7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja


Tarix  falsafasining  predmeti,  tuzilishi  va  funksiyalari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix16.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#58149
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
7-Ma'ruza

Tarix  falsafasining  predmeti,  tuzilishi  va  funksiyalari.  «Tarix  falsafasi» 

nima  va  uning  predmeti  nimadan  iborat?  Bu  savolga  javob  berar  ekanmiz,  tarix 

falsafasi  tushunchasiga  «Falsafiy  qomusiy  lug’at»  mualliflari  bergan  ta’rifni 

keltirish  o’rinli  bo’ladi  deb  o’ylaymiz:  «Tarix  falsafasi  –  falsafaning  tarixiy 

jarayonni va tarixiy bilishni talqin qilish bilan bog’liq bo’lgan bo’limi»

7

. Shunday 



qilib,  tarix  falsafasi  falsafaning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Tarix  falsafasining 

predmeti  esa  tarixiy  jarayon  va  tarixiy  bilishni  talqin  qilish,  ularning  mazmunini 

yoritib berishdan iborat. Ammo bu tarix falsafasini tavsiflashga nisbatan birdan-bir 

yondashuv emas, chunki tarixiy rivojlanish jarayonida tarix falsafasining predmeti 

va  muammolari  sezilarli  darajada  o’zgargan  va  hozirgi  vaqtda  tarix  falsafasining 

turli yo’nalishlari tomonidan har xil talqin qilinadi.  

Masalan,  antik  davr  tarixchilari  va  faylasuflari  (Gerodot,  Platon,  Fukidid, 

Aristotel,  Plutarx  va  b.)ning  tadqiqotlari  o’tgan  va  hozirgi  zamon  kishilarining 

qilmishlari,  tabiat  va  insonning  o’zaro  aloqasi  haqida  ma’lumotlar  yig’ishdan, 

ya’ni tarixiy dalillarni ularni nazariy jihatdan anglab yetmasdan va yagona falsafiy-

tarixiy tizimga solmasdan tavsiflash va o’rganishdan iborat bo’lgan.  

O’rta  asrlarda  (Avgustin  va  b.)  tarix  falsafasining  predmeti  sifatida  avvalo 

Xudo  va  insonning  o’zaro  aloqasi  muammosi,  harakatlantiruvchi  kuchi  ilohiy 

vahiy  sanalgan  tarixiy  jarayonning  mazmunini  aniqlash,  tarixiy  asarlarning 

mohiyati va vazifasini o’rganish amal qilgan.  

Sharqda  tarix  falsafasining  (A.Beruniy,  Ibn  Xaldun,  A.B.Narxashiy, 

R.Hamadoniy) predmeti sifatida jahon tarixi, umumiy tarixiy taraqqiyot qoidalari, 

yo’nalish  va  omillarini  belgilovchi  kishilik  jamiyatining  o’ziga  xos  davriylik 

nazariyasi alohida o’rin tutadi. “Odamlar kabi davlat ham o’zining hayotiy davriga 

                                                                 

6

 Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари-Т.: Маънавият, -Б.186.



 

7

 Философский энциклопедический словарь. – М.: Современный литератор, 1989. – 700-б.



  

 



ega”

8

. Beruniy tarixni o’rganish tahlil qilish va so’ng xulosalar chiqarish zaruligini 



tavsiya  qilar  ekan,  uni  davrlarga  bo’lish,  har  bir  davrning  o’ziga  xos  jihatlarini 

aniqlash  va  ana  shu  usul  orqali  ijtimoiy  hayotga,  kishilik  jamiyatiga  tegishli  va 

asosli baho berish mumkin deb hisoblaydi. 

Uyg’onish  davrida  va  Yangi  davrda  (Nikkolo  Makiavelli,  Jambattista  Viko, 

Frensis  Bekon,  Tomas  Gobbs  va  b.)  tarixning  maqsadi,  yo’nalishini,  shuningdek 

tarixiy  jarayonda insonning, sinflarning  rolini  aniqlash  (Ogyusten  Tyerri, Fransua 

Gizo, Ogyust Minye) tarix falsafasining predmetiga aylangan. Yangi davrda «tarix 

falsafasi»  atamasi  ham  paydo  bo’lgan,  uni  ilk  bor  1765  yilda  tarixchi  tarixiy 

voqyealarni  shunchaki  tavsiflabgina  qolmasdan,  balki  tarixiy  jarayonni  falsafiy 

jihatdan anglab yetishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan fransuz ma’rifatchisi 

Volter  ishlatgan.  Keyinchalik  tarixiy  jarayonning  umumiy  qonuniyatlari  va 

dialektikasini aniqlash yo’lida izlanishlar olib borish Georg Gegel hamda dialektik 

materializm  asoschilari  Karl  Marks  va  Fridrix  Engels  uchun  tarix  falsafasining 

asosiy predmetiga aylangan.  

XIX  asr  oxiri  –  XX  asr  boshida  tarix  falsafasining  ko’pgina  yangi 

yo’nalishlari  vujudga  kelgan.  Ularning  har  biri  o’z  tadqiqot  predmetiga  ega 

bo’lgan.  Masalan,  tarixning  aylanma  harakati  nazariyasi  namoyandalari  (Nikolay 

Danilevskiy,  Osvald  Shpengler,  Arnold  Toynbi),  o’z  o’tmishdoshlari  kabi,  o’z 

oldiga  tarixiy  jarayon  qonuniyatlarini  aniqlash  vazifasini  qo’ygan.  Xristian  tarix 

falsafasining ko’p sonli yo’nalishlari: neotomizm (Jak Mariten, Etyen Anri Jilson 

va  b.),  neoavgustizm  (Moris  Blondel,  Gabriyel  Marsel,  Jan  Lakrua),  teyyardizm 

(Pyer Teyyar de Sharden) va qisman ekzistensializm (Karl Yaspers) namoyandalari 

tarixning  mazmuni  muammosini  bosh  muammo  deb  hisoblaganlar.  Tarixiy  bilish 

gnoseologik  nazariyasi  va  tanqidi  namoyandalari  (Vilgelm  Diltey,  Benedetto 

Kroche)  esa  tarixshunoslik  (istoriografiya)  doirasi  bilangina  cheklanib 

qolmaganlar,  balki  so’zning  keng  ma’nosidagi  tarixiy  ongni  ham  tahlil  qilganlar. 

Neokantchilik  tarix  falsafasi  (Vilgelm  Vindelband,  Genrix  Rikkert)  va  «analitik» 

tarix falsafasi (Ernest Nagel, Karl Gempel va b.) ham o’zining alohida predmetiga 

ega.  XX  asr  tarix  falsafasi  aksariyat  hozirgi  yo’nalishlarining  muhim  xususiyati 

shundan  iboratki,  ularning  predmeti  sifatida  jahon  tarixi,  hozirgi  sivilizasiyaning 

global muammolari amal qiladi.  

Bu  muxtasar  sharhdan  ko’rinib  turganidek,  turli  falsafiy-tarixiy  maktablarda 

tadqiqot  predmeti  muammosiga  nisbatan  yagona  yondashuv  mavjud  emas.  Ayni 

hol  avvalo  shu  bilan  bog’liqki,  tarixiy  voqyelikning  mohiyati  turli  tadqiqotchilar 

tomonidan  har  xil  tushunilishi  o’z-o’zidan  tarixiy  jarayonning,  ya’ni  «tarix 

falsafasi»ning  ko’p  sonli  falsafiy  talqinlarini  vujudga  keltiradi.  Ammo  mazkur 

yondashuvlarni  umumlashtirish  tarix  falsafasi  –  bu  falsafaning  tarixiy  jarayon 

mazmuni,  uning  qonuniyatlari  va  asosiy  yo’nalishlarini  tushuntirish  bilan 

shug’ullanuvchi,  shuningdek  uni  bilish  metodlarini  asoslovchi  bo’limi,  degan 

xulosaga kelish imkonini beradi. 

Tarix  falsafasi predmetining umumiy  tavsifi uning tuzilishi  va  funksiyalarini 

o’rganishga o’tish imkonini beradi.  

                                                                 

8

 Қаранг. Ҳотамий С.М. Ислом тафаккури тарихидан.-Т.: Маънавият, 2003. –Б.263



 



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin