7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/18
tarix16.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#58149
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
7-Ma'ruza

6- 

MASALA.  Ehtiyoj  –  biologik  va  ijtimoiy  yashash  va  faoliyat 

ko’rsatish  uchun  zarur  bo’lgan  narsalarga  munosabat  sobiq  ittifoq  davrida  chop 

etilgan falsafiy lug’at, qomus va qomusiy lug’atlarda ehtiyoj, inson organizmi va 

shaxsiyatining yashashi uchun kerak bo’lgan narsalarga zarurat deb talqin qilingan. 

Ehtiyoj faqat inson organizmi  uchun emas, balki o’simliklar dunyosi, korxonalar, 

siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va boshqa har qanday tabiiy ijtimoiy tizimlar 

uchun  ham  xos  bo’lgan  xususiyat  hisoblangan.  Bundan  tashqari,  organizm  yoki 

tizim  hayoti  uchun  zarur  bo’lgan  narsani  ham  ehtiyoj  deb  ta’riflab  bo’lmaydi. 

Chunki  shu  narsa  bilan  tizim  yetarli  ta’minlanganda  unga  nisbatan  zarurat 

yo’qoladi.  

  Jahon  falsafa  va  psixologiya  fanida  ehtiyojlar  mohiyati  ikki  yo’sinda 

izohlanadi. Bir guruh faylasuf va psixologlar ehtiyojni organizm  yoki individning 

holati deb  baholaydilar. Masalan, ochiqqan  odam  ovqatga  ehtiyoj  sezadi. Demak, 

shu ehtiyoj individholati tufayli yuzaga keladi deydilar ular. Boshqa guruh olimlar 

esa  ehtiyojni  individning  atrof-muhitdagi  anrsa  va  hodisalarga  munosabati  deb 

tushuntiradilar.  

  Bozor  iqtisodiyoti  inson  ehtiyojlarini  to’laroq  qondirish,  uning  qobiliyati, 

ijtimoiy  faolligini  yanada  kuchaytirish  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratdi.  Bular 

quyidagilardir: 

  - mehnatni tashkil etish usuli va shakllarining o’zgarganligi; 

  -  mehnatga  yangicha  munosabatni  rag’batlantirishga  yordam  beruvchi  

omillar; 

  -  o’z  qobiliyati,  qiziqishlariga  mos  bo’lgan  faoliyat  turlarini  tanlash 

imkoniyatining yaratilganligi; 

  - shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab-quvvatlanishi; 

  - turli mulk shakllarining vujudga kelganligi; 

  - shaxs erki va huquqlarining kengayganligi; 

  - davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi; 

  - demokratik qadriyatlar rivoji; 

  -  ma’naviy  meros  va  madaniyat  yutuqlaridani  erkin  foydalanish 

imkoniyatining yaratilganligi kabilardir. 

  Ular  shaxsning  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirishda  uning  komil 

inson  sifatida  rivojlanishida  muhim  ahamiyatga  egadir.  Mustaqillik  yillarida 

amalga  oshirilayotgan  barcha  islohotlar  inson  manfaatlari,  uning  ezgu  maqsadlari 

ro’yobga  chiqishini  ta’minlashga  ,uning  barkamol  sifatlar  kasb  etishiga 

qaratilgandir.  Shaxs  islohot  natijalaridan  bahramand  bo’luvchigina  emas,  balki 

ularni  sobitqadamlik  bilan  amalga  oshiruvchi  kuch  sifatida  ham  yangilanish 

jarayonida o’zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e’zozlanadi.  

  Insonning jamiyatdagi o’rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o’z oldiga 

quyidagilarni maqsad va vazifa qilib qo’yadi: 

  - insonning qadr-qimmatini joyiga qo’yish; 

  - inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish; 




  -  insonning  o’ziligini  anglashi,  ijtimoiy  burch  va  vazifalarini  ado  etishi, 

sog’lom  avlodlar  uzluksizligini  ta’minlashi,  kelgusi  avlodlarga  yaxshi  xotiralar 

qoldirishi  va  iymon-ye’tiqodi  butun  bo’lishi  uchun  qulay  sharoitlar  yaratish. 

Bunday  imkoniyatlarni  amalga  oshirishga  xalaqit  beradigan  nuqsonlar  ham  inson 

tabiati  bilan  bog’liqdir.  Hozirgi  qadar  inson  to’g’risidagi  falsafiy  ta’limot  va 

qarashlarda,  asosan,  uning  ijobiy  xususiyatlariga,  yaratuvchanligiga  ko’proq 

e’tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlig’ining salbiy jihatlari ham tahlil 

qilina boshlandi.  

  Mustaqillik  yillarida  inson  tabiatini  chuqurroq  o’rganish  va  undagi  salbiy 

mayillarni bartaraf  etishga  yordam  beradigan  falsafiy  qarashlarga  ehtiyoj  vujudga 

keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga  zid 

ravishda  jamiyatdagi  mavjud  qonun-qoida  va  me’yorlarni  paymol  etib,  ko’proq 

g’arazli  maqsadlarini  amalga  oshirishga  va  turli  ixtiloflarni  keltirib  chiqarishga 

harakat  qiladi.  Shunday  niyatlar  yo’lida  hatto  jinoiy  guruhlarga  birlashadilar, 

jamiyat  taraqqiyoti  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  davlat  dasturlarini 

amalga oshirishga to’sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik,tinchlik va 

barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy 

adolatga  bo’lgan  ishonchini  susaytiradi,  barkamol  insonni  voyaga  yetkazishga 

qarshilik ko’rsatadi. 

  O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlar inson manfaatlarini ko’zlab amalga 

oshirilayotganligi  xususida  Prezidentimiz  I.A.Karimov  shunday  deb  ta’kidlaydi: 

«Davlat  qurulishi  va  uning  taraqqiyoti,  jamiyatning  demokratik  yangilanishi, 

iqtisodiyotimizni  rivojlantirish  va  erkinlashtirish,  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  bilan 

bog’liq  bo’lgan,  qisqacha  aytganda,  oldimizda  turgan  barcha  muammo  va 

vazifalarni  yechishda  «Islohot  islohot    uchun  emas,  avvalo  nson  uchun,  inson 

manfaatlarini  ta’minlash  uchun»  degan  teran  ma’noni  aslo  unutmasligimiz 

kerak».

12

 



  Haqiqatdan 

ham 


mamlakatimizda 

amalga 


oshirilayotgan 

barcha 


islohotlarning  markazida  inson  manfaatlari  yotadi.  Odat  tusiga  kirib  qolgan  bir 

an’ana, ya’ni har qaysi  yilga nom berishda, avvalo, inson va uning manfaatlarini 

ta’minlashni, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, insonparvarlik 

muhitini  mustahkamlashni,  ko’pchilikni  o’ylantirayotgan  dolzarb  muammolarni 

halqilishni  va  amalga  oshirishni  jamiyatimiz  uchun  ustuvor  vazifa  qilib  belgilab 

olinganligi ham diqqatga sazovordir. 

  Shaxs  erkinligi  demokratik  qadriyatlar  tizimida  alohida  o’rin  tutadi. 

Erkinlik–insonning  intellektual-ma’naviy  kamolotga  erishuvining  zarur  sharti, 

anglanganligidir.  Erkinlik  tufayligina  inson  yaratuvchilik  qobiliyatini  namoyon 

etadi, shaxsiy ma’suliyat va insoniy burchini to’la his etadi. Shaxs erkinligi avvalo, 

axloqiy,  so’z,  vijdon,  matbuot  erkinligida  ro’yobga  chiqadi.  Demokratik  jamiyat 

shaxs  erkinligini  ta’minlashning  huquqiy  asoslarini  yaratish  bilan  cheklanib 

qolmay,  ilm-fan,  san’at,  din,  huquq  va  h.k.  larni  rivojlantirishga  alohida  e’tibor 

beradi.  

                                                                 

12

 Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуҚуҚ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий Қадрият. Т., 2005 йил, 



6-бет.

 



  Shu  o’rinda  I.A.Karimovning  quyidagi  fikrlarini  keltirmoqchimiz:  «Bugun 

inson  huquqlari  va  manfaatlari,  ularni  har  tomonlama  himoyalash  va  ta’minlash, 

jamiyatni demokratlashtirish va erkinlashtirish yo’llari haqida gapirar ekanmiz, bu 

mavzu  dunyoda  har  doim,  ayniqsa,  so’nggi  paytlarda  eng  o’tkir  va  dolzarb 

masalaga  aylanib  borayotganini  yaqqol  kuzatish  mumkin  va  buni  tabiiy  hol,  deb 

qabul qilishimiz kerak».

13

  Buni  tushunib  olish  bugungi  kunda  inson  huquqlari  va 



erkinliklarini  ta’minlash  o’ta  dolzarb  masala  bo’lib  kelayotganligini  hayotni  o’zi 

taqozo etmoqda. «Yerkinlik» tushunchasi har qanday shaxsga nisbatan emas, balki 

o’z  xatti-harakati,  xulq  –  atvori  va  faoliyati  uchun  javobgarlikni  his  etadigan, 

ma’naviy  jihatdan  barkamol  insonga  nisbatan  qo’llaniladi:  Jamiyatning  ma’naviy 

salohiyati  yusalib  borgani  sari,  kishilar  erkinlikka  o’z  boshimchalik,  nimani 

xoxlasa shuni qilish deb emas, balki ma’naviy – intellektual rivojlanish imkoniyati 

deb  qaraydilar.  Bozor  munosabatlari  sharoitida  kishilarning  xulq-atvori  va 

faoliyatini  boshqarishda  huquqiy  normalar  muhim  rol  o’ynay  boshlaydi.  Bozor 

munosabatlariga  o’tish  sharoitida  inson  qobiliyatlari  to’laroq  namoyon  bo’ladi. 

Ijtimoiy  tabaqalanish  jarayonida  kishilarning  boy  va  qshshoq  guruhlarga  ajralishi 

tabiiy  qonuniy  jarayondir.  O’zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 

islohotlarning  eng  muhim  xususiyati  –  aholining  muayyan  qismining  ijtimoiy 

himoyalanishida,  ko’p  bolali  oilalar,  nafaqaxo’rlar,  talabalar  va  nogironlarning 

davlat  tomonidan  himoyalanishida,  ijtimoiy  adolatning  qaror  topishida  yaqqol 

namoyon bo’layapti. 

  Kishilarning  boqimandalik  kayfiyati,  tafakkur  turg’unligidan  ozod 

bo’lishlari,  o’zgargan  yangi  iqtisodiy  sharoitga  moslashishlari,  o’z  bilimi  va 

mahoratini  oshirishlari  uchun  g’amxo’rlik  qilish  iqtisodiy  islohotlarning 

insonparvarlik yo’nalishiga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy islohotlar va 

bozor  munosabatlariga  o’tish  sharoitida  aholini  kuchli  ijtimoiy  himoyalash 

tamoyili Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek modelining 

muhim  jihatlaridan  biridir.  Inson  mohiyatini  falsafiy  bilish  ulkan  tarbiyaviy 

ahamiyatga  ham  ega.  Inson  falsafasi  har  bir  yangi  tarixiy  davrda  inson  mohiyati, 

uning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. 

Insonga xos xususiyat va fazilatlarni bilish orqali talaba o’zida shunday sifatlarni 

shakllantirishga intiladi.  

  Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o’rganish va umuman, 

ta’lim-tarbiya  jarayonida  shakllanadi.  Zamonaviy  bilim  va  yuksak  insoniy 

fazilatlarni  egallash  orqali  O’zbekistonda  ozod  obod  jamiyat  qurish  vazifalari 

uyg’unligini  ta’minlashga  erishish  butun  ta’lim-tarbiya  ishimizning  bosh  mezoni 

va uning oldida turgan muhim vazifadir.    

 

                                                                 



13

 Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий қадрият. Т., 2005 йил, 



11-бет.

 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin