 

muassasa,  tashkilot  yoki  korxona  ahlini  bildiradi,  ya’ni  bir  joyning  bir  guruh 

kishilari deganidir. 

  Jamoa  atamasi  ma’nosi  jihatidan  jamoatdan  farqlanadi.  Jamoatda  turli 

qarashdagi  kishilar  bo’lsa,  jamoada  esa  bir  maqsad,  bir  xil  manfaat  yo’lida  jam 

bo’lgan  kishilar  tushuniladi.  Masalan,  jamoat  deganda  bir  masjidda  namoz 

o’quvchi  hammahalla,  hamqishloq  kishilar  nazarda  tutiladi.  Jamoat  so’zining 

jamoatchilik, adabiy jamoatchilik, talabalar jamoatchiligi va hokazo. 

  Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakklanadigan 

ijtimoiy  munosabatlar  majmuidir.  Ijtimoiy  munosabatlar  ichida  eng  asosiysi, 

siyosiy  va  huquqiy  ustqurma  uchun  haqiqiy  bazis  bo’ladigan,  ijtimoiy  ong 



shakllarini  belgilaydigan  munosabatlar  –  iqtisodiy  munosabatlardir.  To’g’ri, 

jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy taraqqiyotdir.

1

 

  Jamiyat  ijtimoiy  mehnat  taqsimoti  asosida  shuurga-ongga  til  va  nutqqa  ega 



bo’lgan,  bir-birlarining  ijtimoiy  yordami,  ko’magiga  ehtiyoj  sezuvchi  insonlar 

ijtimoiy uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy atamasidir.  

  Jamiyat  –  tabiatning  bir  qismi,  ya’ni  ijtimoiy  borliqg’  bo’lib,  odamlar 

uyushmasining  maxsus  shakli,  kishilar  o’rtasida  amal  qiladigan  juda  ko’plab 

munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda 

rivojlanuvchi  takomillashib  boruvchi  murakkab  tizimdir.  Har  bir  yangi  davrda 

jamiyat  mohiyatini  bilish  zarurati  vujudga  keldadi.  Milliy  mustaqillik  tufayli 

jamiyat  mohiyatini  yangicha idrok  etish  ehtiyoji  paydo  bo’ldi.  Birinchi  prezident 

Islom  Karimovning  qator  asarlarida  jamiyat  mohiyatini  yangicha  tushunishning 

uslubiy  asoslari  yaratildi.  Jamiyat  moddiy  va  ma’naviy  omillar  birligidan  iborat. 

Hozirga  qadar  adabiyotlarda  moddiy  va  ma’naviy  hayot  bir-biridan  keskin 

farqlanar edi. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati 

bilan uzviy bog’liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, 

jamiyatning  moddiy  va  ma’naviy  jihatlarini  ham  bir-biridan  ajratish  va  ularning 

birini  ikkinchisidan  ustun  qo’yish  mantiqqa  ziddir.  Insonning  moddiy  ehtiyojlari 

oziq-ovqatlar,  kiyim-kechak,  uy-joy,  transport  vositalari,  o’zini  himoyalash, 

zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o’zlini 

angalsh,  dunyoqarash,  donishmandlikka  intilish,  bilim,  san’at,  g’oya,  mafkura, 

go’zallik  bilan,  ma’naviy  kamolot  yo’lidagi  intilishlar  kiradi.  Insonning  asl 

mohiyati  moddiy  ehtiyojlarni  madaniy  shakllarda  qondirishida  yaqqol  namoyon 

bo’ladi.  Inson  aqlli  mavjudot  sifatida  moddiy  ehtiyojlarini  madaniy  shakllarda 

qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni 

uyg’unlashtirishga,  tabiat  va  jamiyatni  o’z  maqsadlariga  mos  ravishda 

o’zgartirishga harakat qiladi. Ilm – fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy 

ehtiyojlarini  qondirish  quroli,  muhim  vositasi  bo’lib  xizmat  qiladi.  Inson  yuksak 

ma’naviyat  tufayligina  o’z  ehtiyojlarini  madaniy  shakllarda  oqilona  va  to’liqona 

qondirish imkoniga ega bo’ladi.  

  Mamlakatimizda  ma’naviyat  masalalariga  alohida  e’tibor  berilayotganining 

sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy 

 hayoti  kishilarning 

moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi. 

  Jamiyat  ham  makro  va  mikro  jismlar  kabi  o’z-o’zini  tashkillovchi    va 

boshqaruvchi  tizimdir.  Binobarin,  bu  tizim  muayyan  qonunlar  asosida  mavjud 

bo’ladi va takomillashib boradi.  

  Ikki jins yakka nikohlikka asoslangan oila shaklida yashashga o’tishi, urug’, 

qabila,  elat  (xalq,  millatlarning  vujudga  kelishi  va  shu  birliklarda  o’z  moddiy  va 

ma’naviy ehtiyojlarini qondirishlari qonuniy jarayonlardir. Jamiyat taraqqiyotining 

muayyan  bosqichida  davlatlarning  kelib  chiqishi,  mulkiy  munosabatlar,  ishlab 

chiqarish  munosabatlari,  har  bir  jamiyatning  o’z  bazis  va  ustqurmasi  bo’lishi, 

bozor  iqtisodi  munosabatlari,  (bularning  iqtisod  nazariyasi  va  sosiologiya  fanlari 

                                                                 

1

 Қаранг: Иброҳимов А., Султонов Х.,Жњраев Н. Ватан туйғуси. Т., 1996 й., 94-бет.



 


batafsil o’rganadi) – ana shu ijtimoiy hodisalar albatta ijtimoiy qonunlar ta’sirida 

tarixan o’z-o’zidan shakllangan.  

  Jamiyat  qonunlarining  amal  qilishi  odamlar  va  ular  uyushmalarining  ongli 

faoliyati bilan bog’lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va 

xususiy  (juz’iy)  qonunlar  tipologiyasiga  ajratish  mumkin.  Falsafa  qonunlar  va 

kategoriyalarida o’z ifodasini topgan  o’zaro  aloqadorliklar, bog’lanishlar ijtimoiy 

hayotda ham namoyon bo’ladi. Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar, 

tamoyillarni  bilish  jamiyatni  ilmiy  boshqarish  imkoniyatini  tug’diradi.  Insoniyat 

tarixiy  takomilida,  sosial,  ealtlar,  millatlar  hayotida  o’xshash  shart-sharoitlarda 

birdek  amal  qiladigan  qonunlarni  umumiy  qonunlar  deb  atash  mumkin.  Masalan, 

moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o’rtasidagi mutanosiblik 

qonuni  bozor  munosabatlarining  ikki  tomni  o’rtasidagi  yoki  ehtiyojlar  bilan 

manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni anglatadi.  

  Muayyan  jamiyat  taraqqiyoti  va  tanazzulining  aniq  bir  bosqichlari,  holati 

to’g’risida  ravshan  tasavvurga  ega  bo’lish  uchun  xususiy  (juz’iy)  ijtimoiy 

qonunlarni  ham  anglab  olish  zarur.  Bunday  qonunlarning  amal  qilish  darajasi 

malum bir makon va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat taraqqiyotining faqat 

ayrim  bosqichlarigagina  xos  aloqadorliklarni  ifodasi  bilan  farqlanadi.  Masalan, 

sobiq  Sho’rolar  davrida  amal  qilgan  planli  proporsional  deb  atalgan  qonunning 

harakati  yo’li  shu  davlat  tugashi  bilan  to’sib  qo’yildi.  Yoki  talab  va  taklif 

o’rtasidagi mutanosiblik qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi umumiy 

qonunlar  O’zbekiston  sharoitida  o’ziga  xos,  betakror  amal  qilishi  u  qonunlarga 

xususiylik baxsh etadi. Prezident Islom Karimov asos solgan O’zbekistonda bozor 

iqtisodiga  o’tishning  besh  tamoyili  barcha  qonunlarning  amal  qilishiga  o’ziga 

xoslik baxsh etadi. Umuman olganda, eng umumiy, umumiy, xususiy qonunlar bir-

biri  bilan  dialektik  aloqadorlikda  bo’lib,  ular  bir-birini  ham  iqror  qiladi,  ham 

istisno etadi.

2

 



  Falsafiy  tafakkur  tarixida  jamiyatning  mohiyati  va  rivojlanishiga  oid  turli 

nazariyalar mavjud. Bizlarga ma’lumki, jamiyat hayotidagi qarashlar juda qadimgi 

davrlardayoq maydonga kelgan qadimgi Markaziy Osiyoda zardushtiylik dinining 

muqaddas kitobi «Avesto» da, Mazdakning qarashlarida mu’tadil jamiyatni barpo 

etishni  olg’a  surgan,  shunday  jamiyatdagi  davlat  ideal  davlat  deb  ta’kidlangan. 

Qadimgi  turk  mifologiyasida  ham  adolatli,  faravon  jamiyat  va  davlat  haqida 

e’tiborga  sazavor  qarashlar  mavjud.  Qadimgi  yunon  faylasufi  Aflotun 

takomillashgan  kishilik  jamiyatini,  ideal  davlatni  barpo  qilish,  lozim  deb 

hisoblagan.  Markaziy  Osiyodan  yetishib  chiqqan  Abu  Nasr  Forobiy  o’zining 

«Fozil odamlar shahri» asarida jamiyatning vujudga kelishi, maqsadi va vazifalari 

haqida  ta’limot  yaratgan.  Abu  Rayxon  Beruniy,  Abu  Ali  Ibn  Sino  kabi 

mutafakkirlar  kishilik  jamiyati  paydo  bo’lishi  sabablarini  insonning  boshqa 

mavjudotlarga  nisbatan  ojizligi  birdamlik  hissining  rivojlanganligi  bilan 

izohlaganlar. 

  Falsafiy  tafakkur  tarixida  jamiyatning  mohiyati  va  rivojlanishiga  oid  turli 

nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi I.Kant jamiyatning vujudga kelishini 

                                                                 

2

 Қаранг: Каримов И. Фалсафа фанидан ваъз (лекция) матнлари. Тошкент, 2003 йил, 115-116-бетлар.



 


axloqning  shakllanishi  bilan  izohlagan.  G.Gegel  esa  jamiyatning  shakllanishi  va 

rivojlanishi  sabablarini  mutlaq  ruhning  rivojlanishi  bilan,  L.Feserbax  din  bilan 

bog’langan,  ijtimoiy  taraqqiyot  sabablarini  diniy  ong  taraqqiyotidan  izlagan. 

Fransuz mutafakkiri O.Kant jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy 

taraqqiyotining  uch  bosqichi  (geologiya,  metafizik,  pozitiv  bosqichlar)  bilan 

izohlagan. K.Markas jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy 

o’zgarishlar  bilan  bog’lagan,  barcha  ijtimoiy  hodisa  va  jarayonlarni  sinfiy  nuqtai 

nazardan  tushuntirgan.  Ijtimoiy  ziddiyatlarni  sun’iy  ravishda  mutlaqlashtirgan  va 

ziddiyatlarni  hal  etishning  asosiy  usuli  sifatida  ijtimoiy  inqilobni  amalga 

oshirishni,  mulkdorlar  sinfini  tugatishni  taklif  etgan.  Ijtimoiy  amaliyot  bunday 

nazariyaning bir yoqlama ekanini ko’rsatadi.  

  Jamiyat  taraqqiyoti  ko’p  bosqichli  jarayon  ekani  to’g’risidagi  qarashlar 

AQSh  faylasufi  O.Toffler  tomonidan  ilgari  surilgan.  Bunday  qarashga  ko’ra, 

jamiyatlar  taraqqiyotiga  binoan  agrar  jamiyat,  industrial  jamiyat,  postindustrial 

jamiyatga  ajratilgan.  Adabiyotlarda  jamiyat  taraqqiyoti  borasida  sivilizasiyali 

yondashuv  g’oyasi  ilgari  surilmoqda.  Bunday  yondashuvga  ko’ra,  har  bir  xalq 

o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan 

holda,  boshqa  xalqlar  tajribalaridan  ijodiy  foydalanish  orqali  ijtimoiy 

taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi.  

  Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga 

qo’ygan  maqsadlariga  erishish  uchun  osoyishtalik  va  tinchlikka  muhtoj  bo’lgani 

kabi jamiyat ham o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy 

barqarorlikka  ehtiyoj  sezadi.  Barqarorlik  –  jamiyat  taraqqiyotining  tadrijiy 

rivojlanishi,  ijtimoiy  tizimning  muayyan  darajadagi  bir  tekis  faoliyat  ko’rsatish 

imkoniyatidir.  U  turg’unlik  tushunchasidan  keskin  farqlanadi.  Ijtimoiy-siyosiy 

turg’unlik  tushunchasi  jamiyatdagi  mavjud  siyosiy,  ma’naviy  tizimning  tanazzuli 

alomatidir.  

  Jamiyatda  barqarorlik  beqarorlik  bilan,  inqiroz  gullab-yashnash  bilan 

almashib turishi ham  mumkin. Jamiyatning  ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy 

sohalarida  muayyan  yutuqlarga  erishilgach,ijtimoiy  imkoniyatlar  ro’yobga 

chiqarilib bo’lgach bundan keyingi taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tug’iladi 

va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi. 

  Beqarorlik  ichki  va  tashqi  jarayon  va  tahdidlar  natijasida  vujudga  keladi. 

Beqarorlik  bir  ijtimoiy-siyosiy  tuzumdan  boshqa  ijtimoiy-siyosiy  tuzumga  o’tish 

davrida  keskinlashish  mumkin.  Jamiyat  beqarorlikning  izdan  chiqishi  kishilar 

psixologiyasidagi  salbiy  o’zgarishlarda,    qonunlarning  ishlamasligida,  ijtimoiy 

burchning  ado  etilmasligida,  ijtimoiy  ideallarning  yo’qolishida,  g’oya  va 

mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo’lishida, 

ijtimoiy  adolat  mezonlarining  buzulishida,  davlat  idoralarining  aholini  boshqarish 

qobiliyati  kuchsizlanishida,  turli  ziddiyatlarning  keskinlashuvida  o’z  ifodasini 

topadi.  

  2-MASALA.  Jahon  tajribasi  har  bir  mamlakat  va  xalqning  o’z  taraqqiyot 

yo’lini tanlash huquqiga ega bo’lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni 

ta’minlash garovi ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan 

keiyn  o’z  milliy  davlatchilik  asoslarini  mustahkamlash,  o’ziga  xos  va  mos 



taraqqiyot yo’lini tanlash, rivojlantirishning o’zbek modelini yaratish imkoniga ega 

bo’ldi. 


  Demokratik jamiyat uchun inson manfaatlari, erkinligi va qadr-qimmati oliy 

qadriyat  hisoblanadi.  Har  qanday  jamiyat  hayoti  uchun  davomiylik,  vorisiylik  va 

uzluksizlik  xosdir.  Bu  qonuniyatlar  buzilsa,  jamiyatning  tabiiy  hayotida 

yo’qotishlar  ro’y  beradi.  Bu  holat,  ayniqsa,  bir  tizimdan  boshqa  tizimga  o’tish, 

jamiyat  rivojlanishining  yangi  bosqichiga  ko’tarish  jarayonida  yaqqol  ko’zga 

tashlanadi.  Mavjud  tizimdan  sifat  jihatdan  yangi  tizimga  o’tish  jarayonida 

islohotlarni ijtimoiy larzalarsiz amalga, odamlarning tafakkurini o’zgartirish, yangi 

qonun  va  normalar  ishlab  eskizidan  foydalanish  jamiyat  rivojlanishiga  ta’sir 

ko’rsatadi.  

  Ijtimoiy  rivojlanishning  o’zbek  modeli  insoniyatning  rivojlanish  borasidagi 

ilg’or  tajribasiga,  milliy  davlatchilik  tajribalarimizga  va  xalqimiz  mentalitetiga 

tayanadi.  

  Ijtimoiy  rivojlanish  borasida  odatda  ikki  yo’ldan  –  inqilobiy  va  tadrijiy 

yo’ldan  borgan.  Insoniyat  tajribasi  ijtimoiy  rivojlanishning  keskin  inqilobiy 

o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (yevolyusion) 

taraqqiyoti  barqaror  –  tabiiy  rivojlanish  yo’li  ekanini  ko’rsatadi.  O’zbekistonning  

Birinchi Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini 

shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, - evolyusion yo’li bilan normal, 

madaniyatli  taraqqiyotga  o’tish  –  tanlab  olingan  yo’lning  asosiy  mazmuni  va 

mohiyatidir.  ..  Bozor  iqtisodi  sari  buyuk  sakrashlar,  inqilobiy  qayta  o’zgarishlar 

yo’li  bilan  emas,  balki  sobitqadamlik  va  izchillik  bilan  –  bosqichma-bosqich 

harakat  qilish  kerak.  Har  bir  bosqichning  qancha  davom  etishi  hal  qilish  lozim 

bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining 

mehnat faoliyatiga bog’liqdir».

3

 

  O’zbek modelining asosiy tamoyillari quyidagilardir: 



– iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; 

– davlatning bosh islohotchi ekanligi; 

– qonun ustuvorligi; 

– kuchli ijtimoiy himoyalash; 

– bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish; 

  o’zbek  modelining  o’ziga  xos xususiyatlari  davlatchilik  asoslarining, milliy 

qadriyatlarning  qayta  tiklanishi,  o’zlikni  anglash,  umuminsoniy  qadriyatlarning 

ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, 

demokratik 

qadriyatlarning 

rivojlantirilishi 

hamda 


inson 

huquqlarining 

kafolatlanishi va boshqalarda o’z ifodasini topmoqda.  

  O’zbek  modelining  hayotiyligi  jahon  jaoatchiligi  tomonidan  e’tirof  qilindi. 

O’zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va 

uni  o’rganishga  bo’lgan  qizikish  ortib  bormoqda.  O’zbekona  taraqqiyot  yo’li 

ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishni bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda amalga 

oshirishda,  ma’naviyat,  ma’rivat,  madaniyatga  bo’lgan  e’tiborning  kuchayishida 

yaqqol ko’zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi insoni intellektual va 

                                                                 

3

 Ислом Каримов. Ўзбекистон: миллий истиҚлол, иҚтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. Т., 1996 й.ғ 40-41, 64-



бетлар.

 



axloqiy  qobiliyatlarining  rivojlanishi  iqtisodiy  rivojlanish  uchun  puxta  zamin 

yaratadi.  Kishilarda  yangicha  iqtisodiy  tafakkur,  tadbirkorlik  qobiliyatlarini 

rivojlantirishda  zamonaviy  ilm-fan,  texnika  va  texnologiya  asoslarini  egallash 

muhim ahamiyat kasb etadi.  

  Jamiyat  va  oila  mohiyatan  bir-biri  bilan  uzviy  bog’liq.  Oilada  jamiyatning 

tub mohiyati o’z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. 

Har  bir  jamiyat  a’zosi  oila  bag’rida  voyaga  yetadi,  ijtimoiy  munosabatlarni 

o’zlashtiradi  va  insoniy  fazilatlarni  namoyon  etadi.  Barkamol  insonni 

shakllantirish,  yni  hayotga,  mehnatga  tayyorlash  oilaning  muqaddas  vazifasidir. 

Oilani  mustahkamlash  jamiyat  barqarorligi  va  qudratining  muhim  sharoitdir.  Shu 

boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi. 

  Jamiyatdagi  ma’naviy-axloqiy  muhitning  sog’lomligi  ko’p  jihatdan  oilaviy 

madaniyatga bog’liq. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Oilada er 

va  xotinning  mavqyei,oilaviy  munosabatlar  xarakteri  turli  xalqlarda  turlichadir. 

Mamlakatimizda  milliy  mustaqillik  yillarida  ma’naviyatimiz  sohasida  amalga 

oshirilayotgan islohotlar, avvalo oila qadriyatlarini, eng ilg’or an’analarni tiklashga 

qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o’zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona 

va  ayolning  muqaddasligi  to’g’risidagi  g’oyalar  oilaviy  munosabatlarni 

takomillashtirishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Ulug’  mutafakkirlar  jamiyatning 

madaniy  darajasi  ayol  va  oiladagi  ahvol,  mavqyei  bilan  belgilanishini  alohida 

ta’kidlaganlar.  Sog’lom,  barkamol  avlod  tarbiyasi  jihatdan  ayolning  ma’anviy 

salohiyati,  bilimi,  uddaburonligi  va  erkinligiga  bog’liqdir.  Mamlakatimizda 

keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi 

mavqyei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir.  

  Oila  muammolari  ilmiy  asosda  o’rganilganligi  va  ularni  oqilona  hal  etishni 

o’z  oldiga  maqsad  qilib  qo’ygan  respublika  «Oila»  ilmiy-amaliy  markazining 

tashkil  etilganligi  ham  davlatimizning  oilaviy  munosabatlarini  takomillashtirishga 

alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi.  

  Davlat  –  jamiyatni  boshqarish,  tartibga  solish,  ijtimoiy  barqarorlikni 

ta’minlashga  qaratilgan  alohida  bir  muassasadir.  Davlat  umuminsoniy  qadriyat, 

insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug’idir. 

  Jamiyat  ma’naviy  salohiyatining  yuksalib  borishi  bilan  siyosiy  boshqarish 

shakllari  va  usullari  ham  takomillashib  boradi.  O’zgargan  tarixiy  sharoitda 

davlatning  mohiyati,  mazmuni  va  vazifalariga  yangicha  yondashish  zarurati 

vujudga  keladi.  Mustaqillik  yillarida  milliy  davlatchilik  an’analarining  tiklanishi 

bilan  davlatning  tashkilotchilik,  bosh  islohotchilik  faoliyati  yangicha  mazmun  va 

ahamiyat kasb etdi.  

  Birinchi 

Prezidentimiz 

I.A.Karimov 

tomonidan 

ishlab 


chiqilgan 

taraqqiyotning  o’zbek  modeli  konsepsiyasining  amalga  oshirilishida  davlat  hal 

qiluvchi  o’rin  tutadi.  Mamlakatimizning  siyosiy,  huquqiy  hayotida  amalga 

oshirilayotgan  tub  islohotlar  siyosiy  boshqaruvni  yanada  takomillashtirishga, 

yurtimizda  huquqiy  demokratik  jamiyat  barpo  etishga,  kuchli  davlatdan  kuchli 

javmiyatga o’tishga qaratilgandir. 

  Jamiyat  hayotida  turli  jamoalar,  tashkilot  va  uyushmalar  ham  faoliyat 

ko’rsatadi.  Ularni  shartli  ravishda  davlat  va  nodavlat  tashkilotlariga  ajratish 




mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar 

uyushmalari,  turli  jamg’armalar,  xotin-qizlar  tashkilotlari,  faxriylar  uyushmasi, 

mahalla  o’mitalari  av  boshqalar  kiradi.  Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan 

barcha  islohotlar  inson  salohiyatini  yanada  yuksaltirishga,  yurtimizda  fuqarolik 

jamiyatini barpo etishga qaratilgandir. 

  Demokratik  jamiyatni  barpo  etish  –  O’zbekiston  taraqqiyotining  bosh 

maqsadi. Bu jamiyat kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga 

asoslanadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin 

uyushmalarning  ko’p  qirrali  aloqasi  bo’lib,  davlat  qonunlarini  hurmat  qilib 

bajaruvchi  jamiyat  tarkibiga  kiruvchi  elementlarning  nisbiy  mustaqilligiga 

asoslanuvchi,  turli  ziddiyat  va  ixtiloflarni  qonun  doirasida  o’zaro  kelishuv,  sabr-

toqat  va  muzokaralar  orqali  hal  etishga  asoslanuvchi  jamiyatdir.  Demokratik 

jamiyat  umuminsoniy  tamoyillar,  milliy  davlatchilik  xususiyatlari,  o’ziga  xos 

turmush  tarzi  va  hayot  falsafasi  negizida  qaror  topadi.  O’zbekiston  milliy 

mustaqilligining dastlabki yillaridanoq shunday jamiyat asoslarini barpo etishni o’z 

oldiga maqsad qilib qo’ydi.  

  Demokratik  jamiyatda  davlatning  qator  vazifalari  fuqarolarning  o’z-o’zini 

boshqarish  organlari  qo’liga  o’ta  boshladi,  mahalliy  hokimiyat  organlarining 

vakolati  kengayadi.  Bunday  jamiyat  asoslarini  barpo  etish  kishilarning  yuksak 

siyosiy 


va 

huquqiy 


madaniyati, 

ijtimoiy-siyosiy 

faolligiga 

tayanadi. 

Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining 

kuchaytirilishi  xalqimizning  o’z-o’zini  boshqarish,  idora  etish  madaniyatini 

shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin